Faylli oqimlar foydalanuvchi tomonidan dastur yordamida yaratilgan fayllar bilan ishlashdan hosil bo’ladi.
Kiritish va chiqarish operatorlari
C++ dasturlash tilida dastur tuzish davomida biz turli ko’rinishdagi ma’lumotlarni kiritish va chiqarish amallarni bajaramiz. Bu amallarni bajarish uchun biz kiritish/chiqarish oqimidan foydalanamiz. Bu oqimdagi operatorlar yordamida ma’lumotlarni kiritamiz va ekranga chiqaramiz. cout operatori yordamida ma’lumotlarni ekranga chiqaramiz. Bu operator bilan ishlashda ma’lumotlarni ekranga chiqarishda ikkita kichik “<<” belgisi, ya’ni “joylashtirish buyrug’i” ahamiyatga ega. Quyidagi misol ko’rib chiqaylik:
cout << “Hello, World”; // ekranga Hello, World so’zi chiqadi.
cout << 120; // ekranga 120 soni chiqadi.
cout << x; // ekranga x o’zgaruvchisining qiymati chiqadi.
Qo’shtirnoqning ichiga olingan, ya’ni sart shaklida berilgan ma’lumotlar ekranga chiqarilsa, u holda ma’lumotning o’zi, ya’ni qo’shtirnoqsiz holda ekranda gavdalanadi. Agar qandaydir so’z yoki ma’lumot qo’shtirnoqsiz yozilsa, u holda bu ma’lumot o’zgaruvchi sifatida qabul qilinib, ekranda uning qiymati gavdalanadi. Quyidagi misolni ko’rib chiqaylik:
cout << “Salom”; // ekranga Salom so’zi chiqadi.
cout << Salom; // ekranga Salom o’zgaruvchisining qiymati chiqadi.
Chiqarish buyrug’ida joylashtirish operatori bir va bir nechta bo’lishi mumkin:
cout << “Salom, ”<< “talabalar! ” << “Men C++ dasturlash tiliman.”;
Yuqoridagi dasturning parchasi bajarilga “Salom, talabalar! Men C++ dasturlash tiliman.” so’zi ekranda gavdalanadi.
Kiritish operatori cin deb nomlanadi. Kiritish operatori bilan ma’lumotlarni kiritish uchun, ikkita katta belgisi “>>”, ya’ni “kiritish buyrug’i” bizga yordam beradi. Quyidagi misolni ko’rib chiqaylik:
int a;
cin >> a;
Yuqorida keltirilgan keltirilgan dastur qismining birinchi qatorida a o’zgaruvchi butun sonli tipda e’lon qilinmoqda. Ikkinchi qatorda o’zgaruvchining qiymatini klaviatura yordamida kiritish ko’rsatilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |