Ajratgichlar guruhini quyidagi belgilar tashkil qiladi:
= . , : ; ( ) [ ] { } '
Ajratgichlarning vazifalarini tilni o’rganish davomida aniqlab boramiz.
3-jadval
|
Solishtirish amali belgisining С++da yozilishi
|
Amalning matematik ifodasi
|
Amalning ma’nosi
|
=
|
=
|
Teng
|
!=
|
|
Teng emas
|
<
|
<
|
Kichik
|
<=
|
|
Kichik yoki teng
|
>
|
>
|
Katta
|
>=
|
|
Katta yoki teng
|
Ismlar va identifikatorlar
Ma’lumki, ma’lumotlarning tahlili jarayonini ifodalovchi algoritm turli xil ob’ektlar (o’zgarmaslar, o’zgaruvchi miqdorlar, funksiyalar va hokazo) ustida ish olib boradi. Bu ob’ektlarga ularning vazifasi va qabul qiladigan qiymatlariga qarab maxsus ismlar beriladi. Shu ismlarni odatda, identifikatorlar deb ataladi. Identifikator deb harf yoki "_" belgisidan boshlanuvchi, harf, raqam va "_" belgisining ixtiyoriy ketma-ketligiga aytiladi:
=
Agar quyidagi oraliq tushunchani kiritsak:
=
Yuqoridagi aniqlashni quyidagicha ham yozish mumkin:
= {}.
Xizmatchi so’zlardan identifikator sifatida foydalanish mumkin emas. Odatda identifikator so’zining o’rniga qulayroq va qisqaroq qilib ism deyish mumkin. Dasturda qatnashuvchi ob’ektlarga ismlarni dastur tuzuvchi o’z ixtiyoriga ko’ra tanlab olishi mumkin. Bir xil ism bilan bir necha xil ob’ektlarni nomlash mutlaqo mumkin emas.
Ismlarga misollar:
_Burchak, _A1, Ahmad_Berdiev, C, Summa, Time, A, S1, …
Matematik standart funksiyalar
C++ dasturlash tilida matematik standart funksiyalarni ishlatish uchun dasturga alohida kutubxonani chaqirilib olinadi. Bu kutubxona math.h yoki cmath kalit so’zlari yordamida chaqiriladi. Bu matematik kutubxonada matematika fanida ishlatiladigan barcha funksiyalar berilgan. Quyida keltirilgan jadvalda ba’zi matematik funksiyalarni C++ dasturlash tilida yozilishi keltirilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |