Kompilyatorga konkret nomlar fazosidagi nomlarini ishlatish kerakligini ko’rsatish uchun ko’rinish sohasiga ruxsat berish amalidan foydalanish mumkin:
shaxsiy_nomlar::x=5;
Agar dastur matnida konkret nomlar fazosiga nisbatan ko’p murojaat qilinadigan bo’lsa using namespace qurilmasini ishlatish orqali yozuvni soddalashtirish mumkin:
using namespace ;
Yuqorida keltirilgan misoldagi nomlar fazosini ko’rsatish uchun quyidagi kodni yozishimiz kerak bo’ladi:
using namespace shaxsiy_nomlar;
:: amali – ko’rinish sohasiga ruxsat berish amali hisoblanadi.
Nomlar fazosi funksiyalar ichida e’lon qilinishi mumkin emas, lekin ular boshqa nomlar fazosi ichida e’lon qilinishi mumkin. Ichma – ich joylashgan nomlar fazosidagi identifikatorlarga murojaat qilish uchun uni qamrab olgan barcha nomlar fazosi nomlari ketma – ket ravishda ko’rsatilishi kerak. Misol uchun, quyidagi ko’rinishda nomlar fazosi e’lon qilingan bo’lsin.
namespace yuqori
{
namespace urta
{
namespace quyi
{
int ichki_uzgaruvchi;
}
}
}
ichki_uzgaruvchi o’zgaruvchisiga murojaat qo’yidagi tartibda amalga oshiriladi:
yuqori::urta::quyi::ichki_uzgaruvchi = 5;
Umuman olganda, o’z nomiga ega bo’lmagan nomlar fazosini e’lon qilish mumkin. Bu holda namespace kalit so’zidan keyin hech nima yozilmaydi. Misol sifatida quyidagini ko’rib chiqamiz:
namespace
{
char c_nomsiz;
int i_nomsiz;
float f_nomsiz;
string s_nomsiz;
}
Yuqorida keltirilgan nomlar fazosi elementlariga murojaat hech bir prefiks ishlatmasdan amalga oshiriladi. Nomsiz nomlar fazosi faqat o’zi e’lon qilingan fayl chegarasida amal qiladi.
Arifmetik amallar. Qiymat berish operatorlari
Berilganlarni qayta ishlash uchun C++ dasturlash tilida amallarning juda keng majmuasi aniqlangan. Amal – bu qandaydir harakat bo’lib, u bitta (unar) yoki ikkita (binar) operandlar ustida bajariladi, hisob natijasi uning qaytaruvchi qiymati hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |