Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси


 Buxgalteriya hisobining predmeti va metodi


Download 345.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/19
Sana03.02.2023
Hajmi345.58 Kb.
#1149104
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
1-Маъруза матни

2. Buxgalteriya hisobining predmeti va metodi 
 
Korxona, tashkilot va muassasalarda buxgalteriya hisobi xo‘jalik faoliyatini 
kuzatish, boshqarish hamda nazorat qilish maqsadida yuritiladi. Buning mazmunida 
ijtimoiy mahsulotni takror ishlab chiqarish yotadi.
Ishlab chiqarish sohasi (moddiy ishlab chiqarish sohasi)ga moddiy boyliklarni 
ishlab chiqaruvchi (sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish va boshqalar) hamda moddiy 
boyliklarni ishlab chiqaruvchilardan iste’molchilarga etkazib berish bilan band bo‘lgan 
(savdo va umumiy ovqatlanish) tarmoqlari kiradi. 
Buxgalteriya hisobi o‘z xususiyatlaridan kelib chiqqan holda metodlari asosida 
o‘z oldidagi vazifalarni to‘la–to‘kis yechib berish uchun maxsus usullarni o‘z ichiga 
oladi va bu usullar yordamida buxgalteriya hisobi maxsus fan sifatida o‘rganiladi. 
Ishlab chiqarish munosabatlarini takror ishlab chiqarish buxgalteriya hisobida 
mulkchilikning har xil shakllaridagi korxonalar kapitallarining mavjudligi va 
harakatini aks ettirgan holda qayd qilinadi. Takror ishlab chiqarish jarayonida ularning 
o‘zgarishini ko‘rsatib, buxgalteriya hisobi mulkning rivojlanishini tavsiflaydi va shu 
bilan ishlab chiqarish munosabatlarini takror ishlab chiqarish haqida zarur 
ko‘rsatkichlarni beradi. 
Buxgalteriya hisobi iqtisodiyotdagi har bir korxona, tashkilot muassasa
uyushmalarda yuritilib, ularning xo‘jalik faoliyatini to‘liq yoritib beradi. jamlanib, 
butun iqtisodiyot bo‘yicha ma’lumotlar olinadi, natijada ular faoliyati ustidan nazorat 




 

Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси
 
______________________________________________________________________ 
va boshqaruv olib boriladi. 
Korxona, tashkilot muassasa, uyushmalar buxgalteriya hisobini 1996 yil 30 
avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi 
to‘g‘risida”gi Qonuniga asoslanib olib boriladi. Korxonalar buxgalteriya hisobi shu 
korxonalar faoliyatini uzluksiz, yoppasiga kuzatib, hujjatlashtirib, olingan 
ma’lumotlarni baholash orqali schyotlar tizimida ikki yoqlamayozuv yordamida aks 
ettiradi, hamda hisob ma’lumotlari xaqikiyligini inventarizatsiya yordamida tekshirib, 
aniq va to‘g‘ri hisob ma’lumotlari asosida buxgalteriya balansi va hisobotlarini tuzadi. 

Download 345.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling