Ўзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Atrof tabiiy muhitning ifloslanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qasddan yashirish yoki buzib ko‘rsatish jinoyati uchun javobgarlik


Download 247.5 Kb.
bet2/4
Sana04.11.2023
Hajmi247.5 Kb.
#1747337
1   2   3   4
Bog'liq
Ekologiya sohasidagi jinoyatlar

2.1 Atrof tabiiy muhitning ifloslanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qasddan yashirish yoki buzib ko‘rsatish jinoyati uchun javobgarlik
(O‘zR JK 194-moddasi)
Jinoyatning bevosita ob’ekti – xo‘jalik yurituvchi komplekslarning tegishli tarmoqlarida ekologik xavfsizlikni ta’minlashdan kelib chiqadigan ijtimoiy munosabatlar hamda atrof muhit, o‘simlik va hayvonot dunyosidir. Fakultativ bevosita ob’ekt – inson hayoti va sog‘lig‘i hisoblanadi.
Jinoyatning ob’ektiv tomoni zararli ekologik oqibatlarni keltirib chiqargan avariyalar va atrof tabiiy muhitning boshqacha tarzda ifloslanganligi haqidagi ma’lumotlarning qasddan yashirilishi va buzib taqdim etilishi natijasida atrof muhitga, inson sog‘lig‘i va hayotiga hamda hayvonot va o‘simlik dunyosiga zarar va shikast etkazishda ifodalanadi. Bunday qilmishlar harakat yoki harakatsizlik oqibatida sodir etilishi mumkin.
Jinoyatni tugallangan deb topish uchun, ma’lumotlarni yashirish yoki buzib taqdim etish natijasida sharhlanayotgan moddaning dispozitsiyasida ko‘rsatilgan oqibatlar – aholining ommaviy kasallanishi, hayvonlar, parrandalar yoki baliqlarning qirilib ketishi yoki boshqacha og‘ir oqibatlar kelib chiqqan bo‘lishi kerak. Boshqa hollarda ma’muriy javobgarlik yuzaga keladi.
Sub’ektiv tomondan jinoyat to‘g‘ri yoki egri qasddan sodir etiladi. Aybdor shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglaydi, uning ijtimoiy xavfli oqibatlariga ko‘zi etadi va ularning yuz berishini istaydi va ongli ravishda ularning yuz berishiga yo‘l qo‘yadi. Bunday ma’lumotlarni ehtiyotsizlikdan taqdim etmaslik yoki ularni buzib taqdim etish jinoyat tarkibini hosil qilmaydi.
Jinoyatning sub’ekti o‘n sakkiz yoshga to‘lgan, yuqorida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni taqdim etishga maxsus vakolatli bo‘lgan shaxs bo‘lishi mumkin. Bunday shaxslarga rahbarlar, ularning o‘rinbosarlari, bosh muhandislar, atrof muhitni muhofaza qilish inspektorlari hamda atrof muhitning ehtimol tutilgan ifloslanishi bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar xavfsizligiga mas’ul bo‘lgan, bunday ma’lumotlarni mustaqil ravishda taqdim etish huquqiga ega korxona xodimlari kiradi.
Agar JK 194-moddasi 1-qismi dispozitsiyasida ko‘rsatilgan harakatlar natijasida bitta odam o‘lsa ham, sharhlanayotgan moddaning 2-qismi bo‘yicha javobgarlik yuzaga keladi.
Jinoyatning bevosita ob’ekti suv ob’ektlarini muhofaza qilishni tegishlicha ta’minlash, normal ekologik muhit, suv resurslari va boshqa ichimlik suvi manbalaridan oqilona foydalanish bo‘yicha normal faoliyatni ta’minlash, shuningdek, suv va suv omborlaridan atrof tabiiy muhitning tabiiy va ajralmas qismi sifatida samarali va tartibli foydalanish bo‘yicha munosabatlar hisoblanadi.
Er usti yoki er osti suvlari va suv havzalari, shuningdek, ichimlik suvi manbalari jinoyat predmeti hisoblanadi. «Er usti suvlari», «er osti suvlari», «yagona davlat suv fondi» tushunchalari haqida JK 196-modda tahliliga qarang.
Ob’ektiv tomondan jinoyat suv yoki suv havzalaridan foydalanish shartlarini buzish og‘ir oqibatlarga sabab bo‘llgan harakatlarni sodir qilishda ifodalanadi.
Tahlil qilinayotgan modda dispozitsiyasi blanket xususiyatga ega.
Mazkur jinoyat tarkibi – moddiy tarkibli bo‘lib, og‘ir oqibatlarning kelib chiqishini ko‘zda tutadi. Jinoyat suv va suv havzalaridan foydalanish shartlari buzilishi natijasida og‘ir oqibat kelib chiqqan vaqtdan boshlab tugallangan hisoblanadi.
Ekologiya sohasidagi og‘ir oqibatlar tushunchasi ko‘rib chiqilgan avvalgi moddalar, o‘zaro o‘xshashdir.
Sub’ektiv tomondan jinoyat aybning egri qasd shaklida namoyon bo‘lganda, shaxs suv va suv havzalaridan foydalanishga oid tegishli qodalarni buzayotganligini anglaydi, og‘ir oqibatlar kelib chiqishini oldindan ko‘ra oladi va ularning kelib chiqishiga ongli ravishda yo‘l qo‘yadi, yoxud ehtiyotsizlik shaklida namoyon bo‘lganda, shaxs og‘ir oqibatlarning kelib chiqishini oldindan ko‘ra oladi va ongli ravishda ehtiyot choralarini ko‘rmasdan, bunday oqibatlar kelib chiqmasligiga hech bir asossiz ishonadi, yoki bunday oqibatlar kelib chiqishi mumkinligini oldindan ko‘rishi lozim va mumkin bo‘lgan holatda, ularni oldindan ko‘ra olmaydi.
Jinoyatning sub’ekti o‘n olti yoshga to‘lgan har qanday shaxs bo‘lishi mumkin. Ushbu jinoyat uchun mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari jinoyatlar majmui bo‘yicha mansabga sovuqqonlik bilan qarash (JK 207-moddasi) yoxud hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish (JK 205-moddasi) bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Jinoyatning bevosita ob’ekti – er, suv va atmosfera havosini ifloslanishdan muhofaza qilishni ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy munosabatlar. Jinoyatning qo‘shimcha bevosita ob’ekti inson hayoti va sog‘lig‘ini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar.
Tahlil qilinayotgan moddaning predmeti, er, suv va atmosfera havosi bo‘lishi mumkin. (er – O‘zbekiston Respublikasining yagona er fondiga kiruvchi er uchastkasining har qanday turi; er usti (daryo, ko‘l, suv omborlari) yoki er osti suvlari, muzlik hamda ichimlik suvi ta’minoti manbalari; atmosfera, havo, uning tabiiy xossalari.)
Jinoyatning ob’ektiv tomondan jinoyat er, suv yoki atmosfera havosining buzilishi, ifloslanishi va tabiiy xususiyatlarining boshqacha tarzda o‘zgarishidan iborat harakat yoki harakatsizlik, jinoiy oqibat, harakat bilan kelib chiqqan oqibat o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishda ifodalanadi.
Jinoyat ko‘rsatilgan har qanday oqibat (inson sog‘ligiga zarar etkazish, shuningdek, inson o‘limi, hayvonlar, parrandalar yoki baliqlarning qirilib ketishi yoki boshqacha og‘ir oqibatlar) yuzaga kelgan vaqtdan boshlab tugallangan hisoblanadi.
Sub’ektiv tomondan jinoyat qasddan sodir etiladi va shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglaydi, ularning yuz berishiga yo‘l qo‘yadi va bunga beparvo holatda munosabatda bo‘ladi. Kelib chiqqan oqibatlarga qarab aybdor shaxs harakatlarida ehtiyotsizlik bo‘lishi mumkin.
Jinoyat sub’ekti o‘n olti yoshga to‘lgan, normativ-huquqiy hujjatlar bilan atrof muhitga zararli moddalarni tashlash yoki statsionar va ko‘chma manbalar, inshootlar va boshqa ob’ektlardan, shu jumladan transport vositalaridan foydalanish ustidan nazorat qilish vazifasi yuklatilgan shaxs hisoblanadi.
Tahlil qilinayotgan moddaning 2-qismi inson o‘limi ko‘rinishidagi ijtimoiy xavfli oqibat kelib chiqishini nazarda tutadi.
Jinoyat bevosita ob’ekti inson hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilishni, farovon tabiiy muhitni ta’minlashni o‘z ichiga oluvchi ekologik xavfsizlik muhofazasi manfaatlari hisoblanadi.
Kimyoviy va biologik moddalar, mineral o‘g‘itlar va preparatlar jinoyat predmeti bo‘lishi mumkin.
Ob’ektiv tomondan jinoyat o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari, mineral o‘g‘it, o‘sish biostimulyatori yoki boshqa kimyoviy dorilarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish odamlarning ommaviy kasallanishi, hayvonlar, parrandalar yoki baliqlarning qirilib ketishi yoxud boshqacha og‘ir oqibatlarning kelib chiqishida ifodalanadi.
Ushbu modda dispozitsiyasi blanketli bo‘lib, qonunning har bir alohida buzilgan hollarida zararli kimyoviy moddalar bilan muomalada bo‘lishning qaysi qoidasi buzilganligini aniqlash zarur bo‘ladi.
JK 201-moddasi 1-qismining dispozitsiyasida sanab o‘tilgan oqibatlardan loaqal bittasi ro‘y bergan paytdan e’tiboran jinoyat tugallangan hisoblanadi.
Jinoyatning sub’ektiv tomoni aybning egri qasd yoki ehtiyotsizlik shaklida sodir etiladi. Jinoyat sub’ekti har qanday o‘n olti yoshga to‘lgan aqli raso shaxs, shu jumladan zararli kimyoviy moddalar bilan ishlash uchun mas’ul mansabdor shaxslar (korxona, laboratoriya, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi bo‘yicha rahbarlar va hokazolar) bo‘lishi mumkin.
JK 201-moddasining 2-qismi odam o‘lishi tarzidagi og‘ir oqibatni nazarda tutadi, shu sababli og‘irroq javobgarlikni keltirib chiqaradi.

Download 247.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling