Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси
______________________________________________________________________
– ishonchlilik;
– ehtiyotkorlik;
– mazmunning shakldan uzunligi;
– ko‘rsatkichlarning qiyosiyligi;
– moliyaviy hisobotdagi betaraflik;
– hisobot davrida daromadlar bilan harajatlarning muvofiqligi;
– aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy bahosi;
– tushunarlilik;
– ahamiyatlilik;
– jiddiylik;
– haqqoniy va holis taqdim;
– tugallanganlik;
– izchillik;
– o‘z vaqtida taqdim etish;
Yuqoridagi tamoyillarga asoslanib yuritilgan buxgalteriya hisobi va tuzilgan
moliyaviy hisobot barcha foydalanuvchilarning korxona moliyaviy xo‘jalik faoliyati
haqida to‘liq, tushunarli ma’lumot olishni va tegishli xulosa chiqarishni ta’minlaydi
Hisoblash – daromadlar va harajatlar buxgalteriya hisobida e’tirof etiladi va
kelgan davrda tushishi yoki paydo bo‘lishiga qarab (pul mablag‘larini olish yoki
to‘lash asosida emas) moliyaviy hisobotlarda aks ettiriladi.
Ikki yoqlama yozuv usulida hisob-kitobni yuritish – bitta operatsiya bo‘yicha
bitta summaning o‘zi buxgalteriya hisobining ikkita hisobvaraqlarida - bittasining
debetida va boshqasining kreditida aks ettiriladi.
Uzluksizlik – xo‘jalik yurituvchi subyekt uzluksiz ishlaydigan, ya’ni
belgilangan kelajakda ishlashni davom ettiradigan subyekt deb hisoblanadi. Uning o‘z
faoliyatini tugatish yoki faoliyat ko‘lamini ancha qisqartirish niyati ham, zarurati ham
yo‘q deb taxmin qilinadi.
Xo‘jalik operatsiyalarini, aktivlar va passivlarni pul bilan baholash – barcha
operatsiyalar va voqealar moliyaviy hisobotlardagi axborotlarni umumlashtirish
maqsadida pul bilan baholanadi.
Ishonchlilik – axborot, unda jiddiy xatolar va taxminlar bo‘lmasa va unga
foydalanuvchilar asoslanishsa, ishonchli bo‘ladi.
Operatsiyalar yoki voqealarning ishonchliligi boshlang‘ich hisob-kitob hujjatlari
bilan tasdiqlanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |