Zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish


Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanish


Download 288.45 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana12.08.2023
Hajmi288.45 Kb.
#1666613
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-Mustaqil ish zamonaviy

Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanish 
Bozor muvozanati — bozordagi talab va taklifning miqdoran va tarkib 
jihatidan bir-biriga muvofiq kelishi. Bozor muvozanati bir lahzalik (oʻzgarmas 
taklifda), qisqa muddatli (tashkilot yoki firmalarning oʻzgarmas miqdori va ishlab 
chiqarish hajmining oʻzgarishi) va uzoq muddatli (iqtisodiy shartsharoit tashkilot, 
firmalar va mavjud talabning zamonaviy darajasiga muvofiq kelganda) boʻlishi 
mumkin. Talab va taklif uzoq vaqt bir-biridan ajralib qolsa, Bozor muvozanati 
buziladi. Umuman olganda Bozor muvozanati hamma tovarlarga nisbatan va uzok, 
vaqt boʻlishi mumkin. Ammo juzʼiy va ayrim tovarlarga nisbatan moslikning 
buzilishi muqarrar. Chunki ehtiyojning yuksalishi bilan yangi talab paydo boʻladi 
va u darhol qondirilmaydi. Bozor muvozanati ni taʼminlashning asosiy yoʻllari: 
tovar ishlab chiqarishni talab darajasiga yetkazish orqali bozorni toʻydirish; yetarli 
tovarlar zaxirasini barpo etish; talabgir tovarlar narxini oshirish, oʻtmay turgan 
tovarlar narxini pasaytirish; eksport va importning ortishi yoki kamayishi; aholi 
daromadlarining tovarlar va xizmatlar koʻpayishiga qarab ortib borishi; mehnat 
unumdorligining ish haqiga nisbatan tezroq oʻsishi. Bozor muvozanati maʼrifatli 
jamiyatda narxlar bilan bozorni tartibga solish orqali taʼminlanadi. 
Monopoliya atamasining kelib chiqishi bozorga oid tushunchalardan (yaʼni, 
yunoncha „monoc― — yagona, bitta va „poleo― — sotaman) tarkib topsada, uning 
iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi. Monopoliyani 
quyidagicha taʼriflash oʻrinli: monopoliya — monopol yuqori narxlarni oʻrnatish 
hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit 


makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalarning 
birlashmalari. Monopoliyalar vujudga kelishining moddiy asosi ishlab 
chiqarishning toʻplanishi hisoblanadi. Ishlab chiqarishning toʻplanishi ishlab 
chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik 
korxonalarda toʻplanishini namoyon etadi. 
Tabiiy monopoliya - bozorda muayyan tovarlar (ishlar, xizmatlar) turlariga boʻlgan 
talabni qondirishda raqobatli sharoitlarni yaratish texnologik xususiyatlarga koʻra 
mumkin boʻlmaydigan yoki iqtisodiy jihatdan maqbul boʻlmaydigan holat. Tabiiy 
monopoliyalar faoliyati ularning mamlakat iqtisodiyotida egallagan ahamiyatini 
hisobga olgan holda davlat tomonidan tartibga solinadi. Legal (qonuniy) 
monopoliya– bu qonuniy tarzda tashkil etiluvchi monopolistik holat. 
Monopoliyaga qarshi siyosat — davlatning monopoliyaga qarshi kurash siyosati. 
Dunyo tajribasiga koʻra, Monopoliyaga qarshi qonunchilik, asosan, quyidagi 
yoʻnalishlar boʻyicha shakllandi. Birinchidan, ishlab chiqarish (tarmoq)ni 
boshqaruvchi qonunlar. Bu qonunlarga binoan, odatda, hech bir korxona 
(korporatsiya)ning biror turdagi mahsulot ishlab chiqarishning yarmidan ortigʻini 
nazorat qilishga huquq berilmaydi. Ikkinchidan, barcha yirik korporatsiyalar 
ishtirokchilari boshqa korporatsiyalar aksiyalarining maʼlum cheklangan 
miqdoridan ortigʻiga ega boʻla olmasligi belgilab qoʻyiladi. Uchinchidan, narxlarni 
bozor muvozanati belgilagan darajadan yuqori yoki past turishini, narx ustidan 
kelishib olishni taqiqlovchi kartellarta karshi qonunlar joriy qilinadi. Davlatning 
monopoliyalarga qarshi siyosati milliy iqtisodiyotida raqobat oddindan shakllanib 
boʻlgan mamlakatlarda raqobatchilik muhitini takomillashtirishga, bozor 
iqtisodiyotiga oʻtayotgan mamlakatlarda esa bu muhitni shakllantirishga 
qaratilgan. Bozorda monopoliyani oʻrnatishga urinishlar va monopol mavqeni 
suiisteʼmol qilishni taqikdaydigan trestlarga qarshi birinchi qonun — Sherman 
qonuni AQShda 1890 yilda qabul qilingan. Monopoliyaga qarshi qonunchilikq. va 
uni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan choratadbirlar har bir mamlakatda sharoit 
taqozo etgan shakllarda amal qiladi. 
Tarif tizimi - mehnatning sifati va sharoiti, ishlab chiqarish tarmog‘ining xalq 
xo‘jaligidagi ahamiyati hamda korxonalarning territorial joylashuviga binoan 
ishchilarning ish haqini tartibga soluvchi normativlar majmuasidan iboratdir. 
Ishchilarga mehnatga ko‘ra haq to‘lashda qo‘llanadigan tarif tizimi – tarif malaka 
ma‘lumotnomasi, ta‘rif stavkalari va tarif setkalaridan tashkil topadi. Mehnatga 
haq to‘lashning tarif tizimi ish haqini rejalashtirish asosiy vositasi sifatida xalq 
xo‘jaligi birligini, ya‘ni jamiyat miqyosida teng mehnatga haq to‘lash prinsipi joriy 


etilishini, ish haqining asosiy qismini, ishning murakkabligi, og‘irligi, ish 
sharoitiga ko‘ra differintsiallash, mehnat unumdorligining o‘sishiga binoan ish 
haqini uzluksiz o‘sishini ta‘minlashi lozim. 

Download 288.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling