Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси
______________________________________________________________________
“Buхgаltеriya hisоbi” fani
6-MAVZU. BUXGALTERIYA HISOBINING REGISTRLARI VA
SHAKLLARI
Reja:
1. Buxgalteriya hisobi registrlari haqida tushuncha va ularning ahamiyati.
2. Buxgalteriya hisobi registrlarining turlari, ularni yuritish tartibi.
3. Buxgalteriya hisobi registrlaridagi xato yozuvlarni tuzatish tartibi.
4.Buxgalteriya hisobining shakllari: memorial-order, Bosh jurnal, jurnal-
order, informatsion texnologiyalarga asoslangan va soddalashtirilgan shakl.
Tayanch so‘z va iboralar: bosh daftar, bosh jurnal, dastlabki hujjatlar, memorial-
order, tizimli yozuv, xronologik yozuv, xo‘jalik muomalalari, buxgalteriya hisobining
registrlari, buxgalteriya jurnali.
1. Buxgalteriya hisobi registrlari haqida tushuncha va ularning ahamiyati
Buxgalteriya hisobi korxonalar
faoliyatini yoppasiga, uzluksiz hisobini olib
borar ekan, bunda hujjatlashtirish ahamiyati yuqoridir.
Kuzatish natijasida olingan ma'lumotlar dastlabki
hujjatlarda aks ettirilib
boriladi, so‘nggra shu dastlabki hujjatlar xar tomonlama tekshirilib,
buxgalteriyaga
qabul qilib olinadi.
Tekshirib qabul qilib olingan dastlabki hujjatlar asosida buxgalteriya
provodkalari amalga oshiriladi.
Tabiiyki, bu buxgalteriya provodkadari ham
hujjatlashtirilishi shart. Buning uchun buxgalteriya hisobi registrlaridan foydalaniladi.
Demak, buxgalteriya hisobi registrlari - hisob yozuvlarini (buxgalteriya
provodkalarini) aks ettirishga mo‘ljallangan jadvallardir.
Buxgalteriya hisobi registrlari –
jurnallar, vedomostlar,
kitoblar, tasdiqlangan
blankalardir. Hisob registrlarining
ahamiyati shundaki, ularga schyotlarga tegishli
ko‘rsatkichlar
aks ettiriladi, umumlashtiriladi, oy oxiriga
qoldiqlar aniqlanadi va
umuman, xo‘jalik mablag‘lari va ular tashkil topish manbalari bilan bog‘liq
ma'lumotlar aks ettirib boriladi.
Hisob registrlari ma'lumotlari oy oxirida umumlashtirilib,
korxona balans va
hisobotlarini tuzishda asos hisoblanadi. Demak, hisob registrlaridagi ma'lumotlarning
nechoglik o‘z vaqidada to‘g‘ri va aniq rasmiylashtirilishi nafaqat korxonaning