Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


Madaniyat va sivilizatsiya. Ularning tipologiyasi va rivojlanish qonuniyatlari


Download 0.86 Mb.
bet88/102
Sana08.05.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1443649
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   102
Bog'liq
falsafa o`quv qo`llamna.

Madaniyat va sivilizatsiya. Ularning tipologiyasi va rivojlanish qonuniyatlari.
Jahon madaniyatining kelib chiqish tarixiga nazar tashlasak, antik davrdan boshlab, jamoatchilik madaniyatni nafaqat bilim va ko‘nikma balki insoniyat amaliy harakatining natijasi sifatida qabul qila boshlagan. Masalan, mashhur faylasuf va notiq Sitseron “ong, tafakkur, madaniyat” haqida to‘xtaladi. Uning fikricha, ongga, tafakkurga xuddi yerga bo‘lgani kabi ishlov berish lozim. Ana shunday tafakkurga ishlov bera olgan, ma'naviy qobiliyatlarini rivojlantira olgan insongina – madaniyatning asosiy mohiyati bo‘lib hisoblanadi21.
Demokrit ham madaniyat negizini aynan inson yaratgan, deya izohlaydi. Uning fikricha, inson tabiatga taqlid qilish va uni o‘ziga bo‘ysundirish jarayonida madaniy qadriyatlarni yaratib boradi.
A. Toynbi esa fazo vaqt bilan bog‘lanmaydigan ijtimoiy madaniy tuzilma sifatida konkret jamiyatni tavsiflash uchun sivilizatsiya tushunchasidan foydalanadi.
Xo‘sh, sivilizatsiyaning o‘zi nima?
Sivilizatsiya umumbashariy falsafiy tushunchalardan biri hisoblanib, “madaniyat”, “ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya”, “jami-yat” tushunchalariga yaqin tursa ham aynan bir xil ma'noni anglat-maydi. Insoniyat taraqqiyotida sivilizatsiya (lot. “civilis” – “fuqa-rolik, davlatga doir”) atamasi turli xil ma'nolarda qo‘llaniladi. Birinchidan, insoniyat rivojlanishida sinflar va davlatning vujudga kelishi, urbanizatsiya va yozuv paydo bo‘lishi bilan tavsif-lanadigan tarixiy bosqich.
Mazkur talqinga ko‘ra, “sivilizatsiya” atamasi “jamiyat” tushunchasi bilan qisman mos keladi va jamiyat hayotini tashkil etishning ijtimiy shaklini tabiiy vujudga kelgan urug‘doshlik shakllariga qarama-qarshi qo‘yishga xizmat qiladi. Bugungi kundagi adabiyotlarda “sivilizatsiya” atamasi o‘zining varvarlikka qarama-qarshi sifatidagi dastlabki ma'nosini saqlab kelmoqda.
Ikkinchidan, barcha madaniyatlar yaxlitligining tavsifi, ularning umuminsoniy birligi sifatida (“jahon sivilizatsiyasi”, “ma'rifatli hayot tarzi” va h.k.) namoyon bo‘ladi.
Uchinchidan, “moddiy madaniyat” atamasining sinonimi sifati-da: qulay narsa, texnika yaratadigan qulaylik (turar joy, ro‘zg‘or texnikasi, transport va aloqa, xizmatlar ko‘rsatish va x.k.)ni ifodalaydi.
To‘rtinchidan, tarixiy jarayon birligining tavsifi sifatida xarakterlanadi. Bu tushuncha ijtimoiy boylik rivojlanishi muno-sabati bilan tarixning muayyan bosqichlariga qiyosiy baho berish mezoni bo‘lib xizmat qiladi. Ayni paytda jamiyatning rivojlanishi “ma'rifatlilik”, “sivilizatsiya rivojlanishining quyi bosqichi”, “sivilizatsiyaning umumiy darajasi”, “sivilizatsiyaning oraliq bos-qichlari” tushunchalari bilan tavsiflanadi. Ammo sivilizatsiyaning mazkur talqini to‘liq bo‘lmay, uning rivojlanish darajasi yoki bosqichini aniqlash imkonini beradigan mezon yo‘q.
Ammo tarixchi va faylasuf Ibn Xaldun (1332-1406) o‘z davrida birinchi bo‘lib, sivilizatsiyalarning vujudga kelishi, rivojlanishi va tanazzuli to‘g‘risida ilmiy asoslangan g‘oyalarni ilgari suradi. Jumladan, madaniyatlar va davlatlarning paydo bo‘lishi, yashashi va inqirozi muayyan tarixiy qonuniyat ekanligini, unga tabiiy geografik va iqtisodiy omillar, turmush tarzi va dunyoqarashlar jiddiy ta'sir ko‘rsatish mumkinligini aytadi.
Sivilizatsiya” tushunchasini XVIII asr o‘rtalarida shotland tarixchisi va faylasuf A.Fergyusson (1723-1816) jahon tarixiy jarayonining ma'lum bir bosqichini ifodalash uchun qo‘llagan bo‘lsa, fransuz ma'rifatparvarlari esa, aql-idrok va adolatga asoslangan jamiyat ma'nosida ishlatganlar.
Sivilizatsiya taraqqiyotininng mezoni esa ijtimoiy farovon-lik g‘oyasi sifatida turli xil ko‘rinishlarda ilgari surilgan. Nemis faylasufi I.Kant sivilizatsiya va madaniyat o‘rtasida farq mavjud-ligini qayd etgan. Yana bir nemis faylasufi O.Shpengler esa sivi-lizatsiyani madaniyatning rivojlanishidagi bir bosqich sifatida tavsiflab, bu farqni mutlaqlashtirgan. Uning (keyinchalik, P.Sorokin, A.Toynbi va boshqa mutafakkirlarning) konsepsiyasida sivilizatsiya madaniyatning zavol topish bosqichi hamda madaniyatda mujassamlashgan tabiiy-hayotiy asosni siqib chiqaradigan element-lar saltanati sifatida tavsiflanadi.
“Sivilizatsiya” tushunchasiga yondashishda XIX asr boshlarigacha uch xil qarash mavjud edi. Ular quyidagilar:
Sivilizatsiya – insoniyatning yagona, yaxlit progressiv rivojlanish ideali;
sivilizatsiya – insoniyatning yagona, yaxlit progressiv rivojlanishining bir bosqichi;
lokal-tarixiy sivilizatsiya yaxlitligi, etnoslarning yoki tari-xiy, ijtimoiy uyushmalarining noyob va betakrorligini e'tirof etish.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling