Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси
Download 345.58 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Маъруза матни
- Bu sahifa navigatsiya:
- Statistik hisob.
Xo‘jalik hisobi
Operativ hisob Statistik hisob Buxgalteriya hisobi Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси ______________________________________________________________________ foydalanilmay, ularni boshqaruvchi organlarda ham foydalaniladi. Bunday ma’lumotlar umumlashtirilib, ichki tezkor hisobot tarkibiga kiritilishi mumkin. Tezkor hisobotning ko‘rsatkichlari ayrim tarmoqlar va butun iqtisodiyot miqyosida tegishli jarayonlarni borishi ustidan kuzatish hamda axborotni umumlashtirish uchun xizmat qiladi. Tezkor hisobning ma’lumotlari ulardan keyinchalik foydalanishda buxgalteriya yoki statistika hisobida qayta ishlanadi. Statistik hisob. Bu hisob jamiyatimizda yuz berayotgan ommaviy, ijtimoiy– iqtisodiy, siyosiy hodisalarni o‘rganish va nazorat qilish, ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish hamda qayta ishlash tizimidan iborat. Xo‘jalik hisobining bu turi butun davlat iqtisodiyotini va uning tarmoqlarining rivojlanish jarayonini o‘rganishga yo‘naltirilgan. Uning obyekti alohida korxona, tashkilot, butun bir iqtisodiyot yoki uning biror tarmog‘i bo‘lishi mumkin. Statistik hisobda o‘rganayotgan obyekti va qo‘yilgan maqsadiga qarab natura, mehnat va pul o‘lchov birliklaridan, umumlashgan ko‘rsatkichlarni olish uchun operativ va buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan keng foydalaniladi. Statistik hisobni yuritish, tashkil qilish belgilangan nizom va yo‘riqnomalar bilan tartibga solinadi. Statistik hisobot shakllari Moliya Vazirligi, Davlat Statistika Qo‘mitasi, teshli idoralar tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Bu hisobning o‘ziga hos xususiyati shundaki, birinchidan bir turli ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni o‘rganish, kuzatish va tahlil qilishda ko‘p qo‘llaniladi, ikkinchidan, boshlanish va tugallash muddatlari belgilanadi. Statistik hisobni operativ hisobdan farqi birinchidan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar to‘liq sodir etilgandan keyingina olib boriladi, ikkinchi farqi o‘tkazilgan kuzatish natijalari belgilangan hisobot shakllarida yaxlit va umumlashtirilgan holda ko‘rsatiladi. Download 345.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling