Shakllanayotgan talab - biror narsaga bo’lgan ehtiyoj konkret darajaga, talabga aylana borish va talabning rivojlanib borish bosqichi.
Shakllangan talab - ma'lum tovarga ehtiyoj konkret, aniq bo’lib, talabning o’sib barqaror darajaga etishi.
Shakllanmagan talab - biror narsaga bo’lgan ehtiyoj hali abstrakt darajada bo’lib, uni qanday tovar va tovar turi bilan qondirish aniq emas.
Shaxsan tanlab olinadigan tovarlar - tovarning turlari, variantlari ko’p bo’lib, har bir xaridor didi, istaklari, tasavvuriga mos keladigan turi, variantini tanlab, sotib olishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |