Bir nechta ma’lumotlarni kiritishda kiritish operatoridan quyidagicha foydalanishimiz mumkin:
int a, b, c;
cin >> a;
cin >> b;
cin >> c;
Yuqorida keltirilgan misolda 3 ta kiritish operatoridan foydalanib 3 ta qiymat kiritish ko’rsatilgan. Kiritish operatorida bir va bir nechta kiritish buyrug’idan foydalanish mumkin. Bu chiqarish operatorida ko’rsatilganidek amalga oshiriladi. Masalan:
int a, b, c;
cin >> a >> b >> c;
Yuqorida keltirilgan dasturning qismida bir kiritish operatori yordamida 3 ta qiymat kiritish ko’rsatilgan. Bu qiymatlarni kiritish har bir qiymatni yozilganidan so’ng ENTER ( ba’zi klaviaturalardi RETURN deb nomlanadi) tugmasi chertiladi.
Kiritish va joylashtirish buyruqlari har bir tip uchun alohida–alohida iostream.h sarlavha faylida qayta yuklangan.
Nomlar fazosi
Ma’lumki, dasturga qo’shilgan sarlavha fayllarida e’lon qilingan identifikator va o’zgarmaslar kompilyator tomonidan yagona global nomlar fazosiga kiritiladi. Agar dastur ko’p miqdordaga sarlavha fayllarni ishlatsa va undagi identifikatorlar (funksiya nomlari va o’zgaruvchi nomlari, sinflar nomlari va hokazolar) va o’zgarmaslar nomlari turli dastur tuzuvchilar tomonidan mustaqil ravishda aniqlangan bo’lsa, bir xil nomlarni ishlatish bilan bog’liq muammolar yuzaga kelish ehtimoli katta bo’ladi. Nomlar fazosi tushunchasini kiritilishi mazkur muammoni ma’lum bir ma’noda hal qilishga yordam beradi. Agar dasturda yangi identifikatorni aniqlash kerak bo’lsa va xuddi shu nomni boshqa modullarda yoki kutubxonalarda ishlatilishi xavfi bo’ladigan bo’lsa, bu identifikatorlar uchun o’zining shaxsiy nomlar fazosini aniqlash mumkin. Bunga namespace kalit so’zidan foydalanilgan holda erishiladi:
namespace
{
// e’lonlar
}
Nomlar fazosi ichida e’lon qilingan identifikatorlar faqat ko’rinish sohasida bo’ladi va yuzaga kelishi mumkin bo’lgan kelishmovchiliklarning oldi olinadi. Misol tariqasida quyidagi nomlar fazosini yarataylik:
namespace shaxsiy_nomlar
{
int x,y
float z;
}
Do'stlaringiz bilan baham: |