Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси


Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси


Download 345.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/19
Sana03.02.2023
Hajmi345.58 Kb.
#1149104
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
1-Маъруза матни

 

Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси
 
______________________________________________________________________ 
– ishonchlilik; 
– ehtiyotkorlik; 
– mazmunning shakldan uzunligi; 
– ko‘rsatkichlarning qiyosiyligi; 
– moliyaviy hisobotdagi betaraflik; 
– hisobot davrida daromadlar bilan harajatlarning muvofiqligi; 
– aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy bahosi; 
– tushunarlilik; 
– ahamiyatlilik; 
– jiddiylik; 
– haqqoniy va holis taqdim
– tugallanganlik; 
– izchillik; 
– o‘z vaqtida taqdim etish
Yuqoridagi tamoyillarga asoslanib yuritilgan buxgalteriya hisobi va tuzilgan 
moliyaviy hisobot barcha foydalanuvchilarning korxona moliyaviy xo‘jalik faoliyati 
haqida to‘liq, tushunarli ma’lumot olishni va tegishli xulosa chiqarishni ta’minlaydi 
 Hisoblash – daromadlar va harajatlar buxgalteriya hisobida e’tirof etiladi va 
kelgan davrda tushishi yoki paydo bo‘lishiga qarab (pul mablag‘larini olish yoki 
to‘lash asosida emas) moliyaviy hisobotlarda aks ettiriladi. 
Ikki yoqlama yozuv usulida hisob-kitobni yuritish – bitta operatsiya bo‘yicha 
bitta summaning o‘zi buxgalteriya hisobining ikkita hisobvaraqlarida - bittasining 
debetida va boshqasining kreditida aks ettiriladi. 
Uzluksizlik – xo‘jalik yurituvchi subyekt uzluksiz ishlaydigan, ya’ni 
belgilangan kelajakda ishlashni davom ettiradigan subyekt deb hisoblanadi. Uning o‘z 
faoliyatini tugatish yoki faoliyat ko‘lamini ancha qisqartirish niyati ham, zarurati ham 
yo‘q deb taxmin qilinadi. 
Xo‘jalik operatsiyalarini, aktivlar va passivlarni pul bilan baholash – barcha 
operatsiyalar va voqealar moliyaviy hisobotlardagi axborotlarni umumlashtirish 
maqsadida pul bilan baholanadi.
Ishonchlilik – axborot, unda jiddiy xatolar va taxminlar bo‘lmasa va unga 
foydalanuvchilar asoslanishsa, ishonchli bo‘ladi. 
Operatsiyalar yoki voqealarning ishonchliligi boshlang‘ich hisob-kitob hujjatlari 
bilan tasdiqlanishi kerak. 

Download 345.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling