Zbekiston-finlandiya pedagogika instituti xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti


Download 76.7 Kb.
Sana28.02.2023
Hajmi76.7 Kb.
#1237619
Bog'liq
Davlat tilida ish yuritish 5555 (5)


O‘ZBEKISTON-FINLANDIYA PEDAGOGIKA INSTITUTI
XORIJIY TILLAR VA GUMANITAR FANLAR FAKULTETI
O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI, IJTIMOIY GUMANITAR FANLAR KAFEDRASI
Davlat tilida ish yuritish fanidan yakuniy nazorat (test) savollari
1-kurs 1-semestr
1.Tashkiliy hujjatlar berilgan qatorni ko‘rsating.
+ guvohnoma, nizom, shartnoma, yo‘riqnoma
– buyruq, farmoyish, qaror, ko‘rsatma, farmon
– hisobot, tilxat, ariza, tavsifnoma, e’lon
– taklifnoma, telegramma, kafolat xati, iltimos xati
2.Muassasa yoki ayrim shaxslar faoliyati bilan bog‘liq biron– bir sodir bo‘lgan voqea, hodisa, ish– harakatni yoki mavjud holatni tasdiqlash, unga guvohlik berish maqsadida bir necha kishi tomonidan tuzilgan hujjat– bu…
+ dalolatnoma
– tilxat
– tushuntirish xati
– bildirgi
3.Qaysi hujjatda xodimning ijobiy va salbiy xislatlari ko‘rsatiladi?
+ tavsifnoma
– bildirgi
– tushuntirish xati
– tarjimayi hol
4.Tarjimayi holda fe’llarning qaysi zamon shakli qo‘llanadi?
+ hozirgi va o‘tgan zamon
– faqat hozirgi zamon
– hozirgi va kelasi zamon
– faqat o‘tgan zamon
5. “Tavsiya qilaman” , “Ruxsat beraman” kabi iboralar qaysi hujjatga tegishli?
+ farmoyish
– dalolatnoma
– hisobot.
Tilxat
6. O‘zbekiston Respublikasi davlat tilida yoki boshqa tillarga mensimay yoki xusumat bilan qarashning taqiqlanishi “Davlat tili to‘g‘risida“gi qonunning nechanchi moddasida aks etgan?
+24– moddasida
– 1– moddasida
- 2– moddasida
– 4– moddasida
7.Hujjat tuzilgan joy qaysi hujjatda qo‘yilmaydi?
+ farmoyishda
– buyruqda
– bildirgida
– majlis bayonida
8.Dalolatnomada qaysi sana qo‘yiladi?
+ tekshiruv o‘tkazilgan sana – hujjat imzolangan sana
– hujjat tasdiqlangan sana
– hujjat bilan tanishtirilgan sana
-yig‘ilish o‘tkazilgan sana
9.Majlis bayonida qaysi sana qo‘yiladi?
+ yig‘ilish o‘tkazilgan sana
– hujjat rasmiylashtirilgan sana
– hujjat imzolangan sana
– hujjat tasdiqlangan sana
10.Hujjatning qaysi turida hujjat nomi ko‘rsatilmaydi?
+ xat
– majlis bayonidan ko‘chirma
– bildirgi
– hisobot
11. Tarjimayi hol qaysi uslubda yoziladi?
+ rasmiy uslubda
– publitsistik uslub
– badiiy uslubda
– ilmiy uslubda
12. Hujjatning qaysi turida ma’lum bir davr mobaynidagi faoliyat natijalari aks ettiriladi?
+ hisobot
– ma’lumotnoma
– bildirgi
– majlis bayoni.
13. Hujjat matni qaysi shaxs tilidan yoziladi?
+ 1,3
– 1,2
– 2,3
– 2,1
14.Ilmiy uslubga xos xususiyatni belgilang?
+ So‘z va atamalarni ko‘proq qo‘llash
– Ko‘chma ma’noli so‘zlarni qo‘llash
– Eskirgan so‘zlarni qo‘llash
– Neologizmlarni qo‘llash.
15.Matnning uslubini aniqlang ?
Suv molekulasi uch atomdan: bir atom kislorod va ikki atom vodoroddan iborat. Oqsil molekulasi bo‘lsa, yuz minglab atomlardan tashkil topgandir.
+ Ilmiy
– Badiiy
– So'zlashuv
– Publitsistik
16. Qanday hujjat turi kotib tomonidan rasmiylashtiriladi?
+bayonnoma

– ma’lumotnoma


– dalolatnoma
– shartnoma
17. Buyruq, ko‘rsatma, farmoyish kabi hujjatlar xizmat mavqeyiga ko‘ra qanday hujjatlar hisoblanadi?
+ farmoyish hujjatlar
– tashkiliy hujjatlar
– ma’lumotsimon
-ma’lumot-axborot
18. Muassasaning asosiy va kundalik vazifalarini hal etish maqsadida qo‘llaniladigan hujjat
+buyruq deyiladi
– farmoyish deyiladi
– hisobot deyiladi
– bayonnoma deyiladi
19. Qaysi hujjat turlari yozilish shakliga ko‘ra o‘xshash?
+ tavsifnoma, tavsiyanoma
– buyruq, bayonnoma, farmoyish
– dalolatnoma, da’vo arizasi, shartnoma
-e’lon
20. Qolipli hujjatlarga qaysi hujjat kiradi?
+ xizmat safari guvohnomasi
– ma’lumotnoma
– dalolatnoma
– tavsifnoma
21.Ikki yoki undan ortiq masalani o‘z ichiga oladigan hujjat qaysi?
+ murakkab hujjat
– sodda hujjat
– tashqi hujjat
– ichki hujjat
22. Qaysi hujjat turi kun tartibi, qaror kabi qismlardan iborat?
+ bayonnoma
– dalolatnoma
– e’lon
– farmoyish
23. Iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan hujjat nima?
+ ariza
– ma’lumotnoma
– ishonchnoma
– bildirishnoma
24. Ko‘chirma olinadigan hujjat turini belgilang.
+ buyruq, bayonnoma
– tilxat, ishonchnoma
– farmoyish, dalolatnoma
– tavsifnoma, tavsiyanoma
25. Bayonnomaning birinchi zaruriy qismi qaysi
+ muassasa nomi
– sarlavha
– hujjatning nomi
– shartli raqam
26. Ishonchnoma kim tomonidan rasmiylashtirilishiga qarab necha turga bo‘linadi?
+2
-3
-4
-1
27. Izohlanayotgan voqea-hodisa, narsalarning tartib raqami qavs bilan ajratilgan so‘z, birikma va gaplardan so‘ng qismlari mazmunan farqlanuvchi qo‘shma gaplar tarkibida ishlatiladigan tinish belgisini toping?
+Nuqtali vergul
-Vergul
-Ikki nuqta
-Ko‘p nuqta
28. Hujjatlar matni ___________________________ tilidan yoziladi.
+ birinchi va uchinchi shaxs
- birinchi shaxs
- ikkinchi shaxs
- uchinchi shaxs
29.Nutq uslublari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
+ badiiy, ilmiy, rasmiy-idoraviy - publitsistik, so‘zlashuv, kinoya
-badiiy, ilmiy, metafora - metafora, metanomiya, mubolag‘a

30. Hujjatlarda fe’llar ___________________________ shakllarida bo‘ladi.


+barcha javoblar to‘g‘ri
- majhullik
-buyruq
- istak

31. Uyda, ko‘chada, insonlarning o‘zaro so‘zlashuvida qo‘llanadigan uslub ?


+So‘zlashuv
-Badiiy
-Ilmiy
-Rasmiy
32.Hujjatlarda qaysi so‘z turkumi boshqa so‘z turkumlariga qaraganda ko‘proq ishlatiladi?
+Ot
-Sifat
-Ravish
-Olmosh
33. Bayonnoma qanday shakllarda bo‘ladi?
+stenografik, qisqa, fonografik, to‘liq
-to‘liq, qisqa
-fonografik, stenografik
-qisqa, to‘liq

34. “Biz quyida imzo chekuvchilar… “ bu jumla qaysi hujjatga xos?


+ dalolatnoma
- ma’lumotnoma
- xabarnoma
- vasiyatnoma

35. ………….. ko‘chirmadagi kabi, bayonnomadan ko‘chirma ham imzo bilan tasdiqlanadi.


+buyruqdan
- arizadan
- dalolatnomadan
- bildirishnomadan
36.Biror narsa olinganligini tasdiqlovchi rasmiy hujjat nima deyiladi?
+ tasdiq xati
– ishonchnoma
bildirishnoma
– tilxat
37. Hujjatlar tegishlilik jihatidan ... hujjatlarga bo‘linadi.
+ rasmiy yoki shaxsiy
– xizmat yoki rasmiy
– shaxsiy yoki xizmat
– idoraviy yoki rasmiy
38.So‘zlashuv uslubining asosiy belgilari qaysi javobda berilgan?
+ Oddiylik, betakalluflik
– Oddiylik, tantanavorlik
– Betakalluflik, ilmiylik
– Tantanavorlik, ilmiylik
39.Ilmiy uslubga xos xususiyatni belgilang?
+ So‘z va atamalarni ko‘proq qo‘llash
– Ko‘chma ma’noli so‘zlarni qo‘llash
– Eskirgan so‘zlarni qo‘llash
– Neologizmlarni qo‘llash
40. Badiiy uslubga xos xususiyat qaysi javobda berilgan?
+ Obrazlilik, estetik ta’sir etish vazifasi
– Tasviriy vositalarni qo‘llamaslik
– Badiiylik, atamalarni qo‘llash
– Soddalik, tantanavorlik
41.Oqsil juda murakkab yuqori molekulali birikmadir. Suv molekulasi uch atom vodoroddan iborat.
+ Ilmiy uslub
– Badiiy uslub
– Publitsistik uslub
– So'zlashuv uslubi
42. Quyidagi hujjatlarni qaysi birida da’vat etish, axborot o‘z aksini topadi?
+ buyruq
– bildirgi
– ishonchnoma
– ma’lumotnoma
43.Muassasa ma’muriyati (boshliq, uning muovinlari) tomonidan amaliy masalalar yuzasidan qabul qilinadigan hujjat.
+Farmoyish
-Buyruq
-Bayonnoma
-taqriz
44. Qaysi ish (o‘qish) jarayonida xodim (talaba) tomonidan sodir etilgan ba’zi xatti-harakatlar (masalan, ish yoki o‘qishga kеch qolish, kеlmay qolish, rеja yoki ayrim topshiriqlarni bajarmaganlik, bеlgilangan tartib-qoidalarga rioya qilmaganlik va boshqalar) va ularning sabablari izohlanadi, dalillanadi?
+Tushuntirish xati
-Tarjimayi hol
-Farmoyish
-Buyruq
45.Tushuntirish xati qancha zaruriy qismdan iborat?
+6ta
-7ta
-8ta
-9ta
46. Biror kishining vafoti oldidan qoldirgan yozma vorislik haqidagi hujjati.
+Vasiyatnoma
-Bildirishnoma
-Tushuntirish xati
-Dalolatnoma
47.Ishonchnomaning zaruriy qismlari qancha?
+8ta
-7ta
-9ta
-6ta
48. Qaysi hujjat qo‘lda yoziladi va bir nusxada tayyorlanadi hamda pulli va qimmatbaho hujjat sifatida saqlanadigan hujjat turi ?
+Tilxat
-Bildirishnoma
-Dalolatnoma
-Buyruq
49.Hisobot matni nechinchi shaxs nomidan yoziladi va hisobot beruvchi tomonidan imzolanadi?
+1
-2
-3
-1 va 3
50. Qaysi bayonnoma turida yig‘ilish butun mazmuni magnitofon yordamida yozib olinadi? Bayonnoma qayta tuzilib rais va kotib tomonidan imzolanadi. Matn yozilgan lenta asosiy bayonnomaga ilova qilinadi.
+Fonografik
-Stenografik
-To‘liq
-Qisqa
51. Shoshilinch xabarning matnini belgilangan joyga telefon orqali yetkazish….
+telefonogramma
-telegramma
-tijorat yozishmasi
-xat
52. O‘ta maxfiy yoki shoshilinch xabarning matnini belgilangan joyga internet elektron pochtasi orqali yetkazish….
+Modemogramma
-telegramma
-telefonogramma
-tijorat yozishmasi
53. Biror-bir korxona boshlig‘i yoki mansabdor yuridik shaxsning muayyan ishni bartaraf etishga qaratilgan ifodalar bayoni …..
+ Ko‘rsatma
-Tarjimayi hol
- Kafolat xati
- Yo‘riqnoma
54. Xizmat vazifasini amalga oshirishda ish beruvchi va xodimlar o‘rtasidagi shartlar majmuasi…
+Mehnat shartnomasi
-yo‘riqnoma
-kafolat xati
-shaxsiy varaqa
55. Tashkilot yoki uning tarkibiy bo‘linmalari, kichik yoki qo‘shma korxona va shu kabilar tuzilishi, huquqi, vazifalari, burchlari, ishni tashkil qilishlari tartibotini bеlgilaydigan huquqiy hujjat…..
+Nizom
-yo‘riqnoma
-kafolat xati
-shaxsiy varaqa
56. Obrazlilik, ifodalilik, badiiylik qaysi uslubga xos?
+Badiiy
-Ilmiy
-Rasmiy
-So‘zlashuv
57. Erkinlik, norasmiylik oldindan tayyorlanmagan nutq qaysi uslubga xos?
+So‘zlashuv
-Badiiy
-Ilmiy
-Rasmiy
58. Qaysi hujjat matni o‘quvchi, talaba yoki xodimning o‘qish, ish faoliyati, muhim sanalari, alohida yutuqlari, ishchanligi, ijodkorligi, tashabbuskorligi, jonkuyarligi, g‘amxo‘rligi, jamoatchiligi, ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy saviyasi, axloqiy fazilatlari, rag‘batlantirilganliklari, oilaviy ahvoli va boshqalardan iborat bo‘ladi?
+Tavsifnoma
-Tavsiyanoma
-Tarjimayi hol
-Bayonnoma
59. Biror tashkilot, korxona yoki muassasada bo`lgan voqea, mavjud holatlarni aniq dalillar asosida tasdiqlash yoki ular haqida talab etilgan joyga ma’lumot berish maqsadida tuziladigan, shuningdek fuqarolarning ish joyi, lavozimi, oylik maoshi miqdori, o‘qish joyi, mutaxassisligi, kabilar to‘g‘risida ma’lumot beruvchi rasmiy hujjat qaysi?
+ Ma’lumotnoma
-Tarjimayi hol
-Dalolatnoma
- Ishonchnoma
60. Qanday mazmundagi ma’lumotnomalarning ayrim turlari korxona, muassasa, tashkilot, qishloq va mahalla kengashlari tomonidan avvaldan tayyorlab qo‘yilgan andozalarga to‘ldirib beriladi?
+Shaxsiy
-Xizmat
- Idoraviy
-Barchasi
61. Har qanday hujjatning asli, birinchi rasmiy nusxasi bu?
+ asl nusxa
-nusxa
-ko‘chirma
-hammasi to‘g‘ri
62. Ish qog‘ozlarining qaysi turi, odatda, xizmat sohasida, ish joyida yuz bergan kamchiliklar yoki o`qish jarayoni bilan bog`liq bo`lgan ayrim vazifa va topshiriqlarning bajarilmay qolish sabablarini bayon etish, izohlash maqsadida yoziladigan rasmiy hujjat hisoblanadi?
+ Tushuntirish xati
-Bildirishnoma
-Bildirgi
- Tilxat
63. Bir yillik, yarim yillik, bir chorak yoki bir oylik muddat uchun rejalashtirilgan ishlar, vazifalar, topshiriqlar, tadbirlar va boshqa shu kabilarning bajarilishi, turli ilmiy va xizmat safarlarining natijalari bayon etiladigan rasmiy hujjat qaysi?
+Hisobot
- Bayonnoma
- Bildirishnoma
- Akt
64. Yakka shaxs tomonidan yoziladigan, ularning xizmat faoliyatlaridan tashqaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan bog‘liq masalalarga tegishli bo‘ladigan hujat turi qaysi?
+shaxsiy
-xizmat (rasmiy)
-sodda
-ichki
65. Tayyorlanishiga ko‘ra tashkilot va mansabdor shaxslarga tegishli hujjat turi qaysi?
+xizmat (rasmiy)
-shaxsiy
-sodda
-ichki
66. Quyidagilardan qaysi biri dublikat deb ham yuritiladi?
+ikkinchi nusxa
-asl nusxa
-qoralama nusxa
-erkin nusxa
67. Muassasa yoki korxonani o‘zida tuziladigan va shu korxona ichida foydalaniladigan hujjat bu?
+ Ichki hujjat
-Tashqi hujjat
-Me‘yoriy hujjat
-Rasmiy hujjat
68. Shaxsning butun hayoti va mehnat faoliyati bilan bog‘liq muhim sanalar, ijtimoiy kelib chiqishi, oilaviy ahvoli bayon etiladigan rasmiy hujjat bu?
+ Tarjimayi hol
-Tilxat
- Tavsifnoma
-Bildirgi
69. Tavsiyanomalar kim (lar) tomonidan berilishi mumkin?
+Barchasi to‘g‘ri
- Muassasa, tashkilot, korxona, o‘quv yurti ma’muriyati
- Ijodiy uyushmalar
-Alohida bir shaxs tomonidan
70. Ma’lumotnomalar mazmuni va vazifasiga ko‘ra qanday turga bo‘linadi?
+ Xizmat ma’lumotnomalari va Shaxsiy ma’lumotnomalar.
-Idoraviy va rasmiy
- Shaxsiy va idoraviy
-Xizmat ma’lumotlari, shaxsiy ma’lumotnomalar, idoraviy ma’lumotnomalar
71.Korxona yoki muassasa faoliyatiga oid voqea-hodisalar, mavjud holat, ishlab chiqarish va boshqa sohalar bo‘yicha turli-tuman ma’lumotlarni qamrab oluvchi hujjat?
+ Xizmat ma’lumotnomalari
-Shaxsiy va idoraviy ma’lumotnomalar
- Dalolatnoma
- Bayonnoma
72. Qaysi so‘z Sho‘rolar davrida “raport” deb yuritilardi?
+ Bildirishnoma, bildirish
- Hisobot
- Doklad
- Bayonnoma
73. Qaysi hujjat turi qat’iy qoliplashgan iboralardan iborat bo‘lib, kesimi gapning boshida keladi?
+Ma’lumotnoma
- Tilxat
- Bayonnoma
- bildirgi.
74. “ tegishli joyga topshirilsin, so‘ralgan joyga berilsin “ kabi iboralar qaysi hujjat matnida uchrashi mumkin?
+Ma’lumotnoma
-Buyruq
- Farmon
-Tavsifnoma
75. Hujjatlar tuzilish o‘rniga ko‘ra qaysi turlarga bo‘linadi?
+Ichki va tashqi
-Sodda va murakkab
-Rasmiy va shaxsiy
- Tashkiliy va farmoyish
76. Notarial idoralar bilan, shuningdek, o‘zaro kelishuv bilan ham tuzila oladigan hujjat qaysi?
+ Tilxat
-Bayonnoma
-Ishonchnoma
- Kafolat xati
77. Nusxa va ko‘chirmalar qachon huquqiy kuchga ega bo‘ladi?
+notarius, kadrlar bo‘limi va shu kabilar tomonidan tegishli tartibda tasdiqlangan taqdirdagina
-Oqqa ko‘chirilganda
- Barcha tur bosqichlarini bosib o‘tganda
-Muhr bosilgach
78. Ma’lumotsimon-axborot hujjatlari anchayin katta guruhni tashkil qiladi, bunday hujjatlarning ish yuritish jarayonidagi ishtirok ham juda faol. Bu guruh qaysi hujjatlarni o‘z ichiga oladi?
+ dalolatnoma, ma’lumotnoma, ariza, tushuntirish xati, hisobot, ishonchnoma, tavsifnoma
-dalolatnoma, ariza
- tushuntirish xati, hisobot.
- ishonchnoma, tavsifnoma
79. Gazeta va jurnallar, radio va televideniya tili bo‘lib barcha uchun mo‘ljallangan uslub.
+Ommabop uslub
- Rasmiy uslub
-So‘zlashuv uslub
-Badiiy uslub
80. Nasriy va nazmiy adabiy-badiiy asarlar tili qaysi uslubga xos?
+ Badiiy uslub
-Ommabop uslub
-So‘zlashuv uslubi
- Publisistik uslub
81.1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “Davlat tili haqida”gi qonun necha moddadan iborat?
+ 24 moddadan

  • 25 moddadan

  • 30 moddadan

  • 26 moddadan

82.“Davlat tili haqida”gi qonunning 1-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida nima deyilgan?
+ O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir

  • Davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda o‘zbek adabiy tilining amaldagi ilmiy qoidalari va normalariga rioya etiladi.

  • Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish davlat tilida yuritiladi va zaruriyatga qarab boshqa tillarga tarjima qilinishi ta’minlanadi.

  • Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalarida ish yuritish, hisob-kitob, statistika va moliya hujjatlari davlat tilida yuritiladi, ishlovchilarning ko‘pchiligi o‘zbek tilini bilmaydigan jamoalarda davlat tili bilan bir qatorda boshqa tillarda ham amalga oshirilishi mumkin.

83.Davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda o‘zbek adabiy tilining amaldagi ilmiy qoidalari va normalariga rioya etiladi. Ushbu fikrlar “Davlat tili haqida”gi qonunning qaysi moddasida aytilgan?
+ 7-moddada

  • 10-moddada

  • 1-moddada

  • 24-moddada

84.Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish davlat tilida yuritiladi va zaruriyatga qarab boshqa tillarga tarjima qilinishi ta’minlanadi. Ushbu fikrlar “Davlat tili haqida”gi qonunning qaysi moddasida aytilgan?
+ 10-moddada

  • 7-moddada

  • 1-moddada

  • 24-moddada

85. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 24-avgustda 339-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari” necha banddan iborat?
+ 82 banddan

  • 72 banddan

  • 62 banddan

  • 92 banddan

86.Harflar ketma-ketligidan tashkil topgan nutq …nutq deyiladi. Nuqtalar o‘rnida tushirib qoldirilgan so‘zni aniqlang?
+ yozma nutq

  • og‘zaki nutq

  • so‘zlashuv nutqi

  • dialogik nutq

87.O‘zbek tilida nechta nutq uslubi bor?
+ 5 ta

  • 4 ta

  • 6 ta

  • 7 ta

88.Oilada, ko‘cha-ko‘yda kishilarning fikr almashish jarayonida qo‘llaniladigan nutq uslubi … sanaladi. Nuqtalar o‘rnida tushirib qoldirilgan so‘zni aniqlang?
+ so‘zlashuv uslubi

  • rasmiy uslub

  • badiiy uslub

  • publitsistik uslub

89.Bu uslubning muhim xususiyati axborot berish va ta’sir qilish bo‘lib, soddalik, tushunarlilik, ta’sirchanlik, adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilishdir. Ushbu ta’rif qaysi uslub haqida?
+ publitsistik uslub

  • badiiy uslub

  • rasmiy uslub

  • so‘zlashuv uslubi

90.Ma’lum bir voqelikni badiiy tasvir vositalari orqali obrzli ifodalovchi va shu yo‘l bilan tinglovchiga estetik ta’sir etuvchi nutq uslubi … deyiladi.Obrazlilik va estetik ta’sir etish bu uslubning muhim belgisidir.
+ badiiy uslub

  • so‘zlashuv uslub

  • rasmiy uslub

  • publitsistik uslub

91.Daliliy ma’lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalarga asoslanuvchi, har bir fan sohasining o‘ziga xos atamalariga tayanuvchi, fikrni aniq va mantiqiy izchil shaklda bayon qiluvchi uslub … sanaladi.
+ ilmiy uslub

  • so‘zlashuv uslubi

  • rasmiy uslubi

  • badiiy uslub

92.Adabiy tilning yozma rasmiy shakliga xos bo‘lib, muayyan nutqiy qolip, qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega bo‘lgan nutq uslubi … sanaladi.
+ rasmiy uslub

  • badiiy uslub

  • so‘zlashuv uslub

  • ilmiy uslub

93.Bu uslub davlat arboblari o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarda, idora, korxona, muassasalarning rasmiy ish yuritish jarayonlarida, shaxslarning ariza, tilxat, ishonch qog‘ozi singari ish yuritish qog‘ozlarida qo‘llanadi. Ushbu ta’rif qaysi uslub haqida?
+ rasmiy uslub

  • badiiy uslub

  • so‘zlashuv uslub

  • ilmiy uslub

94.Tobe so‘zning hokim so‘z talabiga ko‘ra ma’lum kelishik qo‘shimchalari yoki ko‘makchi bilan kelishiga boshqaruv deyiladi. Ushbu matn … deyiladi.Nuqtalar o‘rniga tushirib qoldirilgan so‘zni toping.
+ ilmiy matn

  • rasmiy matn

  • so‘zlashuv matn

  • badiiy matn

95.Bahor… Bu kun olam uyg‘onmoqda. Ana, yam-yashil maysalar xuddi jajji qizaloqlar kabi qiqirlab bosh ko‘tarmoqda. Ushbu matn … deyiladi.Nuqtalar o‘rniga tushirib qoldirilgan so‘zni toping.
+ publitsistik matn

  • rasmiy matn

  • so‘zlashuv matni

  • badiiy matn

96.Tollarning ko‘m-ko‘k sochpopuklari qizlarning mayda o‘rilgan kokillariday selkillab tushmoqqa boshladi. Muz tagida loyqalanib oqqan suvlarning namli yuzlari kuldi. (Cho‘lpon)
+ badiiy matn

  • publisistik matn

  • rasmiy matn

  • so‘zlashuv matni

97.So‘zlashuv uslubining qanday turlari mavjud?
+ oddiy va adabiy

  • dialogik va monologik

  • og‘zaki va yozma

  • ilmiy va ommabop

98.Qaysi nutq uslubining yozma shakli yo‘q?
+ so‘zlashuv

  • badiiy matn

  • publitsistik matn

  • ilmiy matn

99.Hajmiga ko‘ra matnning qanday turlari mavjud?
+ mikro va makro matn

100.Qaysi javobda faqat tashkiliy hujjatlar keltirilgan?
+ guvohnoma, yo‘riqnoma, nizom, shartnoma

  • buyruq, ko‘rsatma, farmoyish.

  • ariza, bayonnoma, dalolatnoma, ishonchnoma

  • taklifnoma, telegramma, telefonogramma, xatlar

101.Qaysi javobda faqat farmoyish hujjatlari keltirilgan?
+ buyruq, ko‘rsatma, farmoyish.

  • ariza, bayonnoma, dalolatnoma, ishonchnoma

  • taklifnoma, telegramma, telefonogramma, xatlar

  • guvohnoma, yo‘riqnoma, nizom, shartnoma

102.Qaysi javobda faqat ma’lumot-axborot hujjatlari keltirilgan?
+ ariza, bayonnoma, dalolatnoma, ishonchnoma

  • buyruq, ko‘rsatma, farmoyish.

  • taklifnoma, telegramma, telefonogramma, xatlar

  • guvohnoma, yo‘riqnoma, nizom, shartnoma

103.Qaysi javobda faqat xizmat yozishmalari hujjatlari keltirilgan?
+ taklifnoma, telegramma, telefonogramma, xatlar

  • guvohnoma, yo‘riqnoma, nizom, shartnoma

  • ariza, bayonnoma, dalolatnoma, ishonchnoma

  • buyruq, ko‘rsatma, farmoyish.

104.Qaysi javobda ma’lumot-axborot hujjatlari to‘liq keltirilmagan?
+ tavsifnoma, tarjimayi hol, tilxat,shartnoma

  • tarjimayi hol, tilxat, tushuntirish xati, e’lon

  • dalolatnoma, ishonchnoma, tavsifnoma

  • ariza, bayonnoma, dalolatnoma, ishonchnoma

105.”Sizga …ni ma’lum qilaman(miz)“
“bildiraman(miz)”
“eslataman(miz) “
“…ga rozilik bildiradi “
“kafolat beradi “
“qarshi emas “. Ushbu qoliplar hujjatlarning qaysi turiga mavjud?
+ xizmat yozishmalari

  • ma’lumot-axborot hujjatlari

  • farmoyish hujjatlari

  • tashkiliy hujjatlar

106.Hujjatning qaysi turida gap kesimlari “tayinlansin”, “topshirilsin” kabi majhul nisbat, III shaxs, buyruq maylidagi fe’llar orqali ifodalanadi?
+ farmoyish hujjatlari

  • tashkiliy hujjatlar

  • xizmat yozishmalari

  • ma’lumot-axborot hujjatlari

107.Quyidagi qaysi hujjatlar tashkiliy hujjat hisoblanadi? 1) yo‘riqnoma; 2) ko‘rsatma; 3) tavsifnoma; 4) tarjimayi hol; 5) tilxat; 6) nizom; 7) telefonogramma; 8) xatlar; 9) tushuntirish xati; 10) e’lon; 11) farmoyish; 12) telegramma; 13) shartnoma; 14) buyruq.
+ 1, 6, 13

  • 1, 6, 12, 14

  • 1, 6, 8, 12

  • 1, 6, 12, 13

108.Quyidagi qaysi hujjatlar farmoyish hujjatlari hisoblanadi? 1) yo‘riqnoma; 2) ko‘rsatma; 3) tavsifnoma; 4) tarjimayi hol; 5) tilxat; 6) nizom; 7) telefonogramma; 8) xatlar; 9) tushuntirish xati; 10) e’lon; 11) farmoyish; 12) telegramma; 13) shartnoma; 14) buyruq.
+ 2, 11, 14

  • 2, 11, 13

  • 4, 11, 14

  • 5, 11, 14

109.Quyidagi qaysi hujjatlar ma’lumot-axborot hujjatlari hisoblanadi? 1) yo‘riqnoma; 2) ko‘rsatma; 3) tavsifnoma; 4) tarjimayi hol; 5) tilxat; 6) nizom; 7) telefonogramma; 8) xatlar; 9) tushuntirish xati; 10) e’lon; 11) farmoyish; 12) telegramma; 13) shartnoma; 14) buyruq.
+ 3, 4, 5, 9, 10

  • 3, 4, 5, 10, 11

  • 3, 4, 5, 9, 11

  • 3, 4, 6, 9, 10

110.Quyidagi qaysi hujjatlar xizmat yozishmalari hisoblanadi? 1) yo‘riqnoma; 2) ko‘rsatma; 3) tavsifnoma; 4) tarjimayi hol; 5) tilxat; 6) nizom; 7) telefonogramma; 8) xatlar; 9) tushuntirish xati; 10) e’lon; 11) farmoyish; 12) telegramma; 13) shartnoma; 14) buyruq.
+ 7, 8, 12

  • 7, 8, 12, 13

  • 7, 9, 12, 13

  • 7, 9, 12, 14

111.Tavsiyanoma hujjatning qaysi turiga mansub?
+ ma’lumot-axborot hujjatlari

  • tashkiliy hujjatlar

  • xizmat yozishmalari

  • farmoyish hujjatlari

112.Idoralar va mahkamalar, korxonalar va tashkilotlar hamda muassasalar o‘rtasida olib boriladigan yozishmalar … hujjatlar deyiladi.
+ rasmiy hujjatlar

  • xizmat yozishmalari

  • shaxsiy hujjatlar

-xizmat va shaxsiy
113.Hujjatlar tuzilishiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?
+ ichki va tashqi

  • sodda va murakkab

  • rasmiy va shaxsiy

  • og‘zaki va yozma

114.Mazmuniga ko‘ra hujjatlar qanday turlarga bo‘linadi?
+ sodda va murakkab

  • rasmiy va shaxsiy

  • og‘zaki va yozma

  • ichki va tashqi

115.Ma’lum bir davlat tashkiloti, xususiy korxona, huquqni muhofaza qilish idoralari rahbarlari, mansabdor shaxslar nomiga iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat nima deyiladi?
+ ariza

  • bildirgi

  • bildirishnoma

  • tushuntirish xati


116.Tarjimayi holning qanday turlari mavjud?
+ rasmiy va badiiy

  • rasmiy va shaxsiy

  • rasmiy vabiografik

  • rasmiy va ijodiy

117.Tarjimayi holning zaruriy qismlari qaysi javobda to‘g‘ri sanab ko‘rsatilgan?
+ hujjat nomi, matn, sana, imzo, familiya

  • kirish, hujjat nomi, sana, imzo, familiya

  • hujjat nomi, matn, imzo, sana, familiya

  • hujjat nomi, matn, familiya, imzo, sana

118. Korxonalarda axborot mеtodik tusdagi masalalar, shuningdеk, buyruqlar, yo‘riqnomalar va b. hujjatlarning ijrosi bilan bog‘liq bo‘lgan tashkiliy masalalar yuzasidan chiqariladigan huquqiy hujjat … deyiladi. Nuqtalar o‘rnida tushirib qoldirilgan hujjat nomini toping.
+ ko‘rsatma

  • buyruq

  • farmoyish

  • farmon

119.Muayyan shaxsning xizmat va boshqa holatlarini, shuningdеk, biror ishga oid vakolatini ko‘rsatuvchi hujjat nomi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
+ guvohnoma

  • dalolatnoma

  • shartnoma

  • ma’lumotnoma

120.Guvohnomaning qanday turlari mavjud?
+ lavozim guvohnomasi va xizmat safari guvohnomasi

  • faqat lavozim guvohnomasi

  • faqat xizmat safari guvohnomasi

  • lavozim guvohnomasi va rasmiy guvohnoma

121.Tekshirilgan voqea, hodisa, xatti-harakat tafsiloti, jihozlar, asbob-uskuna, ashyolar, texnika, binolarning yaroqli-yaroqsiz holati qaysi hujjatda o‘z aksini topadi?
+ dalolatnoma

  • guvohnoma

  • shartnoma

  • ma’lumotnoma

122.Xodimning ma’muriyatga, korxona, tashkilot, muassasa rahbariga biror-bir voqea-hodisa (ijobiy yoki salbiy), ishda yuz bergan uzilishlar, yo‘l qo‘yilgan biror bir kamchilik, nuqson, shuningdek, mehnat ta’tilidan, homiladorlik ta’tilidan, betoblikdan so‘ng vazifasini bajarish uchun ishga chiqqanligini ma’lum qilish to‘g‘risida taqdim etadigan yozma axboroti nima deyiadi?
+ bildirishnoma

  • ariza

  • tilxat

  • tushunturish xati

123. Bildirishnomaning qanday turlari mavjud?
+ ichki va tashqi

  • shaxsiy va rasmiy

  • rasmiy va badiiy

  • sodda va murakkab

124.... - ishgа tushgаnlik, muаyyan vаzifаni bаjаrgаnlik hаqidа mаnsаbdоr shаxs nоmigа yozilаdigаn qisqа аxbоrоt bеruvchi rаsmiy hujjаt. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang.
+ bildirgi

  • ariza

  • tilxat

  • tushunturish xati

125.Quyida qaysi hujjat namunasi keltirilgan? Mеn mеhnаt tа’tilidаn so‘ng 2018-yil 2-sеntabrdаn, bоshlаb o‘z vаzifаmni bаjаrishgа kirishgаnligim to‘g‘risidа xаbаr bеrаmаn.
2018.29.08. (imzо) G‘.Аlimоv
+ bildirgi

  • ariza

  • tilxat

  • tushuntirish xati

126.... - biror bir korxona, muassasa, tashkilot yoki shaxs nomidan ish ko‘rish huquqini beradigan rasmiy hujjatdir.
+ ishonch xati

  • tilxat

  • bildirishnoma

  • bayonnoma

127.Ishonch xatining qanday turlari mavjud?
+ xizmat ishonch xati va shaxsiy ishonch xati

  • ichki va tashqi

  • sodda va murakkab

  • xizmat va rasmiy

128. Quyida qanday matn namunasi keltirilgan? Men, Samarqand shahridagi 45-sonli o‘rta umumta’lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi Erdonova Gulbahor Farmonovna, Toshkent shahridagi Abdulla Qodiriy nomli o‘qituvchilar malakasini oshirish institutiga ikki oylik malaka oshirish kursiga yuborilganligim tufayli 2019-yil noyabr-dekabr oylari uchun oylik maoshimni turmush o‘rtog‘im Bo‘riyev Fayzulla Xudayberdiyevichning olishiga ishonch bildiraman.
+ ishonch xati

  • bildirishnoma

  • dalolatnoma

  • bayonnoma

129.Qaysi hujjat matni boshqa ish qog‘ozlaridan tinish belgilarining qo‘yilmasligi bilan farq qiladi?
+ telegramma

  • telefonogramma

  • xatlar

  • taklifnoma

130.... – anjuman, majlis, yigilish, kengash va boshqa shu kabi tadbirlarning borishini, unda ishtirok etuvchilar, qatnashchilarning nutq va chiqishlari hamda shu yig`inda qabul qilingan qarorlarni qayd qiluvchi rasmiy hujjat hisoblanadi. Nuqtalar o‘rnida tushurib qoldirilgan so‘zni toping?
+ majlis bayoni

  • buyruq

  • farmoyish

  • ko‘rsatma

131.Qaysi hujjat matnida ESHITILDI, SO‘ZGA CHIQDILAR kabi qismlarni uchratgansiz?
+ majlis bayoni

  • buyruq

  • farmoyish

  • ko‘rsatma

132.Bu hujjat ikki yoki undan ortiq fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqiy munosabatlari, majburiyatlari va boshqalarni belgilash, o‘zgartirish yoki to‘xtatishni nazarda tutadi. Yuqorida qaysi hujjatning ta’rifi keltirilgan?
+ shartnoma

  • ma’lumotnoma

  • bayonnoma

  • dalolatnoma

133.Shartnomalar qachondan kuchga kiradi?
+ barchasi to‘g‘ri

  • tomonlar imzolaganlaridan so‘ng

  • notarial idora tomonidan tasdiqlangan paytdan boshlab qonuniy kuchga kiradi

  • To‘g‘ri javob yo‘q

134.Mehnat bitimi nima?
+ muassasa va ayrim shaxslar o‘rtasida tuzilgan shartnoma

  • tashkilotlar o‘rtasida tuzilgan shartnoma

  • shaxslar o‘rtasida tuzilgan shartnoma

  • davlatlar o‘rtasida tuzilgan shartnoma

135. Ma’lumotnomalar mazmuni va vazifasiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi. Bular:
+ xizmat ma’lumotnomalari va shaxsiy ma’lumotnomalar

  • rasmiy va shaxsiy ma’lumotnomalar

  • sodda va murakkab ma’lumotnomalar

  • shaxsiy vs badiiy ma’lumotnomalar

136.Hujjatniing qaysi turida shaxsning o‘qish, mehnat jarayonidagi, yashash joyidagi ijtimoiy-jamoatchilik faoliyati, erishgan muvafaqqiyatlari, o‘ziga xos xislatlari, fazilatlari aks ettiriladi?
+ tavsifnoma

  • tavsiyanoma

  • kafolat xati

  • tilxat

137.Biror shaxsni muayyan lavozimga, yangi o‘rin, vazifaga yoki ijtimoiy-siyosiy, ijodiy jamoatchilik tashkilotlariga a’zolikka tavsiya etish uchun beriladigan rasmiy hujjat turi ko‘rsatilgan javobni belgilang.
+ tavsiyanoma

  • kafolat xati

  • tilxat

  • tavsifnoma

138.Tavsiyanomaning zaruriy qismlari qaysi javobda to‘g‘ri keltirilgan?
+ hujjat nomi/matn/tavsiyanoma beruvchilarning familiyasi/imzo/muhr

  • hujjat nomi/matn/imzo/muhr/tavsiyanoma beruvchilarning familiyasi/imzo/muhr

  • kim tomonidan berilayotgani/kimga berilayotgani/hujjat nomi/matn

  • kim tomonidan berilayotgani/kimga berilayotgani/hujjat nomi/matn/muhr

139.... – ko‘proq shaxsiy mazmunga ega bo‘lib, odatda rahbar yoki mutasaddi shaxs nomiga yoziladi va unda sodir etilgan xatti-harakatlar, yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarlik holatlari, bajarilmay qolgan ish, topshiriq yoki vazifalar, ularni keltirib chiqargan sabablar izohlanadi. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang.
+ tushuntirish xati

  • tilxat

  • dalolatnoma

  • bayonnoma

140.Tushuntirish xati va ariza matnining yozilish shakllarida qanday farq mavjud?
+ hech qanday farq majud emas

  • tushuntirish xati hujjat nomi bilan boshlanadi

  • kirish qismida farq mavjud

  • matnda farqli tomonlar uchraydi

141.Hujjatning qaysi turi muayyan shaxs tomonidan hujjat, qimmatbaho buyum, pul va boshqa shu kabi narsalar olinganda yoziladi?
+ tilxat

  • tushuntirish xati

  • kafolat xati

  • iltimos xati

142.Telegramma matni boshqa ish qog‘ozlaridan qanday farq qiladi?
+ tinish belgilarining qo‘yilmasligi bilan

  • matnning kattaligi bilan

  • his-hayajon gaplarning ishtirok etishi bilan

  • farq qilmaydi

143.Rasmiy xatning qanday turlari mavjud?
+ javob talab qiladigan va javob talab qilmydigan xatlar

  • rasmiy va shaxsiy

  • sodda va murakkab

  • rasmiy va ilmiy

144.Javob talab qiladigan xatlar qaysi javobda keltirilgan?
+ da’vo, so‘rov, iltimos xatlar

  • ilova, tasdiq, eslatma xatlar

  • axborot va kafolat xati

  • tushuntirish xati

145.Javob talab qilmaydigan xatlar qaysi javobda keltirilgan?
+ barchasi to‘g‘ri

  • ilova va tasdiq xatlar

  • eslatma va axborot xati

  • kafolat xati

146.Biror-bir tantanali tadbirga taklif etish uchun qo‘llanadigan yozma axborot nima?
+ taklifnoma

  • telegramma

  • telefonogramma

  • xatlar

147.Taklifnoma qanday qism bilan boshlanadi?
+ Hujjat nomi bilan

  • Kimning nomiga yozilayotgani bilan

  • Dastlab manzil ko‘rsatiladi

  • Taklifnooma yozish tamomila erkindir

148.Taklifnomalardagi “lutfan taklif etamiz” so‘zlari o‘rniga “lutfan tashrif buyurishingizni iltimos qilamiz” jumlalari to‘g‘ri bo‘lishi qaysi kitobda aytilgan?
+ “So‘z xususida so‘z” kitobi

  • “Tilimizning tilla sandig‘i” kitobi

  • “Nutq odobi” kitobi

  • “Odoblar xazinasi” kitobi

149.Muhim xabarning telegraf orqali berilgan nihoyatda qisqa shakli nima deyiladi?
+ telegramma

  • telefonogramma

  • taklifnoma

  • xatlar

150.Arizaning shakliga ko‘ra qanday turlari mavjud?
+ sodda va murakkab

  • rasmiy va shaxsiy

  • rasmiy va badiiy

  • ichki va tashqi

151.Majlis bayonida qatnashchilarning soni necha kishidan oshmasa, familiyalari yozib chiqiladi?
+ 15 kishidan

  • 20 kishidan

  • 18 kishidan

  • 25 kishidan

152.Kimga yo‘llanganiga ko‘ra bildirishnomaning qanday turlari mavjud?
+ ichki va tashqi bildirishnoma

  • sodda va murakkab bildirishnoma

  • rasmiy va shaxsiy

  • rasmiy va badiiy

153.”Epistolyar janrning tuzilishi va uning ayrim til xususiyatlari“ kitobining muallifi kim?
+ R. Qo‘ng‘urov, T. Jo‘rayev

  • T. Jo‘rayev

  • N. Mahmudov

  • A. Madvaliyev

154.... - bir shaxsning o‘ziga qarashli bo‘lgan mol-mulkni tasarruf etish bo‘yicha xohish-irodasi bayon qilingan hujjatdir. Nuqtalar o‘rnida tushurib qoldirilgan so‘zni toping.
+ vasiyatnoma

  • bildirishnoma

  • bayonnoma

  • ariza

155.O‘zR Fkning 134-moddasi: “Bir shaxs tomonidan ikkinchi shaxsga uchinchi shaxslar oldida vakillik qilish uchun berilgan yozma vakolat ... deyiladi”. Nuqtalar o‘rniga tushirib qoldirilgan hujjat nomini toping.
+ ishonchnoma

  • dalolatnoma

  • shartnoma

  • kafolat xati

156.O‘zR Fkning 353-385-moddalarida qaysi hujjatning qoidalari to‘liq keltirilgan?
+ shartnoma

  • ishonchnoma

  • dalolatnoma

  • kafolat xati

157.Yonda olib yurishga moslashtirilib, daftarcha shaklida tayyorlanadigan rasmiy hujjat nima?
+ guvohnoma

  • shartnoma

  • ishonchnoma

  • dalolatnoma

158.Guvohnomaning zaruriy qismlari: hujjat nomi/tashkilot nomi/hujjat berilgan shaxsning FIO/…/…/rahbar imzosi/shaxsiy imzo/surat/muhr. Qoldirilgan so‘zlarni toping?
+ lavozimi, muddati

  • muddati, lavozimi

  • berilgan sanasi,muddati

  • muddati, berilgan sanasi

159.Qonun yoki boshqa me’yoriy hujjatlarni tushuntirish maqsadida chiqariladigan huquqiy hujjat … deyiladi.
+ yo‘riqnoma

  • nizom

  • shartnoma

  • bildirish

160.… - tashkilot yoki uning tarkibiy bo‘linmalari, kichik yoki qo‘shma korxona va shu kabilar tuzilishi, huquqi, vazifalari, burchlari, ishni tashkil qilishlari tartibini bеlgilaydigan huquqiy hujjatdir. Nuqtalar o‘rnida tushurib qoldirilgan so‘zni toping.
+ nizom-ustav

  • yo‘riqnoma

  • shartnoma

  • bildirish

161… - muayyan munosabat doirasidagi faoliyat yoki biror davlat organi, tashkilot, muassasaning tuzilishi, vazifasini yo`naltirib turadigan asosiy nizom va qoidalar majmuidir.
Nuqtalar o‘rnida tushurib qoldirilgan so‘zni toping.
+ ustav

  • yo‘riqnoma

  • shartnoma

  • bildirish

162.Ko‘pchilikni yoki ma’lum guruhdagi shaxslarni yaqin orada (kelgusida) bo‘ladigan biron-bir tadbir - majlis, uchrashuv, suhbat, shuningdek, ishga, o‘qishga qabul qilish va boshqalar haqida xabardor qilish uchun qo‘llanuvchi yozma axborot nima?
+ e’lon

  • reklama

  • yo‘riqnma

  • afisha

163.Ish qog‘ozlari, hujjatlar qaysi nutq uslubida o‘rganiladi?
+ rasmiy uslub

  • ilmiy uslub

  • ilmiy-ommabop uslub

  • publitsistik uslub

164. Hujjat matnida qoliplangan kirish birikmalaridan so‘ng, uyushiq va ajratilgan bo‘laklar, orasida, izohlovchi bilan izohlanmish o‘rtasida qo‘llanadigan tinish belgisini toping?
+ Vergul
-Nuqtali vergul
-Ikki nuqta
-Tire
165. Farmoyish hujjatlarida «Buyuraman» so‘zidan, bayonnomaning «Kun tartibi», «Eshitildi», «So‘zga chiqdilar», «Qaror qilindi» kabi zaruriy qismlaridan so‘ng qanday tinish belgisi qo‘yiladi?
+Ikki nuqta
-Vergul
-Nuqtali vergul
-Tire
166. Hujjat matnining biror bo‘lagiga qo‘shimcha izoh berish zarurati bo‘lganda qo‘llanadigan tinish belgisini toping?
+Qavs
-Tire
-Vergul
-Nuqtali vergul
167. Hujjatlarda izohlanmish bilan izohlovchi o‘rtasida qanday tinish belgisi qo‘yiladi?
+Tire
-Qavs
-Nuqtali vergul
-Ikki nuqta
168. Tavsiyanoma, taklifnoma qaysi hujjat turlariga kiradi?
+Ma’lumot-axborot hujjatlari
-Farmoyish hujjatlari
-Tashkiliy hujjatlar
- Buyruq hujjatlar
169. Qonun yoki boshqa me’yoriy hujjatlarni tushuntirish maqsadida chiqariladigan huquqiy hujjat turini toping?
+Yo‘riqnoma
-Guvohnoma
-Farmoyish
-Buyruq
170. Qaysi hujjat turida tomonlar bajarishi lozim bo‘lgan shartlar va boshqa majburiyatlar ko‘rsatiladi?
+Shartnoma
-Guvohnoma
-Farmoyish
-Buyruq
171. Qaysi hujjat turida “lozim”, “kerak”, “zarur”, “yo'l qo'yilmaydi”, “mumkin emas” kabi so‘zlar qo‘llanadi. 
+Yo‘riqnoma
-shartnoma
-farmoyish
-guvohnoma
172. Qachon “Davlat idoralarini o‘zbeklashtirish” hamda “O‘zbekiston Respublikasida idora, korxona va tashkilotlari ishchi xodimlarini o‘zbek tiliga majburiy o‘rgatish to‘g‘risida” ikkita tarixiy qaror qabul qilinadi?
+ 1928-yil

  • 1930-yil

  • 1956-yil

  • 1991-yil 173. Hisobotning zaruriy qismlari qaysilar?

+ Hammasi to‘g‘ri
- Hisobot beruvchi shaxsning o‘qish yoki ish joyi, lavozimi, familiyasi, ismi, hisobotning nima haqdaligi va hisobot davri;
- Matn (unda rejalashtirilgan ishlar, topshirilgan vazifa, ular yuzasidan amalga oshirilgan tadbirlar, ularning bajarilishi, erishilgan yutuqlar, ularning omillari, yo‘l qo‘yilgan nuqson va kamchiliklar, ularning sabablari, taklif, mulohazalar, tavsiyalar, ilova materiallar aks etadi)
- Hisobot yozuvchi shaxsning lavozimi, imzosi, familiyasi, ismi va yozilgan sana (hisobot yuqori idoralarga yuboriladigan bo‘lsa, korxona rahbari imzosi bilan tasdiqlanb, muhri bosiladi).
174. Korxona doirasida qo‘llanadigan bildirishnomalar
+ichki bildirishnoma
- tashqi bildirishnomalar
- sodda
- murakkab
175. Bildirishnomalar qanday turlarga bo‘linadi?
+ Tashqi va ichki bildirishnomalar
- Sodda va murakkab
- Tarixiy va yangi
- Shaxsiy va rasmiy
176. Bayon etilgan iltimos, talab, taklif yoki shikoyat amaldagi qonunlarda belgilangan tartibda, belgilangan muddatda hal etiladigan hujjat.
+ Ariza
- Tilxat
- Buyruq
- Bildirgi

Tuzuvchi: G.N.Imomqulova


Kafedra mudiri: dots.X.X.Berdiyev
Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘lim boshlig‘i S.Quyliyev



Download 76.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling