Ўzbekiston respublika oliy va ўrta maxsus
Download 1.33 Mb.
|
menejment va marketing asoslari fanidan oquv uslubiy qollanmaТАТУ
- Bu sahifa navigatsiya:
- 23-chizma. Korxonaning ichki muhiti (mikro-muhit
- Vositachilar
- Istemolchilar
- Davlat va jamoat muassasalarining mansabdor yoki javobgar shaxslari
14.2. Korxona mikro-muhiti
Korxonaning mikro-muhiti tarkibiga ta'minotchilar, vositachilar, raqobatchilar, mijozlar (iste'molchilar) va aloqalar o’rnatiluvchi auditoriyalar kiradi. Biroq marketing faoliyatini uyushtirish jarayonida korxona qaramog’ida bo’lgan qismlarning manfaati ham hisobga olinishi zarur, shu jumladan, yuqori rahbariyat, moliyaviy xizmat, moddiy-texnika ta'minoti xizmati, ishlab chiqarish, buxgalteriya, ilmiy va konstruktorlik ishlari xizmati (23-chizma). 23-chizma. Korxonaning ichki muhiti (mikro-muhit) Korxonaning umumiy maqsad va vazifalari, strategiya va siyosati yuqori rahbariyat tomonidan aniqlanadi. Ta'minotchilar - bu kelishilgan shartnomalarga ko’ra firmani xom ashyo materiallari, jihozlar va texnik vositalar, komplektlovchi mahsulotlar, oziq-ovqat mahsulotlari va hokazolar bilan ta'minlab turuvchi korxonalar. Ular uch turga bo’linadi: eksklyuziv, qonun-qoidaga rioya qiladigan va chetki. Birinchilari - faqat mazkur firma bilan hamkorlik qiladilar, ikkinchilari - firmaga ham, uning raqiblariga ham xizmat qo’rsatadilar, uchinchilari - faqat raqobatchilar bilan ishlaydilar. Tabiiyki, eksklyuziv ta'minotchilarga etarlicha katta hajmdagi faoliyat sohasiga ega bo’lgan, bunday ta'minotchiga barqaror ishni ta'minlay olgan firma ega bo’lishi mumkin. Qonun-qoidaga rioya qiladigan ta'minotchilarga kelganda esa, ular bilan yaqin munosabatlarni saqlab turish kerak, chunki ular firma haqida ham, uning raqiblari haqida ham boy axborot manbai bo’lib maydonga chiqishi mumkin. Ta'minot tizimining tashkil etilishi jiddiy ravishda marketing jarayonlariga ta'sir ko’rsatadi va resurslarning kamchiligi, tovar jo’natishdagi uzilishlar, albatta, sotish hajmiga va pirovard korxonaning izzat obro’iga ziyon keltirishi mumkin.
Savdo korxonalari, birinchidan, taqsimot kanallarini aniqlashda va, ikkinchidan, mijozlarni shakllantirishda ko’maklashadilar. Moliya vositachilari sifatida banklar, kredit va sug’urta kompaniyalari va boshqa moliya bitimlarini tavakkalchilikdan sug’urtalash ishlarini olib boruvchi tashkilotlar bo’lishi mumkin. Mijozlar bilan xushmuomala munosabatda bo’lish uchun korxona zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyasini qo’llashdan tashqari yana marketing vositachilari bilan samarali hamkorlikda bo’lishi shart. Raqiblar mazkur firma faoliyat yuritayotgan bozorlarda xuddi shunday mahsulotni ishlab chiqarib qatnashadigan korxonalar (kompaniyalar)dan iborat. Kurash haqqoniy yoki g’irrom raqobat shartlari asosida amalga oshiriladi. Birinchi holda tannarxning pasayishi, mahsulot sifatining oshishi, firmaning obro’ izzatini ko’tarish, qo’shimcha xizmatlar sektorini kengaytirish va zamonaviy marketingning boshqa usullari qo’llanadi, ikkinchisida - demping, korruptsiya, shantaj, xom ashyodan, ish kuchidan, ta'minotchilardan mahrum qilish va hokazo. Rivojlangan mamlakatlarning ko’pchiligida raqobatchilikni g’irrom usullar bilan olib borish qonun tomonidan man etilgan.
Salmoqli qismini yakka iste'molchilar tashkil etadi, ya'ni aholining tovar va xizmatlarni faqat o’zining shaxsiy foydalanishi uchun sotib oladigan qismi. Oilalar yoki uy xo’jaliklari asosan oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarini xarid qiladilar. Miqyoslariga va xaridlarining hajmiga ko’ra ular ham iste'molchilarning asosiy turiga kiradi. Vositachilar ancha professional xaridorlardir, zero, ular tovarlarni asosan qayta sotish maqsadlarida sotib oladilar. Shu bilan bog’liq holda ular tovar narxiga, uning o’ramiga, saqlanish muddatlari kabi omillarga ko’proq e'tibor beradilar. Firmalarning xodimlari bo’lgan ta'minotchilar moddiy-texnika ta'minoti uchun tovarlarni sotib oladilar, bunda ular e'tiborining markazida tovarning narx va miqdoriy tavsifi, transport xarajatlari, ishlab chiqaruvchining obro’i, mijoz istagiga reaktsiyaning tezligi, to’lovni kechiktirish imkoniyati kabi ko’rsatkichlar turadi. Davlat va jamoat muassasalarining mansabdor yoki javobgar shaxslari o’zlarinikini emas, balki jamoat mablag’larini sarflaydilar. Ishlab chiqaruvchini tanlashda ular, eng avvalo, ishonchlilik, qonunga rioya qilishlik, shuningdek, shaxsiy aloqalari sharoitlaridan kelib chiqib yo’l tutadilar. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling