9-§. Paktlar va kvazikontraktlar
Paktlar. Adolat va insoflilikni himoya qilishda, pretorlarning tashabbuskorligini ta’minlashda paktlarning ahamiyati katta bo’lgan.
“Paktum” atamasi bilan Rim yuristlari norasmiy bo’lgani uchun dastavval da’vo bildirish orqali himoyaga ega bo’lmagan majburiyatlarni ataganlar. Ularning kelib chiqishini XII jadval qonunlari bilan bog’laydilar. Keyinchalik pretorlar ham paktlarni himoya qila boshlaganlar, chunki ular adolatga asoslanganlar. Ularning alohida, maxsus predmetlari bo’lmagan, ular shartnomalarni aniqlash, shartnomaga qo’shimcha hujjat, dalil uchun qo’llanilgan.
Pretor: “mazmunida “dalyus-malyus”i bo’lmagan, qonunga xilof bo’lmagan, xalq majlislari, dekretlar, ediktlarni buzmaydigan paktlarni men himoya qilaman”, – deb yozgan. Paktga ekssepsiya yo’li bilan murojaat etilgan va uni pretor ham, sudya ham rad etolmaganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |