Shaxsiy iste'mol - alohida kishi, oila shaxsiy ehtiyojini qondirish jarayoni.
Shaxsiy talab - alohida odamlar, oilalar talabi.
Shaxsiy ehtiyoj - alohida kishilar shaxsiy hayoti va faoliyati uchun kerak bo’ladigan narsalarga bo’lgan ehtiyoj.
Ekkaunting - biznesning moliyaviy axborotlarni yig’ish, qayta ishlash, turlarga ajratish, tahlil etish va rasmiylashtirish bilan bog’liq sohasi.
Ekspert baholash - yuqori malakali mutaxassislar (ekspertlar) tomonidan marketing omillarini yoki tadbirlarini bevosita baholash.
Eksport marketingi - tashqi bozorga mo’ljallangan marketing.
Ehtiyoj - muhtojlikning kishi shaxsiy va madaniy darajasiga xos ko’rinishi, ularga mos tarzda ro’yobga chiqish shakli.
Yumshoq narx - xaridorning savdolashish qobiliyatiga bog’liq tarzda uzilkesil aniqlanadigan narx.
Yangi tovar - biror bozorda birinchi marta taklif qilinadigan tovar.
Yarmarka - belgilangan muddatlarga bir joyda muntazam to’planadigan bozor; yarmarka ishtirokchilariga o’zlari ishlab chiqargan mahsulotlar namunalarini ko’rsatishga imkoniyat yaratish, savdo bitimlari tuzish maqsadlarida yangi yutuqlar va texnik kamolotni namoyish qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |