Mavzu: Ekologiya sohasidagi jinoyatlar
Tahlil qilinayotgan moddaning 2-qismi
Download 44.25 Kb.
|
Ekologiya sohasidagi jinoyatlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- bevosita obyekti
- Subyektiv tomondan
Tahlil qilinayotgan moddaning 2-qismi inson o’limi ko’rinishidagi ijtimoiy xavfli oqibat kelib chiqishini nazarda tutadi.
3. Yer, yer osti boyliklaridan foydalanish shartlarini yoki ularni muhofaza qilish talablarini buzish jinoyatining yuridik tahlili. (O’zR JK 197-moddasi) Jinoyatning bevosita obyekti yer va yer osti boyliklaridan foydalanish va uni muhofaza qilishning belgilangan tartibi hisoblanadi. Jinoyatning predmeti yer bag’ri va yer qa’ri. Obyektiv tomondan jinoyat yer, yer osti boyliklaridan foydalanish shartlarini yoki ularni muhofaza qilish talablarini buzish natijasida og’ir oqibatlar kelib chiqishida namoyon bo’ladi. Jinoyat tahlil qilinayotgan modda dispozisiyasida ko’rsatilgan qilmishlarni sodir etish natijasida og’ir oqibatlar kelib chiqqan vaqtdan boshlab tugallangan hisoblanadi. Yer, yer osti boyliklaridan foydalanish shartlarini yoki ularni muhofaza qilish talablarini buzish natijasida kelib chiqqan og’ir oqibatlarga odamlarning kasallanishi, hayvonot va o’simliklarning qirilib ketishi, qishloq xo’jalik ekinlari unumdorligi pasayishi hamda xizmat sohasining yemirilishi, yerning ustki qismida bo’shliqlar hosil bo’lishi, foydali qazilmalar o’z qimmatli xususiyatini yo’qotganligi uchun ularni kavlab olish to’xtatilishiga olib kelgan atrof tabiiy muhitga zararli ta’sirini kiritish mumkin. Subyektiv tomondan jinoyat ham qasddan, ham ehtiyotsizlik orqasida sodir etilishi mumkin. Shaxs yer, yer osti boyliklaridan foydalanish shartlarini yoki ularni muhofaza qilish talablarini buzishning ijtimoiy xavfliligini anglaydi, uning ijtimoiy xavfli oqibatlarga olib kelishiga ko’zi yetadi va ularning yuz berishiga ongli ravishda yo’l qo’yadi yoki bunga beparvo munosabatda bo’ladi. Aybning ehtiyotsizlik shakli – yer, yer osti boyliklaridan foydalanish shartlarini yoki ularni muhofaza qilish talablarini buzgan shaxs og’ir oqibatlar kelib chiqishi mumkinligiga ko’zi yeta turib, ehtiyotkorlik chora-tadbirlariga ongli ravishda rioya etmagan holda, bunday oqibatlar kelib chiqmasligiga asossiz ravishda umid qilganlikda yoki og’ir oqibatlar kelib chiqishi mumkinligiga ko’zi yetmasa-da, lekin ko’zi yetishi lozim va mumkin bo’lganligida ifodalanadi. Jinoyat subyekti – o’n olti yoshga to’lgan, yer, yer osti boyliklaridan foydalanish bo’yicha xo’jalik va boshqa faoliyatni amalga oshiruvchi shaxs. Download 44.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling