Њзбекистон республикаси адлия вазирлиги


IX bob. VORISLIK hUqUqI 1-§. Sivil vorisligi


Download 0.53 Mb.
bet145/154
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#227455
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   154
Bog'liq
Рим-лотин 2010 shomuhamedov

IX bob. VORISLIK hUqUqI

1-§. Sivil vorisligi


XII jadvaldayoq vorislik munosabatining: a) qonun bo’yicha va b) vasiyatnoma bo’yicha vorislik kabi ikki xil turi ko’rsatilgan.

“Jadvallarda agar kimdir vasiyatnoma qoldirmay vafot etsa, uning xo’jaligini eng yaqin vorisi (sunus heres) olsin”, deyilgan. Demak, agar vasiyatnoma qoldirilmagan bo’lsa, mulkka qonuniy voris ega bo’lgan. Agar marhum qoldirgan vasiyatnoma qonunga zid bo’lmasa, u so’zsiz bajarilishi kerak bo’lgan muqaddas hujjat sanalgan. Agar vasiyatnoma ham, marhumning yaqin vorislari ham qolmagan bo’lsa, u vaqtda mulk yaqin qarindoshlar o’rtasida taqsimlangan. Jadvalda yana ikki holat ko’rsatilgan: 1) vorislar marhumning barcha qarzlarini ham zimmalariga oladilar; 2) marhumga nisbatan paydo bo’lgan barcha talablarni ham vorislar (merosxo’rlar) barobar o’zaro taqsim qiladilar.

Qadim zamonlardan to respublika davrigacha meros qoldiruvchi xalq yig’ini (komitsiy) oldida o’z istagini izhor etish odati davom etgan. Urush vaqtida esa bu ish harbiy saf oldida ijro etilgan.

Imperator huquqiga binoan, vasiyatnoma yetti kishining guvohligida tuzilishi lozim bo’lgan, meros qoldiruvchidan keyin guvohlarning hammasi yoki ular nomidan bittasi imzo chekkan. Ayol kishi guvohlikka o’ta olmagan. So’ngra bu hujjatga muhr bosilgan. Hujjatga merosxo’rning nomini meros qoldiruvchining o’zi yozishi talab qilingan. O’z-o’zidan ma’lumki, ruhiy bemorlar, balog’atga yetmaganlar, ko’r, kar va soqovlar guvohlikka o’tolmaganlar. Imperator Adrianning buyrug’iga binoan, agar imzo chekkan guvohlarning birortasi keyinchalik qullika tushib qolsa ham, uning imzosi o’z kuchini yo’qotmagan.

XII jadvaldan ma’lum bo’lishicha, meros janjallari tez-tez uchrab turadigan xol bo’lgan. Merosning ko’p yoki kamligi, kimgadir noo’rin belgilanganligi, vasiyatnomaning noto’g’ri joylari borligi va boshqalar haqida nizolar bo’lib turgan.


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling