Mavzu: Ekologiya sohasidagi jinoyatlar


Download 44.25 Kb.
bet2/11
Sana18.02.2023
Hajmi44.25 Kb.
#1213482
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ekologiya sohasidagi jinoyatlar

Subyektiv tomondan jinoyat qasddan sodir etiladi. Shaxs ekologik xavfsizlik norma va qoidalarini buzayotganligini anglaydi, ijtimoiy xavfli oqibatlar kelib chiqishi mumkinligiga uning ko’zi yetadi, ularning yuz berishiga ongli ravishda yo’l qo’yadi va kelib chiqqan oqibatlarga beparvo munosabatda bo’ladi.


2.1 Atrof tabiiy muhitning ifloslanganligi to’g’risidagi ma’lumotlarni qasddan yashirish yoki buzib ko’rsatish jinoyati uchun javobgarlik
(O’zR JK 194-moddasi)
Jinoyatning bevosita obyekti – xo’jalik yurituvchi komplekslarning tegishli tarmoqlarida ekologik xavfsizlikni ta’minlashdan kelib chiqadigan ijtimoiy munosabatlar hamda atrof muhit, o’simlik va hayvonot dunyosidir. Fakultativ bevosita obyekt – inson hayoti va sog’lig’i hisoblanadi.
Jinoyatning obyektiv tomoni zararli ekologik oqibatlarni keltirib chiqargan avariyalar va atrof tabiiy muhitning boshqacha tarzda ifloslanganligi haqidagi ma’lumotlarning qasddan yashirilishi va buzib taqdim etilishi natijasida atrof muhitga, inson sog’lig’i va hayotiga hamda hayvonot va o’simlik dunyosiga zarar va shikast yetkazishda ifodalanadi. Bunday qilmishlar harakat yoki harakatsizlik oqibatida sodir etilishi mumkin.
Jinoyatni tugallangan deb topish uchun, ma’lumotlarni yashirish yoki buzib taqdim etish natijasida sharhlanayotgan moddaning dispozisiyasida ko’rsatilgan oqibatlar – aholining ommaviy kasallanishi, hayvonlar, parrandalar yoki baliqlarning qirilib ketishi yoki boshqacha og’ir oqibatlar kelib chiqqan bo’lishi kerak. Boshqa hollarda ma’muriy javobgarlik yuzaga keladi.
Subyektiv tomondan jinoyat to’g’ri yoki egri qasddan sodir etiladi. Aybdor shaxs o’z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglaydi, uning ijtimoiy xavfli oqibatlariga ko’zi yetadi va ularning yuz berishini istaydi va ongli ravishda ularning yuz berishiga yo’l qo’yadi. Bunday ma’lumotlarni ehtiyotsizlikdan taqdim etmaslik yoki ularni buzib taqdim etish jinoyat tarkibini hosil qilmaydi.

Download 44.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling