Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси
Download 345.58 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Маъруза матни
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat funksiyasi.
- Mulkning butligini ta’minlash
Axborot funksiyasi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxona
faoliyati haqida o‘z vaqtida, ishonchli axborotga bo‘lgan ehtiyoj va unga bo‘lgan talab ham oshib bormoqda. Buxgalteriya hisobi turli xil iqtisodiy axborot iste’molchilari uchun asosiy axborot manbai hisoblanadi. Ular asosida boshqaruv va investitsion qarorlar qabul qilinadi. Buxgalteriya hisobida korxona mulki va ularning tashkil topish manbalaridagi o‘zgarishlar, ularning harakati, xo‘jalik jarayonlari va moliyaviy natijalar alohida va umumlashgan holda aks ettiriladi va boshlang‘ich hujjatlarda aks ettiriladi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida buxgalteriya hisobining axboroti Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси ______________________________________________________________________ ishonchli, holisona, o‘z vaqtida, operativ, yuqori sifatli va iste’molchilar uchun samarali bo‘lish talabi qo‘yiladi. Buxgalteriya hisobi axborotining yakuniy natijasi korxonaning moliyaviy holatini ko‘rsatkichlarini yaxshilash hisoblanadi. Nazorat funksiyasi. Turli mulkchilik shaklidagi korxonalar, korxonalar huquqining kengayishi buxgalteriya hisobining nazorat funksiyasi kuchaytirish talab qilinadi. Buxgalteriya xodimlari turli xildagi resurslardan foydalanishni doimiy nazorat qilishi lozim. Nazorat – bu avvalom bor, biznes rejada belgilangan iqtisodiy ko‘rsatkichlarni bajarilishini aniqlash jarayoni hisoblanadi. Belgilangan rejadagi ko‘rsatkichlarni haqiqatda erishgan ko‘rsatkichlar bilan solishtirish natijasida kerakli tuzatishlar biznes rejaga kiritiladi. Mulkning butligini ta’minlash. Buxgalteriya hisobini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish mulkning butligini ta’minlash, turli xildagi yo‘qotishlar va talon-tarojlarning oldini olishga olib keladi. Buning uchun korxonada barcha shart-sharoitlarni yaratish lozim: omborxonalar, nazorat-o‘lchash asboblari, o‘lchash idishlari va boshqalar. Ushbu funksiyani amalga oshirishning asosiy omili bo‘lib, o‘z vaqtida va belgilangan tarbida inventarizatsiya o‘tkazish, ularning natijalarini buxgalteriya hisobda aks ettirish hisoblanadi. Download 345.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling