Ўзбекистон республикаси ахборот технологиялари ва коммуникацияларини


Download 59.11 Kb.
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi59.11 Kb.
#1598153
  1   2   3   4   5
Bog'liq
4-dedlayn


ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ АХБОРОТ


ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ ВА КОММУНИКАЦИЯЛАРИНИ
РИВОЖЛАНТИРИШ ВАЗИРЛИГИ
МУҲАММАД АЛ-ХОРАЗМИЙ НОМИДАГИ
ТОШКЕНТ АХБОРОТ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ УНИВЕРСИТЕТИ
ФАРҒОНА ФИЛИАЛИ
«КОМПЮТЕР ИНЖЕНЕРИНГИ» ФАКУЛТЕТИ
"ДАСТУРЛАШ" ФАНИДАН

Бажарди: 714-18 гуруҳ талабаси
Хабилов Икромжон
Қабул қилди: ____________________

ФАРҒОНА – 2019



Funksiya yordamida dasturlarni boyitish. Cheksiz takrorlanuvchi jarayonlarni dasturlash.
Reja:

  1. Funksiyalar haqida ma’lumot

  2. Parametrli va parametrsiz funksiyalar

  3. Qiymat qaytarmaydigan funksiyalar

  4. Funksiyaning prototipi va inline funksiyalar

  5. Rekursiya

  6. Cheksiz takrorlanuvchi jarayonlarni dasturlash

Funksiyalar haqida ma’lumot
Dastur tuzish jarayonida, uning turli joylarida ma’nosiga ko’ra bir xil, mustaqil xarakterga ega bo’lgan va echilayotgan asosiy masalaning biror qismini hal qilishni o’z bo’yniga olgan murakkab algoritmdan bir necha marotaba foydalanishga to’g’ri keladi. Masalan, matritsalarni ko’paytirish, matritsani vektorga ko’paytirish, chiziqsiz tenglamani echish, chiziqli algebraik tenglamalar sistemasini echish, faktorial hisoblash, yig’indi hisoblash va hokazo kabi masalalarni hal qilish algoritlari juda ham ko’p masalalarni echishning bosh algoritmlarida qayta-qayta, turli boshlang’ich ma’lumotlar bilan qatnashishi mumkin. Bunday hollarda, malakali dasturchi dastur matnini ixchamlashtirish, dasturning ishonchlilik darajasini oshirish, dasturni taxrirlash (otladka) ni tezlashtirish va dasturning umumiyligini (universalligini) ta’minlash uchun protsedura va funksiyalardan kengroq foydalanib, mukammal dastur yaratishga harakat qiladi.
Protsedura va funksiyalar mustaqil dasturli ob’ektlar hisoblanadi. Bu mustaqil dasturli ob’ektni dasturchi o’z hoxishiga va undan olinadigan natijalariga ko’ra protsedura yoki funksiya ko’rinishida aniqlashi mumkin. Odatda olinadigan natija yagona qiymatli bo’lsa funksiyadan, olinadigan natijalar soni bir nechta bo’lsa protseduradan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Protseduralar va funksiyalarni aniqlash asosiy funksiyadan oldin bajariladi. Protseduradan dasturda foydalanish uchun uning ismi va faktik parametrlar ro’yxati yoziladi. Shunda protsedura o’ziga belgilangan ishni bajarib, o’zining faktik parametrlari orqali asosiy dasturga o’z natijasini beradi.


()
{
;
}
Parametrli va parametrsiz funksiyalar
Yuqorida aytib o’tganimizdek, protsedura hisoblab bergan natijalar uning faktik parametrlari orqali asosiy dasturga uzatiladi. Lekin, ayrim paytlarda protsedura parametrsiz ham bo’lishi mumkin. Bu holda asosiy dasturning barcha parametrlari protsedura parametrlari rolini bajaradi. Parametrsiz protsedurada ham protseduraning barcha bo’limlari saqlanib qoladi, faqat parametrlar ro’yxatigina qatnashmaydi.
Protsedura bilan asosiy dasturni bog’laydigan asosiy faktor bu – protsedura parametrlaridir. Parametrlarni ikkita tipga ajratiladi: qiymatli parametrlar (parametr-qiymat), o’zgaruvchili parametrlar (para-metr - o’zgaruvchi).
Parametr - qiymat bu protsedurani ishlash jarayonini ta’minlovchi parametrlar hisoblanadi, ya’ni asosiy dastur qiymatlarini protseduraga uzatadigan parametrlardir.
Protseduraga murojaat qilishda formal va faktik parametrlarning tiplari o’zaro mos kelishi kerak, aks holda dastur xato tuzilgan hisoblanadi. Yuqoridagi dasturdan ko’rinib turibdiki, a va b formal parametrlar o’rniga natijaviy qiymatlari ma’lum ifodalar qo’yildi. Demak, qiymatli faktik parametrlar o’rniga, shu tipli natijaga erishuvchi ifoda yozilishi mumkin. Bundan tashqari, protsedurada kiritilgan a va b parametrlari faqat protseduraning ichidagina ma’noga ega, tashqarida, misol uchun asosiy dasturda ular tushunarsiz, qiymatlari aniqlanmagan miqdorlardir. Shuning uchun, qiymatli parametrlarga protsedura natijalarini o’zlashtirib, asosiy dasturga uzatib bo’lmaydi.
Parametr-o’zgaruvchini parametr-qiymatdan farq qilish uchun protsedurani aniqlashdagi parametrlar ro’yxatida o’zgaruvchi oldidan (&) belgisi qo’yiladi. Parametr - o’zgaruvchidan oldin albatta, uning tipi ko’rsatib qo’yiladi. Yuqorida aytganimizdek, formal parametr - qiymat o’rniga protseduraga murojaat vaqtida shu tipli ifoda yozish mumkin bo’lsa, parametr - o’zgaruvchi uchun bu hol mutlaqo mumkin emas.

Download 59.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling