1. To’liq huquqiy layoqat egasi. To’liq huquqiy layoqat vujudga kelishi uchun uch narsa talab qilingan: ozod inson, Rim fuqaroligi va oila boshlig’i bo’lish. Ozod ota-onadan tug’ilgan kishi ozod hisoblangan. Keyinchalik, garchi otasi noma’lum bo’lsa ham, ozod onaning bolasi ozod hisoblanadigan bo’lgan. Agar homilador qul ozodlikka chiqsa, shundan keyin tug’ilgan bolasi ham ozod hisoblangan.
Rim huquqiga ko’ra, kishi tug’ilgan kundan boshlab huquqiy layoqatga ega hisoblangan. Ammo bolaning otasi vafot etib, u ona qornida qolsa va vorislik masalasi ko’tarilsa, qorindagi bola ham vorislar qatoriga kiritilgan. Balog’at yoshi erkaklar uchun – 25, ayollar uchun – 18 yosh hisoblangan.
Harbiy xi-zmatda bo’lish va siyosat bilan shug’ullanish uchun fuqaro ozod bo’lishi kerak bo’lgan. Paterfamilias – otaning oilada boshchiligi bo’lib, xususiy huquqiy ishlar bilan faqat ota shug’ullangan. Agar ota asirga tushib qolsa, vafot etsa yoki fuqarolik huquqidan mahrum etilsa, uning o’g’illari fateramilias huquqini olganlar.
Huquqiy layoqatni cheklashning uch turi mavjud bo’lgan:
a) kimki fuqarolik va ozodlikdan mahrum etilsa, deyarli barcha huquqlarini ham yo’qotgan;
b) kimki ozod qolib, faqat fuqarolikni yo’qotsa (masalan, Rimdan ko’chib ketsa), yarim huquqini yo’qotgan;
v) kimki o’z oilasidan boshqa oilaga o’tsa, huquqini eng kam darajada yo’qotgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |