Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси
Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси
Download 393.69 Kb. Pdf ko'rish
|
6-Маъруза матни
Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси ______________________________________________________________________ Sintetik registrlar sintetik hisob ma'lumotlarini aks ettirishga mo‘ljallangan bo‘lib, ularga bosh daftar, jarayonlarni ro‘yxat qilish jurnali, jurnal-orderlar va boshqalar misol bo‘ladi. Analitik registrlar analitik hisob ma'lumotlarini rasmiylashtirishda qo‘llanilib, ularga «Materiallar», «Asosiy vositalar», «Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar mashinalar va boshqa mulklar hisobi bo‘yicha yuritiladigan kartochkalar misol bo‘ladi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati bilan bog‘liq jarayonlar dastlabki hujjatlarda rasmiylashtiriladi. Ushbu boshlang‘ich hujjat ham shaklan, ham mazmunan xar tomonlama tekshirilgandan so‘ng, qayta ishlanadi. Dastlabki hujjat ma'lumotlari asosida, buxgalteriya registrlari to‘ldiriladi. Ba'zi vaqtlarda buxgalteriya registrlari ijroiya varaqlari asosida ham rasmiylashtiriladi. Bunday holatlarga da'vogar yuzasidan hisoblashish, xodimdan aliment summasini ushlab qolishlar, xodimni bankdan olgan kreditlari yuzasidan ushlovlar uchun asos bo‘ladigan qonuniy kuchga ega bo‘lgan sud qarorlari, bank bilan xodim o‘rtasida tuzilgan shartnomlar misol bo‘ladi. Buxgalteriya registrlari qanday dastlabki hujjatlar asosida rasmiylashtirilmasin quyidagi talablarga rioya etish zarurdir: • dastlabki hujjatlarni tegishli blankaga rasmiylashtirilganligi: • dastlabki hujjat hamma rekvizitlari andozaga javob berishi: • ko‘rsatkichlar arifmetik to‘g‘ri hisoblangani: • dastlabki hujjatlarda rasmiylashtirilgan xo‘jalik jarayonlari iqtisodiy mazmunligi va qonuniyligi: • tekshirib, qayta ishlangan dastlabki hujjatlar asosida buxgalteriya registrlarini o‘z vaqidada va to‘g‘ri rasmiylashtirish: • buxgalteriya registrlari ma'lumotlari asosida buxgalteriya balansi va hisobotni tegishli ko‘rsatmalarga asosan to‘g‘ri va o‘z vaqidada tuzish: • hamma talabga javob beradigan balans va hisobot boshqa shakllarini o‘rnatilgan muddatda tegishli joylarga topshirish. Yuqorida keltirilgan talablardan ko‘rinib turibdiki, buxgalteriya hisobi hisob ishlarini hamma bosqichlari bir-biriga uzviy bog‘liqdir. Dastlabki hujjatlarni naqadar to‘g‘ri rasmiylashtirilishi, buxgalteriya registrlari ma'lumotlarini ham to‘g‘ri rasmiylashtirilishiga asos bo‘ladi. o‘z navbatida buxgalteriya registrlari moliyaviy hisobotlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri ma'lumotlar asosida rasmiylashtirilishiga xizmat qiladi. Bizga ma'lumki, moliyaviy hisobot shakllari quyidagilardan iborat: 1. Buxgalteriya balansi - 1 shakl; 2. Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot - 2 shakl; 3. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot - 4 shakl; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling