Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси


Download 345.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/19
Sana03.02.2023
Hajmi345.58 Kb.
#1149104
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
1-Маъруза матни

Axborot funksiyasi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxona 
faoliyati haqida o‘z vaqtida, ishonchli axborotga bo‘lgan ehtiyoj va unga bo‘lgan talab 
ham oshib bormoqda. 
Buxgalteriya hisobi turli xil iqtisodiy axborot iste’molchilari uchun asosiy 
axborot manbai hisoblanadi. Ular asosida boshqaruv va investitsion qarorlar qabul 
qilinadi. 
Buxgalteriya hisobida korxona mulki va ularning tashkil topish manbalaridagi 
o‘zgarishlar, ularning harakati, xo‘jalik jarayonlari va moliyaviy natijalar alohida va 
umumlashgan holda aks ettiriladi va boshlang‘ich hujjatlarda aks ettiriladi. 
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida buxgalteriya hisobining axboroti 




 

Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси
 
______________________________________________________________________ 
ishonchli, holisona, o‘z vaqtida, operativ, yuqori sifatli va iste’molchilar uchun 
samarali bo‘lish talabi qo‘yiladi. 
Buxgalteriya hisobi axborotining yakuniy natijasi korxonaning moliyaviy 
holatini ko‘rsatkichlarini yaxshilash hisoblanadi. 
Nazorat funksiyasi. Turli mulkchilik shaklidagi korxonalar, korxonalar 
huquqining kengayishi buxgalteriya hisobining nazorat funksiyasi kuchaytirish talab 
qilinadi. Buxgalteriya xodimlari turli xildagi resurslardan foydalanishni doimiy nazorat 
qilishi lozim. Nazorat – bu avvalom bor, biznes rejada belgilangan iqtisodiy 
ko‘rsatkichlarni bajarilishini aniqlash jarayoni hisoblanadi. 
Belgilangan rejadagi ko‘rsatkichlarni haqiqatda erishgan ko‘rsatkichlar bilan 
solishtirish natijasida kerakli tuzatishlar biznes rejaga kiritiladi. 
Mulkning butligini ta’minlash. Buxgalteriya hisobini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish 
mulkning butligini ta’minlash, turli xildagi yo‘qotishlar va talon-tarojlarning oldini 
olishga olib keladi. Buning uchun korxonada barcha shart-sharoitlarni yaratish lozim: 
omborxonalar, nazorat-o‘lchash asboblari, o‘lchash idishlari va boshqalar. 
Ushbu funksiyani amalga oshirishning asosiy omili bo‘lib, o‘z vaqtida va 
belgilangan tarbida inventarizatsiya o‘tkazish, ularning natijalarini buxgalteriya 
hisobda aks ettirish hisoblanadi. 

Download 345.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling