20-jadval. Tovarning har xil hayotiy davri fazasida marketing taktikasi
|
Bozorga chiqish bosqichi
|
O’sish bosqichi
|
Yetuklik bosqichi
|
Chiqish bosqichi
|
Tovar
|
Asosiy
|
Nomenklaturasini kengaytirish
|
Yangi tovarlarni bozorga kiritish
|
Bozordan chiqish
|
Baho
|
Past, aksincha yuqori
|
Narx oldingi fazadagiga nisbatan baland, yoinki uning yuqori darajasiga mos keladi
|
Chegirma va narxga nisbatan texnik harakatlar
|
Talab holatiga mos keladi
|
Sotish
|
Tovar tarqatish chegaralangan, bir segmentda kontsentratsiyalangan
|
Sotishni tez kengaytirish, yangi segment-larni topish
|
Intensiv sotish
|
Tovarni tanlab tarqatish
|
Tovarni bozorga siljitish
|
Ancha harakat talab etiladi
|
Mumkin qadar maksimal harakat
|
Foydaga mos ravishda harakatning kuchsizlanishi
|
Tovarni bozordan chiqarish
|
Servis
|
Nazorat, mumkin qadar markazlashtirilgan nazorat
|
Nazorat, mumkin qadar markazlashti-rilmagan nazorat
|
Servis markazi tomonidan olib boiladigan nazorat
|
Tovarni sotish uchun yangi imkoniyatlar yaratish maqsadida servisdan foydalanish
|
16.3. Yangi tovar ishlab chiqarish strategiyasi
Korxonaning raqobatchilari, texnologiya jarayonlari va iste'molchilarning didida bo’ladigan o’zgarishlar faqat mavjud tovarlar bilangina faoliyat yuritish etarli emasligidan dalolatdir. Iste'molchilar yangi va takomillashgan mahsulotlarni xohlaydilar va kutadilar. O’z navbatida raqobatchilar ham xaridorlarni shunday yangi tovarlar bilan ta'minlashga jon-jahdi bilan harakat qiladilar. Shu sababli ham, har qanday firma yoki korxonaning yangi tovarlar yaratish bo’yicha o’z dasturi bo’lmog’i kerak.
Korxona yangilikni ikki xil usul bilan qo’lga kiritishi mumkin. Birinchidan, yangi korxonani butunlay yoki begona korxonaning tovarini ishlab chiqarishga ruxsat beradigan patent va litsenziyalarni, nou-xaularni sotib olish yo’li bilan. Ikkinchidan, o’z korxonasida tadqiqot va ishlab chiqarish bo’limlarini tashkil etib, shular orqali ishlab chiqarishni amalga oshirish yo’li bilan.
Yangi tovar - mahsulot, g’oya va xizmatlarning ma'lum bir potentsial iste'molchilar tomonidan "yangi" deb qabul qilinishidir. Mahsulot yangiligining bir necha bosqichlarini ko’rsatish mumkin (31-chizma).
Do'stlaringiz bilan baham: |