Ўзбекистон республикаси ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги муҳаммад ал-хоразмий номидаги
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqZAMONAVIY O‟ZBEK FOTOGRAFIYA SAN‟ATIDA MAHORAT MASALASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- ТОШКЕНТ АХБОРОТ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ УНИВЕРСИТЕТИ ЎЗБЕКИСТОН РАДИОТЕХНИКА, ЭЛЕКТРОНИКА ВА АЛОҚА ИЛМИЙ-ТЕХНИКА ЖАМИЯТИ
- ИҚТИСОДИЁТНИНГ ТАРМОҚЛАРИНИ ИННОВАЦИОН РИВОЖЛАНИШИДА АХБОРОТ-КОММУНИКАЦИЯ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИНГ АҲАМИЯТИ Республика илмий-техник анжуманининг
- МАЪРУЗАЛАР ТЎПЛАМИ 1-қисм 1- часть СБОРНИК ДОКЛАДОВ Республиканской научно-технической конференции
- ZAMONAVIY O‟ZBEK FOTOGRAFIYA SAN‟ATIDA MAHORAT MASALASI
1 ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ АХБОРОТ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ ВА КОММУНИКАЦИЯЛАРИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ВАЗИРЛИГИ МУҲАММАД АЛ-ХОРАЗМИЙ НОМИДАГИ ТОШКЕНТ АХБОРОТ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ УНИВЕРСИТЕТИ ЎЗБЕКИСТОН РАДИОТЕХНИКА, ЭЛЕКТРОНИКА ВА АЛОҚА ИЛМИЙ-ТЕХНИКА ЖАМИЯТИ ИҚТИСОДИЁТНИНГ ТАРМОҚЛАРИНИ ИННОВАЦИОН РИВОЖЛАНИШИДА АХБОРОТ-КОММУНИКАЦИЯ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИНГ АҲАМИЯТИ Республика илмий-техник анжуманининг МАЪРУЗАЛАР ТЎПЛАМИ 1-қисм 1- часть СБОРНИК ДОКЛАДОВ Республиканской научно-технической конференции РОЛЬ ИНФОРМАЦИОННО-КОММУНИКАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ИННОВАЦИОННОМ РАЗВИТИИ ОТРАСЛЕЙ ЭКОНОМИКИ 14-15 март 2019 йил ТОШКЕНТ 2019 566 Голофоник жаранглаш турли ҳаѐтий соҳаларда чуқур назарий ва амалий иловаларни яратишда фойда беради, физиологияни тушуниш ва эшитиш паталогияларини аниқлаш, психиатрия, психология ва психотерапия соҳасида ютуқларга эришиш мумкин, оммавий ахборот воситаларида, тадбиркорликда, санъатда, диншуносликда, ва бошқа соҳаларда янгилик яратиш мумкин. Ноодатий эффектлар голофоник технологиялар мистик мактаблардаги анъанавий, маънавий фалсафада товушни янгича бахолаш имконини беради. Голофоник ѐзув ҳотирани ривожлантиришда, ўқитишни яхшилашда ва фикрлашни соғломлаштиришда образларни тўлиқ ҳис қилишга туртки бўлади. ZAMONAVIY O‟ZBEK FOTOGRAFIYA SAN‟ATIDA MAHORAT MASALASI A.B. Chorshanbiyev (assistent, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU) B.X. Rustamov (talaba, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU) Mamlakatimizda ijod ahliga keng sharoit va imkoniyatlar berilishi natijasida san‘atning tasviriy, amaliy, haykaltaroshlik, dizaynerlik yo‘nalishlari bilan birga fotografiya ham juda katta tezlik bilan ravnaq topib bormoqda. Fotografiya san‘at turi bo‗lib surat vositasi orqali yaratiladigan tasviriy san‘at turi deyishimiz mumkin. Badiiy madaniyat, foto san‘atida muhim rol o‗ynaydi. Shu bilan birgalikda, ilm-fan ham bunga misol bo‗la oladi va texnikaning ma‘lum yutuqlari zaminida yuzaga kelishi mumkin bo‗lgan texnikaviy san‘at tarixida dastlabki bo‗lgani bilan boshqa san‘at turlaridan ajralib turadi. Foto sanʼati - badiiy ijod turi, asarlari fotografiya (surat) vositalari asosida yaratiladigan tasviriy sanʼat turi. Badiiy madaniyatda Foto sanʼatining alohida oʻrin tutishi fan (fizika, kimyo, geografiya, optika) va texnikaning maʼlum yutuqlari asosida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan texnikaviy sanʼat tarixida dastlabkisi boʻlganligi bilan belgilanib turadi. XX-asr oʻrtalarida texnikaviy sanʼat turlari guruhi kinematografiya (kino sanʼati), televideniye, radio sanʼati, dizayn, haykaltaroshlik, va boshqa san‘at turlari bilan boyigan. Foto sanʼati ijodning keng soxasiga aylandi hamda uning tarkibida hujjatli Foto sanʼati, badiiy fotografiya va amaliy Foto sanʼati (plakat, kitob bezagi, reklama, fanda va boshqalar uchun) mustaqil koʻrinishlar sifatida shakllandi. Fotografiya ixtirochisi Lui Jak Dagger asli rassom boʻlib, uning dastlabki suratlari rangtasvirning anʼanaviy portret, manzara va natyurmort janrlari yoʻlida yaratildi. Ilk davr fotografiyasi ochiqdan-ochiq rangtasvir asarlariga taqlid qildi. XIX-asr tasviriy sanʼatidagi fotografiyada oʻzining ikkinchi nusxasiga ega edi. Badiiy fotografiya nomini olgan bu yoʻnalish asoschilari Foto sanʼati yuksak tasviriy madaniyatga erishishi, nafis sanʼatlar bilan uzviy bogʻlanishi uchun qariyb III asr davomida taniqli ijodkorlarning katta mehnat va izlanishlari singgan. Foto sanʼati tarixida E. Maybrij (AQSH) tomonidan turli koʻrish nuqtalaridan (har xil joylardan) bir necha kamerada suratga olingan suratlar muhim voqeaga sabab boʻldi. Bu yangilik tufayli XX-asr 1-choragida Foto sanʼatida real 567 borliqni yangicha talqin qilishga qiziqish ortdi. 2-jahon urushi davridagi reportajlar foto sanʼatining yangi rivojlanish bosqichi boʻldi desak adashmagan bo‘lamiz. Urush fotoyilnomasini yaratishda turli mamlakatlar sur‘atchilari katta hissalarini qo‘shdi. 1950-1980 yillar hujjatli fotosuratlari, jahonning eng yirik agentliklari tomonidan joʻnatilgan reportyorlarning sayohatda yaratgan janrli fotografiyalari rivoji bilan xarakterlanadi. Oʻzbekiston hududiga XIX-asrning 2-yarmida Yevropadan kelgan koʻplab fotosuratchilar va boshqa kasb egalari yurtimizni tengi yo‘q madaniy merosi, ayniqsa, ularni hayratga solgan mirobchilik (irrigatsiya) sanʼati, qishloq xoʻjaligi, nafis hunarmandchilik sanʼati va odamlarning yashash tarzi madaniyatini aks ettirgan va bu tasvirlarni hamma joylarga tarqatishgan. Dastlabki oʻzbek professional fotoustalaridan biri Xorazmlik Xudoybergan Devonov 1907— 1908 yillar Peterburgga borib bu kasbni mukammal, chuqur oʻrganib, o‘zi bilan birga oʻsha davrning eng zamonaviy fototexnikasini yurtimizga olib kelgan va juda koʻplab tarixiy, badiiy mahorat namunalari boʻlgan fotosuratlar yaratishga ulgurgan inson. Oʻzbekistonda haqiqiy foto sanʼatining rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan insonlardan biri bu M.Z.Pensondir. U XX-asrning 20-yillaridan to 50-yilgacha Oʻzbekistonning fotoyilnomasini yaratishga katta hissa qoʻshdi. Uning "Oʻzbek madonnasi", "Oʻgʻil savod chiqardi" va boshqa suratlari mashhur hisoblanadi. O‘zbek mahoratli fotoustalarining zamonaviy rivojlanish bosqichida yosh iste‘dodli yurtdoshlarimizning ishtiroki yuqori ahamiyat kasb etmoqda, ularning hayot tajribalari, zamondoshlari qalbini tushinishlari muhim ahamiyatga ega. Mamlakatimizda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov boshchiligida xalqimiz, ayniqsa yoshlarimiz ma‘naviyatini yuksaltirish, ularni milliy va umum insoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash, milliy san‘atni izchil ravnaq topishi ko‘rsatilayotgan yuksak e‘tibor natijasida o‘z samaralarini ko‘rsatmoqda. Shu jumladan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan turli xalqaro ko‘rgazmalar, fotobiennale(har 2 yilda 1 marta o‘tkaziladigan fotoko‘rgazma)lar san‘atning barcha turlari bilan bir qatorda foto san‘atini ham jadal rivojlanishida bu borada yig‘ilgan barcha ijobiy tajribalarni ommalashtirish, mustaqillik yillarida bu sohada erishilgan yutuqlarimizni xalqimizga, yoshlarimizga yaqindan tanishtirish uchun juda katta yordam berayabdi desak adashmagan bo‘lamiz. 568 Yurtimiz foto san‘ati sohasida boshqa davlatlar bilan hamkorlikning yanada kengaytirib borayotganligidan va mustahkamlanayotgani, yurtimiz fotografiya san‘ati va madaniyatiga doir xalqaro ko‘rgazmalar, ijodiy festivallar (―Hikmatlar olami‖, ―Ijodiy yangilanish va muloqotlar‖, ‖O‘zbekiston bahori‖) va anjumanlarning ko‘ngildagidek o‘tkazilayotgani buning yaqqol dalilidir. O‘zbek fotosur‘atlari jahon fototanlovlarida o‘rin egallay boshladi. 1999-yil YUNESKO fototanlovida o‘zbek fotosuratlari qatnashdi va Bryussel, Gaaga kabi shaharlarda urf-odatlar, an‘analar foto ko‘rgazmasi Yevropa bo‘ylab namoyish etildi. ―Mo‘tabar qariyalarimiz‖, ―Mahalla-men yashayotgan olam―, (2003-yil BMT bilan hamkorlikda), 2003-2004- yillarda foto rassomlar uchun an‘anaviy tarzda foto tanlovlar o‘tkazildi.Shu tariqa yurtimiz foto san‘ati yillar davomida rivojlanib keldi. 2003-yilga kelib O‘zbekiston butunjahon badiy fotografiya federatsiyasi (bosh qarorgohi bo‘lmish Lyuksemburgda)ga haqiqiy a‘zo sifatida qabul qilindi. Yurtimizda foto san‘atini rivojlantirishda ta‘niqli fotograf Sultonboy Dehqonov mamlakat boʻylab sayohat qilib, odamlarni, tabiat manzaralarini, milliy urf-odat va folklor ansambllarini sur‘atga olib kelmoqda. Oʻzbekiston mustaqilligining 25 yilligi arafasida, Toshkent fotosuratlar uyida suratchi Sultonboy Dehqonovning ―Yurt madhi‖ deb nomlangan shaxsiy fotokoʻrgazmasi bo‘lib o‘tdi . Sultonboy Dehqonov 2004 yilda Milliy universitetning jurnalistika fakultetini tugatib viloyat va respublika matbuotida oʻz fotosuratlarini chop eta boshlagan. 2008 yilda u Fotosuratlar uyi qoshidagi Maktab-studiyani yakunlagan va Respublika Fotosuratchilari ijodiy uyushmasiga aʼzo boʻlgan. Respublika miqyosida oʻtkazilgan konkurslarda uning ―Vatan mahalladan boshlanadi‖ nomli fotokonkursi Gran-pri mukofotini olgan. Keyinchalik Dehqonov yana 18 ta shaxsiy foto koʻrgazmalar oʻtkazib, bir necha yutuqlar sazovori boʻlgan. Suratchi mamalkat boʻylab sayohat qilib, odamlarni, tabiat manzaralarini, milliy urf-odat va folklor ansambllarini suratga olgan. Xulosa qilib aytganda rivojlanish davom etadi, chunki san‘at bir joyda to‘xtab turmaydi . Biz yurtimizda malak/ali fotoustalarini tayyorlash uchun yosh iste‘dodli yoshlarimizni yurtimizda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishi va amaliyotdagi ko‘nikmalarini oshirishda qo‘limizdan kelguncha imkoniyatlar yaratish kerak deb bilaman. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling