Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси
Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси
Download 393.69 Kb. Pdf ko'rish
|
6-Маъруза матни
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Buxgalteriya hisobi registrlaridagi xato yozuvlarni tuzatish tartibi
Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси ______________________________________________________________________ Bir necha nusxada yoziladigan hujjatlar, asosan, dastlabki hujjatlar bo‘lib, ularga dalolatnomalar, TTN (tovar-transport nakladnoy)larni, schyot-fakturalarni, nakladnoylarni, to‘lov talabnomasi, to‘lov topshiriqnomalarini, shartnomalarni misol tariqasida keltirish mumkin. Ko‘chirish qog‘ozlari yordamida yozuvlarni aks ettirish orqali xato yozuvlar kamayishiga, hisob ishlarini tezlashishiga va oqibat natijasida buxgalteriya xodimlari mehnat unumdorligi oshishiga erishiladi. 3. Buxgalteriya hisobi registrlaridagi xato yozuvlarni tuzatish tartibi Buxgalteriya hisob registrlariga ko‘rsatkichlar aks ettirilayotganda, e'tiborsizlik, ma'suliyatsizlik, tajribasizlik oqibatida xato yozuvlar yozilishi mumkin. Xato yozuvlar aks ettirilgani quyidagi holatlarda aniqlanishi mumkin. 1. Xato yozuv faqat bir registrlarda aks ettirilgan. 2. Xato yozuv noto‘g‘ri buxgalteriya provodkasi natijasida vujudga kelgan. 3. Buxgalteriya provodkasi to‘g‘ri, ammo aks ettirilgan summa ko‘p yoki kam yozilgan. Xato yozuvni yuqorida keltirilgan qaysi holatlardan birida aniqlanganiga ko‘ra tuzatish yozuvlari amalga oshiriladi. Xatoni tuzatishni quyidagi usullari mavjud: 1. «Korrektura» usuli. 2. «Qizil storno» usuli. 3. «Qo‘shimcha yozuv» usuli. «Korrektura» usulidan xato yozuv faqat bir hisob registrida mavjudligi aniqlangan holatda foydalaniladi. «Korrektura» usulini mohiyati shundaki, xato yozuv ustidan ingichka chiziq tortilib, uni yoniga to‘g‘ri yozuv yoziladi, hamda bu xaqda xato yozuvni to‘g‘rilagan javobgar shaxs yoki bosh buxgalter muddatni ko‘rsatib, imzo qo‘yadi. Masalan: «Materiallar» hisob schyotini debeti bilan buxgalteriya hisob reestriga 40050 so‘m o‘rniga, 40000 so‘m yozilgan 40000 (14.03.13) «to‘g‘rilanganligiga ishonilsin» (imzo). «Qizil storno» usulidan buxgalteriya provodkasi noto‘g‘ri berilganida, yoki ko‘p summa aks ettirilganida foydalaniladi. «Qizil storno» usuli yordamida xato yozuv qizil rangli siyoh orqali to‘g‘rilanadi. Ya'ni qizil rangda yozilgan raqam, shu raqam yozilgan oborot jami summasidan ayirilishi kerak. Qizil siyohdagi yozuv aks ettirib, xato yozuv to‘g‘rilanganidan so‘ngra, to‘g‘ri buxgalteriya provodkasi hisob registrlariga yozib qo‘yiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling