Tayanch arifmetik amallarga qo’shish (+), ayirish (–), ko’paytirish (*), bo’lish (/) va bo’lish qoldig’ini olish (%) amallarini keltirish mumkin.
Amallar qaytaradigan qiymatlarni o’zlashtirish uchun qiymat berish amali (=) va uning turli modifikatsiyalari ishlatiladi: qo’shish, qiymat berish bilan (+=); ayirish, qiymat berish bilan (–=); ko’paytirish, qiymat berish bilan (*=); bo’lish, qiymat berish bilan (/=); bo’lish qoldig’ini olish, qiymat berish bilan (%=) va boshqalar. Bu holatlarning umumiy ko’rinishi:
=;
Ifoda tushunchasi. Mantiqiy amallar
C++ dasturlash tilida ifoda – amallar, operandlar va punktatsiya belgilarining ketma – ketligi bo’lib, kompilyator tomonidan berilganlar ustida ma’lum bir amallarni bajarishga ko’rsatma deb qabul qilinadi. Har qanday ‘;’ belgi bilan tugaydigan ifodaga til ko’rsatmasi deyiladi.
Dastur tuzish tajribasi shuni ko’rsatadiki, odatda qo’yiladigan masalani echishda biror holat ro’y bergan yoki yo’qligini ifodalash uchun 0 va 1 qiymat qabul qiluvchi bayroqlardan foydalaniladi. Bu maqsadda bir yoki unday ortiq baytli o’zgaruvchilardan foydalanish mumkin. Masalan, bool turidagi o’zgaruvchini shu maqsadda ishlatsa bo’ladi. Boshqa tomondan, bayroq sifatida baytning razryadlaridan foydalanish ham mumkin. Chunki razryadlar faqat ikkita qiymatni – 0 va 1 sonlarini qabul qiladi. Bir baytda 8 razryad bo’lgani uchun unda 8 ta bayroqni kodlash imkoniyati mavjud.
Faraz qiliylik, qo’riqlash tizimiga 5 ta xona ulangan va tizim taxtasida 5 ta chiroqcha (indikator) xonalar holatini bildiradi: xona qo’riqlash tizimi nazoratida ekanligini mos indikatorning yonib turishi (razryadning 1 qiymati) va xonani tizimga ulanmaganligini indikator o’chkanligi (razryadning 0 qiymati) bildiradi. Tizim qiymatini ifodalash uchun bir bayt etarli bo’ladi va uning kichik razryadidan boshlab beshtasini shu maqsadda ishlatish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |