MA'RUZA № 23
YER OSTI SUVLARINING KELIB CHIQISHI VA TASNIFI.
Hozirgacha yer osti suvlarining umum qabul qilgan tasnifi yuq. Bu esa ularning har xil
xossalariga, joylanish sharoitlariga bog’lik va xakozo. Yer osti suvlari bir necha belgilariga qarab
guruxlarga bo’lish mumkin. Masalan xaroratiga ko’ra: sovuq (-10,-20 S), iliq (20...40o S) va issiq
(40o S dan yuqori) suvlar; tuzligiga qarab: chuchuk (tuzsiz), sho’r suvlar va xokazo.
Yer osti suvlari suvli gorizontning joylashishiga, bosimning bor-yo’qligiga, yotish xolatiga,
gidravlik belgisiga va ximiyaviy tarkibiga qarab ustki, grunt va qatlamlararo suvlarga bo’linadi.
Bulardan tashqari yoriq, qarst, doimiy muzloq va shifobaxsh xususiyatiga ega bo’lgan mineral
suvlar xam bo’ladi. bu suvlar ko’p xollarda sanoat korxonalarida ishlatiladi. Ular bosimli yoki
bosimsiz bo’lib, ba'zi uziga xos xususiyatlari bilan boshqa xildagi suvlardan ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |