Ўзбекистон Республика Президенти Ш. М. Мирзиёевнинг 2020 йил 13 май куни ўтказган видеоселектор йиғилишида кўтарилган масалаларга
Sirdaryoda evakuatsiya markazidagi hayot
Download 0.93 Mb.
|
муносабат
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buxoro viloyatida joriy yilning 27-aprel kuni sodir boʻlgan tabiiy ofat natijasida shahar va tumanlarda 41 ming 927 ta bino va inshootlar talofat koʻrgan, deb maʼlumot bermoqda viloyat shtabi.
Sirdaryoda evakuatsiya markazidagi hayot
«Gazeta.uz» muxbiri Nikita Makarenko Sirdaryodagi tabiiy ofat hududidan evakuatsiya qilinganlar joylashtirilgan markazlardan biri — Mirzaobod tumanidagi 3-bolalar bog‘chasiga tashrif buyurdi. Aholi sharoitdan mamnun, biroq tezroq o‘z uylariga qaytishni xohlashmoqda. 3 may 2020, 22:59 Media Jamiyat 1 may kuni Sirdaryo viloyatida Sardoba suv ombori to‘g‘oni o‘pirilishi natijasida suv ostida qolgan hududlardan o‘n minglab fuqarolar xavfsiz joylarga evakuatsiya qilindi. Hozircha suv qaytgani yo‘q va odamlar maktablar, kollejlar, litsey va bolalar bog‘chalariga vaqtincha yashab turibdi. Birinchi kuni evakuatsiya qilinganlar xususiy xonadonlarga ham joylashtirildi va aholi ularni mamnunlik bilan o‘z uylariga qabul qildi. Hozirga kelib barcha evakuatsiya qilinganlar uyushgan holda maxsus ajratilgan markazlarga joylashtirilgan. O‘zbekiston FVV matbuot xizmatining «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, viloyatda zaxira dala lagerini barpo etish ishlari yakuniga yetmoqda. «Gazeta.uz» muxbiri Nikita Makarenko ofat hududidan evakuatsiya qilinganlar joylashtirilgan markazlardan biri — Mirzaobod tumanidagi 3-bolalar bog‘chasiga tashrif buyurdi. Ayni shu vaqtda bolalar bog‘chasi, IIV va prokuratura xodimlari insonparvarlik yordami — kiyimlarni saralash bilan mashg‘ul ekan. Ushbu kiyim-kechaklar mahalliy aholi va toshkentliklar tomonidan taqdim etilgan. Kiyimlar shu qadar ko‘p ekanki, evakuatsiya qilinganlar o‘zlariga ma’qullarini tanlab olgach, qolganlari Yoshlar ittifoqi ko‘ngillilari tomonidan boshqa markazlarga olib ketildi. Bolalar bog‘chasi xodimlarining ma’lum qilishicha, bu yerda barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Hokimiyat tomonidan issiq ovqat tashkillashtirilgan. Ayni vaqtda bog‘chada 24 nafar evakuatsiya qilingan bola ham bor. Katta yoshlilar muxbir bilan suhbatda deyarli hech narsaga ehtiyoj sezmayotganlarini ma’lum qildi. Ular sharoitlardan mamnun, biroq tezroq uylariga qaytishni xohlashmoqda. Odamlarni eng ko‘p mol-mulklari va kelajaklari tashvishga solmoqda. Bolalar bog‘chasida vaqtida muxbir mahalliy aholidan tarkib topgan ko‘ngillilarning tashrifiga guvoh bo‘ldi. Ko‘ngillilarga profilaktika inspektori hamrohlik qilmoqda. Ular bolalar uchun o‘yinchoqlar va tagliklar tarqatishdi. Sirdaryo viloyatiga mamlakatning turli hududlaridan insonparvarlik yordamlari kelishda davom etmoqda. «Toshkent-Guliston» avtoyo‘lida oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va mebel ortilgan yuk mashinalari karvoniga ko‘rish mumkin. Buxorodagi talofat 141,6 milliard soʻmni tashkil etadi Buxoro viloyatida joriy yilning 27-aprel kuni sodir boʻlgan tabiiy ofat natijasida shahar va tumanlarda 41 ming 927 ta bino va inshootlar talofat koʻrgan, deb maʼlumot bermoqda viloyat shtabi. Shundan 41 ming 85 tasi aholi xonadonlari, 842 tasi ijtimoiy soha obyektlariga turli xil darajada zarar yetgan. Mutaxassislarning hisob-kitobiga koʻra, koʻrilgan zarar 141,6 milliard soʻm etib belgilanmoqda. Ayni kunda 24 ming 322 ta aholi xonadoni, 326 ta umumtaʼlim, 160 ta maktabgacha taʼlim, 81 ta sogʻliqni saqlash va 88 ta boshqa muassasalarda taʼmirlash-tiklash ishlari yakunlandi. Viloyatning barcha hududlariga shu vaqtga qadar 825 ming 492 dona shifer, 414 ming 906 kv.metr profnastil, 3 ming 700 kv metr oyna, 4 ming 249 metr kub yogʻoch-taxta, 185 tonna sement, 45 ming dona gʻisht, 1 ming 600 kilo mix yetkazib berilgan. Aholi turar joylari va ijtimoiy soha obyektlariga yetkazilgan zararni bartaraf etishda jami 32 ming 530 nafar quruvchilar jalb qilingan. Shuningdek, Mudofaa vazirligidan 240 nafar (32 birlik maxsus texnika), viloyat Favqulodda vaziyatlar vazirligidan 245 nafar (54 birlik maxsus texnika), Ichki Ishlar vazirligidan 79 nafar (18 birlik maxsus texnika), Milliy gvardiyadan 250 nafar (18 birlik maxsus texnika) shaxsiy tarkib amaliy yordam koʻrsatmoqda. Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tomonidan 16 ta bekatlar toʻliq taʼmirlandi. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling