Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси
Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси
Download 393.69 Kb. Pdf ko'rish
|
6-Маъруза матни
Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси ______________________________________________________________________ korrespondentsiyalari jurnal-order hisob registrida to‘g‘ri yoritilishini ko‘zda to‘tilgan holda maxsus qator ajratish orqali ko‘rsatib o‘tilgan. Jurnal-order hisob registrlarida schyotlar bo‘yicha oylik, choraklik va yillik hisobotlar uchun zarur ko‘rsatkichlar ro‘yxati uchun maxsus qatorlar ajratilgan. Buxgalteriya hisobini jurnal-order shakli quyidagi asosiy printsiplarga asoslangan: - jurnal orderda xo‘jalik jarayonlari aks ettirilayotganda tegishli schyot krediti bo‘yicha debetlanuvchi schyotlar ko‘rsatilgan holda yoziladi; - Iktisodiy va hisob yuritish jihatidan bir-biri bilan bog‘liq schyotlar bo‘yicha jurnal-orderlar mujassamlashgan holda qo‘llaniladi; - Sintetik va analitik hisob yozuvlari birgalikda olib boriladi: - Buxgalteriya hisobi xo 'j alik j arayonlarini; - Nazoratni olib borish va oylik, choraklik, yillik hisobotlarni tuzishda kerakli ko‘rsatkichlarga ajratib aks ettirish; - Korresondentsiyalanuvchi schyotlar oldindan ko‘rsatilgan hisob registrlari (jurnal-order, yordamchi vedomostlar)da aks ettiriladi. - hisob registrlari bir oy uchun qo‘llaniladi. Jurnal-order shakl qo‘llanishi natijasida quyidagi imkoniyatlarga aga bo‘linadi: - hisob ishlari osonlashadi; - xo‘jalik aylanishi tezlashadi; - hisob ishlarini buxgalteriya xodimlari o‘rtasida taqsilanishi oqilona tashkil etiladi va oqibat natijasida hisob ishlari unumdorligi oshadi; - hisob ishlari xarajatlari kamayadi; - sintetik va analitik hisob yozuvlari birgalikda olib boriladi; - hisobot tuzishga tayyorgarlik ishlari engillashadi. Buxgalteriya hisobining Jurnal-order shaklida sintetik va analitik hisob yozuvlari birgalikda olib boriladi deb ta'kidlandi. Ba'zi hisob obyektlari bo‘yicha analitik hisob uchun analitik kartochkalar yuritiladi. Analitik kartochkalar hisob obyektlari miqdori ko‘p bo‘lganda qo‘llaniladi. Masalan, Asosiy vositalar analitik hisobi uchun № AV-6a "Asosiy vositalar inventar kartochlari" yuritiladi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxini aniqlash maqsadida xarajatlar hisobi uchun kartochkalar yoki yuqorida ta'kidlab o‘tilganidek, guruhlovchi vedomostlar ham yuritiladi. Ushbu analitik hisob kartochkalari yuritilganda, ular ma'lumotlari asosida aylanma vedomostlar tuziladi. Buxgalteriya hisobi jurnal-order shaklida qo‘llaniladigan ikki x'isob registri (jurnal-order, yordamchi qaydnoma) dan tashqari zaruriyat bo‘lsa, yana yordamchi hujjat sifatida maxsus ishlab chiqilgan jadvallardan ham foydalaniladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling