Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


Sivilizatsiyaning asosiy belgilari quyidagilar


Download 0.86 Mb.
bet93/102
Sana08.05.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1443649
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   102
Bog'liq
falsafa o`quv qo`llamna.

Sivilizatsiyaning asosiy belgilari quyidagilar:
murakkab mehnat taqsimoti;
davlatning mavjudligi;
bozor iqtisodiyoti;
rivojlangan madaniyatning mavjudligi.
Shunday qilib, jamiyatning muhim xususiyatlari ijtimoiy hayotni tashkil etishning keng ko‘lamli shakli sanalgan siviliza-siyaga asoslanadi. Sivilizatsiyalar zamon va makonda o‘ta barqaror bo‘ladi, individlar va ijtimoiy guruhlarning aloqalarini tartib-ga soladigan va jamiyatning moddiy asoslarini ham, ma'naviy asos-larini ham belgilaydigan umumiy normalarga asoslanadi. Ular madaniyat va ijtimoiy munosabatlarning umumiy shakllarini yara-tib, jamiyat hayotining tizim tashkil etadigan muhim asosi sifatida xizmat qiladi.
Sivilizatsiyaga erishish, shubhasiz madaniyatning biron-bir da-rajasiga erishish, madaniyat esa, o‘z navbatida, insoniyatning sivili-zatsiyaga erishganlik ko‘rsatkichidir. Madaniyat va sivilizatsiya ele-mentlari insoniyat tarixining juda uzoq davrlariga borib taqa-ladi: insoniyat yovvoyilikka qarshi madaniyatni, varvarlikka qarshi sivilizatsiyani yaratdi. Yovvoyilik va varvarlik bir ma'noli tushun-chalar emas, balki instinktiv ravishda faollik ko‘rsatishdir; var-varlik – mavjud ijtimoiy tartib, me'yor, qoida, qonun va axloqni tan olmaslik, yovuzlik, bosqinchilik va tajovuzkorlik ifodasidir.
Insoniyat madaniyat vositasida yovvoyilikka qarshi kurashmay turib, odamlarda fuqarolik hissini, davlat qonunlari, ijtimoiy tartiblarga hurmat hissini shakllantira olmas, vahshiylikning har qanday ko‘rinishlariga qarshi kurasha olmas edi. Shu bois madaniyat sivilizatsiyaga nisbatan ilgariroq vujudga kelgan. Xalqlar yuksak madaniyatga erishmay turib, o‘ziga xos sivilizatsiya yarata olmas edilar. yer yuzidagi jamiki xalqlar, katta-kichikligidan qat'i-nazar o‘ziga xos madaniyatga egadir. Lekin barcha xalqlar ham sivilizatsiyaga erishgan emaslar.
yevropada ma'rifatparvarlik davrida madaniyat va siviliza-siyaning “tanqidi” (Jan Jak Russo) vujudga keldi. Bunda madaniy millatlarning buzilganligi va axloqiy tubanlashganligiga taraqqiyotning patriarxal bosqichida bo‘lgan xalqlar axloqining soddaligi va sofligi qarshi qo‘yildi. Nemis faylasuflari bu ziddiyatli holatdan chiqishning yo‘lini “ruh” doirasidan, axloqiy (I.Kant), estetik (Shiller, romantiklar) yoki falsafiy (G.Gegel) ong doirasidan qidirdilar. Ular bu ong sohalarini haqiqiy madaniyat va inson taraqqiyotining omillari, deb bildilar.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling