Њзбекистон республикаси адлия вазирлиги
-§. Interdikt turlari va da’vo muddati
Download 0.53 Mb.
|
Рим-лотин 2010 shomuhamedov
12-§. Interdikt turlari va da’vo muddatiOdat bo’lgan da’vo orqali sud ishini olib boorish bilan bir qatorda interdikt jarayoni ham mavjud bo’lgan, bunda sud magistrati har bir ish bo’yicha fuqarolar ya’ni tomonlar uchun oliy hukumronlik vakolatiga ega bo’lgan va ularning nizolari bo’yicha buyruq chiqargan. Qadimdan interdiktlar pretor tomonidan da’voni ko’rib chiqish jarayonida chiqarilgan. Shuning uchun ham ular qat’iy bo’lgan va shtraflar bilan sanktsiyalangan hamda bajarilgan. Interdikt jarayoni pretorning ma’muriy hukumronligini aks ettirgan klassik davrda pretorning interdikti, interdikt jarayonini boshlash haqidagi buyruq sifatida ko’rilgan. Bu esa o’z navbatida sud jarayoniga olib kelib, yurisdiktsiyaga asos bo’lishi mumkin bo’lgan. Bu akt, tomonlarning xohishiga ko’ra, sud magistrati nizoni tezroq hal qilishiga qaratilgan. Interdikt talabi odatda bir tarafdan qo’yilgan, ammo ba’zan ikki taraf ham interdikt talab qilishi mumkin bo’lgan. Shu bois interdiktlar “oddiy” yoki “ikki tomonlama” xillarga bo’lingan. Mazmuni jihatidan ularni “taqiqlovchi” yoki “qayta tiklovchi” deb ataganlar. Agar interdikt asosi sudda tasdiqlansa, unga qarshilik ko’rsatgan taraf jarima to’lagan, agar tasdiqlanmasa, interdikt talab qilgan tomon roziligi bilan ish sudsiz bitgan.
Fuqarolik protsessida ham vaqt alohida ahamiyat kasb etgan. Masalan, huquqiy munosabat tarafdorlarining voyaga yetish darajalarini belgilashda ularning tug’ilgan yillari va kunlari aniq hisobga olingan hamda 25 yoshga to’lgan taqdirdagina, ular voyaga yetgan hisoblanganlar. Agar hech qanday uzrli sabab bo’lmasa, vaqt uzluksiz deb hisobga olingan. Agar kasallik, davlatning biror yerga jo’natishi, asir tushish kabi sabablar bo’lsa, ushbu vaqtni hisobga olishda inobatga olinishi mumkin bo’lgan, ya’ni muddat uzaytirilgan. Rim sivil huquqida “da’vo qo’zg’atish muddati” tushunchasi bo’lmagan. Ammo pretor va sud o’tib ketgan muddatini hisobga olganlar va da’vogarni harakat qilishga undaganlar. Shaxsiy va ashyoviy da’volar uchun da’vo muddati V asrdan boshlab joriy qilinadi. Yustinian davrida da’vo muddatlari barcha da’volarga nisbatan qo’llaniladi. 30 yil o’tganidan keyin da’vo muddatining o’tishi nazarda tutiladi. Pretor ediktlaridayoq ba’zi voqealar uchun da’vo muddatining cheklanganligini ko’ramiz (masalan, jarima solinadigan da’volar uchun). Bozor munosabatlari davrida vaqtga bo’lgan talab yana ham oshgan va ular respublikaning quyi magistratlari tomonidan tartibga solib turilgan. Oldi-sotdi shartnomalarini muhokama qilish chog’ida narsaning kamchiligi, sifati buzilganligi ma’lum bo’lgan taqdirda, kuril edillari bitimni bekor qilish va ashyolar pulini olti oy muddatda to’lash haqida qaror chiqarganlar, ashyoning xarid narxini kamaytirganlar. Bunday qarorlar chiqarish amaliyoti hozirgi kungacha davom etib kelmoqda. Yustinian qaroriga ko’ra, barcha da’volar 30 yildan so’ng bekor qilingan.
Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling