Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


Download 0.86 Mb.
bet94/102
Sana08.05.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1443649
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   102
Bog'liq
falsafa o`quv qo`llamna.

XIX asr oxirlaridan boshlab “lokal sivilizatsiya” (O.Shpengler) degan qarash vujudga keldi. Bunday qarash siviliza-siyani muayyan jamiyat taraqqiyotining so‘nggi bosqichi sifatida olib qaradi. Ya'ni, nemis olimi O.Shpengler o‘zining “yevropa quyoshining so‘nishi” (1918-1922 y.y.) asarida sivilizatsiyani inqirozga yuz tutgan, o‘lib va yemirilib borayotgan madaniyat sifatida ta'riflaydi. Uning fikricha, madaniyat jonli organizm bo‘lib, shaxs ijodiy qobi-liyati va individualligini to‘la namoyon etadi, san'at va adabiyot-ning rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Sivilizatsiya esa, texnika va hissiz aql hukmronlik qilar ekan, bu narsa badiiy ijodga imkon bermaydi, insonni hissiz mahluqqa aylantirib qo‘yadi.
Sivilizatsiya” so‘zi o‘zining ko‘p qirraligi sababli unga ehtiyotkorona munosabatni yuzaga chiqardi. Chindan ham bu tushuncha madaniyat tushunchasining sinonimi tarzida ham, unga qarshi turadi-gan bir yo‘nalish sifatida ham talqin etiladi.
Madaniyat” – sivilizatsiyaning muhim bir elementidir. Adabiyotlarda sivilizatsiyaga sof moddiy hodisa deb qarash hollari ham uchraydi. Moddiy taraqqiyot o‘sa borishi bilan kishilarning faoliyat sohalarida o‘ziga xos o‘xshashliklar va ma'lum qulayliklar paydo bo‘ladi va ular to‘planib “sivilizatsiya”ni tashkil etadi.
Sivilizatsiya va madaniyat o‘rtasida o‘zaro aloqadorlik, shuning-dek, ular o‘rtasida tafovut va ziddiyatlar bo‘lishi ham mumkin. Sivilizatsiya va madaniyat ayni bir vaqtda vujudga kelishi mumkin. Biroq ular bir tekis rivojlanmaydi. Sivilizatsiya rivojalangan bo‘lishi, lekin madaniyat qoloq ahvolda qolishi mumkin va aksincha. Ko‘pgina davlatlar taraqqiyoti shundan guvohlik beradi. Masalan, Qadimgi Rim o‘zining gullab-yashnagan davrida o‘ta rivojlangan sivilizatsiyaga ega edi, ammo unda madaniyat kam taraqqiy etgan edi. Chunki uning san'ati va falsafasi ma'lum bir hayotiy dunyoqarashdan ildiz otib chiqmagan edi, mavjudlari esa biron bir dunyoqarashning ta'sirida rivojlangan edi. Xristian dini vujudga kelishi bilan dastlabki davrlarda u sivilizatsiyaga biror narsa bera olmadi, ammo u dunyoga yuqori darajali madaniyat berdi. Bu madaniyat xristianlik dunyoqarashidan kelib chiqqan edi. Rimlik aql-idrok egalarining faoliyat tarzi moddiylik talablariga bo‘ysungan edi. Demak, Qadim-gi Rim taraqqiy etgan sivilizatsiyaga misol bo‘la oladi. Keyinchalik Rimda sivilizatsiya va madaniyat uyg‘unlashdi, ya'ni xristianlik tufayli Rim ham sivilizatsiyaga, ham madaniyatga erishdi. Biroq sivilizatsiya madaniyatga bo‘ysundirilgan, madaniyatga bo‘lgan e'tibor kuchaygan edi. Jahon taraqqiyotining hozirgi bosqichida sivilizatsiya va madaniyatning o‘zaro munosabatiga bo‘lgan turlicha qarash va konsepsiyalar mavjddir. yevropa mamlakatlarida asosan jamiyatning moddiy tomoniga e'tibor kuchaytirilib, madaniyatni sivilizatsiyaga bo‘ysun-dirishga harakat qilinyapti.
Insoniyatning tafakkur tarixidan yaxshi ma'lumki, taraqqiyot-ning ayrim davrlarida falsafa, madaniyat, ma'naviyat birlamchi, ustuvor o‘rinni egallagan. Materialistik dunyoqarashning chinakam sivilizatsiyaning yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan davrlari ham bo‘lgan. Lekin shuni alohida ta'kidlash joizki, madaniyat va sivilizatsiya tushunchalarining o‘zagi bir xil emas, din ruhiyat, ma'naviy kamolot, ilohiyot bilan bog‘langan, sivilizatsiya esa insoniyatning mehnati, yaratuvchan faoliyati asosida vujudga kelgan ijtimoiy jarayondir.
Demak, sivilizatsiya va madaniyat turlicha tushunchalar va katego-riyalarga asoslanadi. Insoniyat tafakkurining turli bosqichlarida madaniyat va sivilizatsiyani birlashtirish yo‘lida ko‘p harakatlar bo‘lgan. Sivilizatsiya va madaniyatni bir-biri bilan bog‘lash, qo‘shishga bo‘lgan urinish hinduizm va zardushtiylik dinlarida ham bo‘lgan. Lekin bu ikki sohani ayniylashtirish va bir xil hodisa deb qarash yaramaydi. Chunki sivilizatsiya va madaniyat bir-biridan o‘z mohiyati va tuzilishi jihatidan keskin farq qiladi.
Sivilizatsiya tabiiy va ijtimoiy-madaniy uyushmalarning yaxlitligi, xalq bunyodkorlik faoliyatining mahsuli hisoblanadi. Bunda shu xalqning madaniyati, an'analari, udumlarining o‘ziga xos xususiyatlari, yashash joylarining geografik va iqlim sharoitlari o‘z ifodasini topadi. Sivilizatsiya – millatlararo totuvlik, iqtiso-diy aloqalar birligi (xo‘jalik munosabatlari), tabiiy-geografik sharoitlar, madaniy va antropologik tomonlarni o‘z ichiga oladi. Ayniqsa, bunda milliy til va madaniyat benihoya ahamiyatlidir. Chun-ki har qanday sivilizatsiyaning mohiyati va mazmuni ana shu tushuncha va belgilarga bog‘liqdir. Lekin har qanday sivilizatsiya o‘zaro aloqa-dorlik, o‘zaro ta'sir asosida shakllanadi. Har qanday sivilizatsiya o‘zining shakllanishida boshqa sivilizatsiyalarning yutuqlari va imkoniyatlaridan iloji boricha keng foydalanadi, ularni o‘ziga singdirishga harakat qiladi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling