Qisqa muddatga xizmat qiladigan tovarlar - bir zumda yoki juda qisqa vaqt ichida iste'mol qilinadigan tovarlar.
Qondirilgan talab - ma'lum davrda tovarlar sotib olish uchun mo’ljallangan mablag’ni sarf qilib, kerakli tovarlarning sotib olinishi.
Qondirilmagan talab - iste'molchi talabistaklariga mos keladigan tovar tanlab olish imkoniyati bo’lmasligi tufayli olishga mo’ljallangan mablag’ning sarf bo’lmay qolishi.
Qondirilgan ehtiyoj - ehtiyojning ma'lum paytda uni qondiradigan narsalar bilan haqiqatan ta'minlangan qismi.
Quvvatlantiruvchi marketing - talabning pasayishini to’xtatish maqsadida qo’llash vaziyatlarni saqlab qolish uchun tegishli choralarni amalga oshirish.
Quvvatlangan tovar - real, aniq tovarni ishlatish uchun zarur bo’ladigan yana boshqa tovarlar, ehtiyot qismlar, xizmatlar bilan birgalikdagi ko’rinishi.
Haddan ortiq talab - mavjud sharoitda bunday talabni to’la qondirish imkoniyatlari bo’lmaydi.
Haqiqiy taklif - ma'lum paytda bozorda haqiqatan bor tovarlar, ularning turlari va hajmi.
Do'stlaringiz bilan baham: |