Modifikatsiya qilingan tovar - tovarning iste'mol xossalariga ijobiy o’zgartirishlar kiritib, ishlab chiqarilgan varianti.
Motivlashtirish - bu ruhiy omil bo’lib, shaxs faoliyatining manbai, sababi, dalili va har xil extimollaridir. U xodimlarni jonli mehnat faoliyatiga rag’batlantiruvchi kuchli vositadir.
Moslashtirilgan tovar - tovarning aniq iste'molchilar talabistaklari va xususiyatlari, konkret iste'mol sharoitlariga moslashtirilgan varianti.
Muvaqqat narx - ayrim tovarlarga ma'lum vaqt oralig’ida amal qiladigan narx.
Muomala xarajatlari - mollarni sotish bilan vujudga keladigan savdo tashkilotlarining chiqimlari. Sof muomala xarajatlari (sotuvchilar, kassirlar, buxgalterhisobchilar, reklama xarajatlari) va yangi qiymat hosil qiluvchi qo’shimcha muommala xarajatlari (tashish, ishlash, saqlash, tortish, joylash).
Mo’'tadil (optimal) talab - qondirish imkoniyatlariga mos, ma'qul talab.
Muhtojlik - kishining o’z hayoti va faoliyatida biror narsa etishmayotgani, zarur bo’layotganini his qilish; biror narsaga zaruriyat.
Do'stlaringiz bilan baham: |