Mavzu: Ekologiya sohasidagi jinoyatlar


Sharhlanayotgan moddaning 2-qismida


Download 44.25 Kb.
bet4/11
Sana18.02.2023
Hajmi44.25 Kb.
#1213482
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ekologiya sohasidagi jinoyatlar

Sharhlanayotgan moddaning 2-qismida bir yoki undan ortiq shaxsning o’limi kelib chiqqanligi uchun javobgarlik belgilanadi.
2,3 Atrof tabiiy muhitni ifloslantirish jinoyatining yuridik tahlili.
(O’zR JK 196-moddasi)
Jinoyatning bevosita obyekti – yer, suv va atmosfera havosini ifloslanishdan muhofaza qilishni ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy munosabatlar. Jinoyatning qo’shimcha bevosita obyekti inson hayoti va sog’lig’ini ta’minlash bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy munosabatlar.
Tahlil qilinayotgan moddaning predmeti, yer, suv va atmosfera havosi bo’lishi mumkin. (yer – O’zbekiston Respublikasining yagona yer fondiga kiruvchi yer uchastkasining har qanday turi; yer usti (daryo, ko’l, suv omborlari) yoki yer osti suvlari, muzlik hamda ichimlik suvi ta’minoti manbalari; atmosfera, havo, uning tabiiy xossalari.)
Jinoyatning obyektiv tomondan jinoyat yer, suv yoki atmosfera havosining buzilishi, ifloslanishi va tabiiy xususiyatlarining boshqacha tarzda o’zgarishidan iborat harakat yoki harakatsizlik, jinoiy oqibat, harakat bilan kelib chiqqan oqibat o’rtasidagi sababiy bog’lanishda ifodalanadi.
Jinoyat ko’rsatilgan har qanday oqibat (inson sog’ligiga zarar yetkazish, shuningdek, inson o’limi, hayvonlar, parrandalar yoki baliqlarning qirilib ketishi yoki boshqacha og’ir oqibatlar) yuzaga kelgan vaqtdan boshlab tugallangan hisoblanadi.
Subyektiv tomondan jinoyat qasddan sodir etiladi va shaxs o’z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglaydi, ularning yuz berishiga yo’l qo’yadi va bunga beparvo holatda munosabatda bo’ladi. Kelib chiqqan oqibatlarga qarab aybdor shaxs harakatlarida ehtiyotsizlik bo’lishi mumkin.
Jinoyat subyekti o’n olti yoshga to’lgan, normativ-huquqiy hujjatlar bilan atrof muhitga zararli moddalarni tashlash yoki stasionar va ko’chma manbalar, inshootlar va boshqa obyektlardan, shu jumladan transport vositalaridan foydalanish ustidan nazorat qilish vazifasi yuklatilgan shaxs hisoblanadi.

Download 44.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling