Yetakchi orqasidan yurish strategiyasi. Narxlarning bozor darajasi bozorda harakat qilayotgan yirik korxonalarning soni va ularning narx strategiyasiga ham bog’liq bo’ladi. Bunday sharoitda kichik korxonalar narx jihatidan etakchi bo’lgan korxonalarning ta'sirida bo’ladi. Demak, bu erda korxona narxlashtirishning etakchi orqasidan yurish strategiyasini qo’llashi foydadan holi emas. Albatta, etakchi vaziyatni egallab turgan korxona maqsadga muvofiq narx belgilashga harakat qiladi.
"Qaymog’ini olish" strategiyasi. Agar korxona marketing imkoniyatlaridan samarali foydalanib, yangi tovarining noyob, yagona xususiyatlarga ega ekanligini ajratib ko’rsata olsa, shuningdek, tovar sotishning va ishlatishning yaxshirok seriyasini ta'minlasa, unda bu korxona raqobatchilarga nisbatan narx belgilashda ma'lum erkinliklarga ega bo’ladi. Natijada, korxona o’z tovarlariga yuqori darajadagi narxni belgilaydi. Bu strategiya, ko’pchilik holda, korxona yangi tovar ishlab chiqarish va bu tovarni bozorga kiritish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarini iloji boricha tezroq qoplash zarur bo’lgan hollarda qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |