Zbekiston milliy universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti
Download 20.92 Kb.
|
amaliyot hisoboti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hisobot mazmuni: I.Malakaviy amaliyot olib borilgan muassasa II.Bajarilgan ishlar
- II.Bajarilgan ishlar Huquqiy targ’ibotni baholish portalida ishladik asosan https://htb.huquqiyportal.uz/
- Universitetlar karyera markazlari rahbarlarining ro’yxatini shakllantirishda yordam berdik .
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI Malakaviy amaliyot Amaliyot hisoboti (5.06.2023dan 17.06.2023gacha) Universitet malakaviy amaliyot rahbari: Jamolova Nargiza Malakaviy amaliyot rahbari: O’rozboyev Oybek Amaliyotchi talaba: Hayitmurodov Shaxriyor KIRISH Ma’lumki hozirgi kunda huquqiy savodxonlik darajasi ildamlik bilan rivojlanib borayotgan bir paytda, bu jarayon dunyo mamlakatlari va uning mutasaddilari shu bilan birgalikda huquqiy soha mutaxassislarining zimmasiga o’lkan vazifalarni yuklamoqda. Bu esa o’z o’rnida har bir mamlakatda o’qitish sohasi, aniq qilib aytganda kompyuter texnologiyalari sohasidagi ta’limni yanada isloh qilish, ularni zamon talablariga moslashgan andozalar asosida qurishni talab etmoqda. XXI-asrning axborot asri deb atalishining zamirida o’lkan ma’no- mazmun yotganligini hozirgi kunning har bir o’quvchisi-yu, talabasi, nainki har-bir aqli raso insoni anglab yetdi va yetmoqda. Axborotga talab va ehtiyoj azal-azaldan katta miqyosda bo’lib kelgan. Biroq, hozirgi kunga kelib unga bo’lgan talab va zarurat har qachongidan kuchayganligiga hech bir shaxs shubxa qilmasligi tayin. Ze’roki axborot XXI-asrga kelib eng qimmat moddiy ashyoga aylanib qoldi desam ayni haqiqat bo’lar. Fan-texnika, tibbiyot, moliya va iqtisod, soliq hattoki davlat boshqaruvi organlarida axborot texnologiyalarining qullanilishi bu ishlarda yuqori unumdorlik va samaradorlikni olib kelmoqda va olamshumul natijalarga erishilamoqda. Hisobot mazmuni: I.Malakaviy amaliyot olib borilgan muassasa II.Bajarilgan ishlar I.Malakaviy amaliyot olib borilgan muassasa Lavozim vazifalari: Bo‘limning umumiy faoliyatini tashkil etadi va boshqaradi, bo‘limning oylik va yillik rejasini ishlab chiqish hamda ijrosini ta’minlashga bosh bo‘ladi; Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida hamda talaba (o‘quvchi)larning turar joylarida ijtimoiy-siyosiy va huquqiy sohalardagi ishlarning tizimli va samarali ravishda olib borilishiga amaliy yordam ko‘rsatish; Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini qaror toptirish, ularni giyohvandlikdan, axloqsizlikdan, ekstremistik markazlarning chetdan kirib kelayotgan halokatli ta’sirlari va tahdidlaridan hamda saviyasi past “ommaviy madaniyat”ning, reaksion mafkuralar va shiorlarning halokatli ta’siridan himoya qilish, sog‘lom avlodni voyaga yetkazish chora-tadbirlarini yanada kuchaytirish; Sohaga oid qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, Prezident qaror va farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qaror va farmoyishlarining ta’lim muassasalaridagi ijrosini o‘rganish kabi ishlarni muvofiqlashtirish; Ta’lim muassasalarida ijtimoiy-siyosiy, huquqiy targ‘ibot sohasidagi muammolarni o‘rganish, bu boradagi faoliyatni yanada kuchaytirish bo‘yicha qo‘llanmalar ishlab chiqish hamda metodik yordam ko‘rsatish; Ta’lim muassasalaridagi ma’naviyat-ma’rifat ishlari bo‘yicha mas’ul rahbar xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha seminarlar tashkil etish; Talaba-o‘quvchilar o‘rtasida ommaviy axborot-tushuntirish ishlarini va huquqiy targ‘ibotni tashkil etish; Bo‘limning hisobotlarini tayyorlash, bo‘limga topshirilgan dasturlar monitoringini o‘tkazishga rahbarlik qilish; Markaz Ustavi hamda Markaz rahbari buyruqlari va mehnat intizomiga qat’iy rioya qilgan holda faoliyat olib boradi. II.Bajarilgan ishlar Huquqiy targ’ibotni baholish portalida ishladik asosan https://htb.huquqiyportal.uz/ Yoshlarning huquqiy savodxonligi va siyosiy faqolligini oshirish mavzusida taqdimot tayyorladik. Universitetlar karyera markazlari rahbarlarining ro’yxatini shakllantirishda yordam berdik . Download 20.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling