Zbekiston respu blikasi xalq
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
giologiya
Ustki suvlar. Atmosferadan tushayotgan qor va yomg’ir suvlarning aeratsiya zonasida linza
ko’rinishida yoki o’zidan suv o’tkazmaydigan yupqa qatlamlar ustida to’planishidan ustki suvlar paydo bo’ladi. Ular yer yuziga yaqin joylashgan bo’lib, ularning tarqalish soxasi suv bilan ta'minlanish soxasiga mos keladi. Bu suvlarning qalinligi suv o’tkazmaydigan qatlam o’lchamiga bog’liq. Ularning o’lchami qancha katta bo’lsa, suv qalinligi xam shuncha katta bo’ladi. Ustki suvlar satxi suvning linza atrofidan oqishi bilan belgilanadi. Agar yuqoridan singayotgan suv xarakati uzoq davom etib suv satxini ko’tarsa, u xolda ustki suvlar pastda joylashgan grunt suvlarini tuyintiradi. (1-rasm)
1-rasm. Ustki suvlar. Bu suvlarning o’ziga xos xarakterli xususiyati shundaki, uning miqdori yil fasllari davomida keskin o’zgarib turadi. Baxor oylarida yomg’irning ko’p yog’ishi, qorlarning tez erishi natijasida suvli gorizontning qalinligi oshsa, yoz oylarida quyoshning qizdirishi, o’simliklarning o’zidan suvni bug’lantirishi ta'siri natijasida uning miqdori kamayib ketadi. Shuning uchun ular mavsumiy suv xisoblanadi. Ximiyaviy tarkibiga ko’ra ular chuchuk yoki sho’rroq, organik birikmalar bilan ifloslangan bo’ladi. Bu suvlar zaxirasining qamligi, organik birikmalarga boyligi, tarqalish maydonining chegaralanganligi sababli ulardan shaxar va qishloqlarni suv bilan ta'minlash maqsadida foydalanib bo’lmaydi.
Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling