Zbekiston respu blikasi xalq


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/119
Sana01.11.2021
Hajmi0.87 Mb.
#170132
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   119
Bog'liq
giologiya

Fizik nurash 

Fizik nurashning asosiy faktori, tog’ jinslari va ularni tashkil etuvchi minerallar xajmini keskin 

o’zgarishiga  sabab  bo’luvchi  temperatura  hisoblanadi.  Bu  nomuvofiqlik  jinslarning  darz  ketishi, 

yoriq  bo’laklarga  ajralishi  va  keyinchalik  ularni  maydalanishiga  olib  keladi.  Agar  jins  yoriqlariga 

suv  kirib,  bu  yerda  suv  muzlab  qolsa,  u  xolda  fizik  nurash  yana  xam  tezlashadi.  Suvning  takror 

muzlab  erib  turishi  bilan  bog’liq  bo’lgan  fizik  nurash  sovuqdan  nurash  deb  ataladi.  Fizik  nurash 

natijasida qattiq jinslar mayda-mayda bo’lib ketadi, xatto zarrachalar 0,01mm gacha yetadi. Nurash 

xodissasi  jinslarning  kristalli  va  qatlamlarning  darzli  bo’lishiga  xam  bog’liq.  Tog’  jinsida  darz 

qancha  ko’p  bo’lsa,  u  shuncha  tez  yemiriladi.  Mexanik  nurash  asosan  tashqi  sabablar  yordamida 

yuz beradi. Yer yoriqlariga, mineral va tog’ jinslari orasiga kirib qolgan suvning xarorati pasayib, 

bu yerda suv muzlaydi, suv muzlashi bilan muz kengayib, jinslarni yorib yuboradi. 

Bundan  tashqari,  yer  yuzasi  qanday  shakl  bo’lishidan  qat'iy  nazar,  o’simlik  bilan  qoplangan. 

O’simliklarning  ildizlari  tog’  jinslari  orasiga  yorib  kirib,  ularni  bo’laklarga  ajratadi,  darzlarni 

kengaytiradi.  Chirigan  ildizlardan  o’tgan  suv  yer  ostida  muzlab,  darzlarni  kengaytiradi.  Yer  ichki 

qismida yashovchi qurt va chuvalchanglar gil xamda loyssimon jinslar orasida juda ko’p miqdorda 

g’ovaklar hosil qiladi, ularning fizik va ximik xususiyatlarining o’zgarishiga olib keladi. 




Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling