Mavzu: Ekologiya sohasidagi jinoyatlar
Download 44.25 Kb.
|
Ekologiya sohasidagi jinoyatlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Ekologiya xavfsizligiga oid normalar va talablarni buzish jinoyati uchun javobgarlik (O’zR JK 193-moddasi) Tahlil qilinayotgan moddaning bevosita obyekti
Mavzu:Ekologiya sohasidagi jinoyatlar. Reja: 1. Ekologiya xavfsizligiga oid normalar va talablarni buzish jinoyati uchun javobgarlik. 2. Atrof tabiiy muhitning ifloslanganligi to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik bilan bog’liq jinoyatlarning tushunchasi va yuridik tahlili 3. Yer, yer osti boyliklaridan foydalanish shartlarini yoki ularni muhofaza qilish talablarini buzish jinoyatining yuridik tahlili. 4.Ekinzor, o’rmon yoki boshqa dov-daraxtlarga shikast yetkazish yoki ularni nobud qilish jinoyatining yuridik tahlili 5. O’simliklar kasalliklari yoki zararkunandalari bilan kurash talablarini buzish jinoyati uchun javobgarlik. 6. Veterinariya yoki zootexnika qoidalarini buzishjinoyatining yuridik tahlili 7, Zararli kimyoviy moddalar bilan muomalada bo’lish qoidalarini buzish uchun javobgarlik. 8. Hayvonot yoki o’simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish jinoyatining yuridik tahlili. 1.Ekologiya xavfsizligiga oid normalar va talablarni buzish jinoyati uchun javobgarlik (O’zR JK 193-moddasi) Tahlil qilinayotgan moddaning bevosita obyekti tabiatdan oqilona foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilish yo’li bilan xo’jalik va boshqa faoliyat sohasidagi ekologik xavfsizlikni ta’minlash bo’yicha yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlardir. Atrof muhitning salbiy o’zgarishi, ekologik xavfsizlik norma va qoidalari buzilishidan kelib chiqqan inson sog’lig’i va hayotiga yetkazilgan zarar qo’shimcha obyekt bo’lishi mumkin. Atrof-tabiiy muhit – o’zaro aloqadorlikda bo’lgan tabiiy obyektlar (havo, sud, o’simlik va hayvonot dunyosi va h. k.) yig’indisi. Obyektiv tomondan jinoyat sanoat, energetika, transport, kommunal xizmat, agrosanoat, ilm-fan obyektlari yoki boshqa obyektlarni loyihalash, joylashtirish, qurish va ishga tushirib foydalanish normalari va qoidalarning buzilishida; davlat komissiyalarining a’zolari tomonidan bu obyektlarning normativ hujjatlarda belgilangan qoidalarni buzib qabul qilinishi insonning o’limi, odamlarning ommaviy ravishda kasallanishi, ekologiyaga salbiy ta’sir qiladigan darajada atrof muhitning o’zgarib ketishiga yoki boshqacha og’ir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo’lishida ifodalanadi. Jinoyat obyektiv tomoning zaruriy belgisi harakat bilan oqibat o’rtasidagi sababiy bog’lanishning mavjudligidir. Dispozisiyada sanab o’tilgan qilmishlar va kelib chiqqan oqibatlar o’rtasida sababiy bog’lanish ekologiya xavfsizligi normalari va talablari buzilishida aks etgan qilmish hamda kelib chiqqan oqibatlar o’rtasidagi qonuniyatli zaruriy bog’liqlik mavjudligini aniqlash qoidalari bo’yicha begilanishi lozim. Harakat bilan oqibat o’rtasida sababiy bog’lanish bo’lishi majburiydir va zararli oqibatlar atrof muhitni muhofaza qilish qoidalarini buzishdan kelib chiqqanligini (boshqa yoki qo’shimcha omillar orqali kelib chiqmaganligini) bildiradi. Ko’rsatib o’tilgan oqibatlar bilan harakat o’rtasidagi sababiy bog’lanish ekspert yoki tabiiy fanlar (geologiya, gidrometereologiya, atmosfera fizikasi va boshqa) sohadagi mutaxassislar xulosasi bo’yicha belgilanadi. Jinoyat ekologik xavfsizlik norma va qoidalarini buzishdan yuzaga kelgan oqibat kelib chiqqan vaqtdan boshlab tugallangan hisoblanadi. Download 44.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling