Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси


Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси


Download 393.69 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/21
Sana03.02.2023
Hajmi393.69 Kb.
#1151621
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
6-Маъруза матни

 

Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси
 
______________________________________________________________________ 
tarmoqlarda 10 kishidan, ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 
kishidan oshmagan mikrofirmalar. 
Quyidagi tarmoqlarda band bo‘lgan xodimlarning o‘rtacha yillik soni: 
a) engil va oziq-ovqat sanoati, metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog‘ochni 
qayta ishlash, mebel sanoati va qurilish materiallari sanoatida - 100 kishidan; 
b) mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati, qishloq 
xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish va qayta ishlash, qurilish hamda boshqa sanoat-ishlab 
chiqarish sohalarida - 50 kishidan; 
c) fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish sohasi 
(sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa, 
ishlab chiqarishga aloqador bo‘lmagan sohalarda - 25 kishidan oshmagan kichik 
korxonalar. 
Kichik korxonalar va mikrofirmalar korxonaning hisob siyosatini o‘zlarining 
xo‘jalik faoliyatlari talablaridan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda tanlaydilar. 
Buxgalteriya hisobi va hisobotlar kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 
qonunchilik asosida belgilangan yagona uslubiyat asoslariga muvofiq yuritiladi. 
Hisobning soddalashtirilgan shaklda tashkil qilinishi uchun kichik korxonalar va 
mikrofirmalar korxonalarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobining 
namunaviy hisobvaraqlar rejasi asosida mablag‘lar va ularning manbalari hisobini 
asosiy hisobvaraqlarda yuritish imkonini beruvchi va bu orqali umuman buxgalteriya 
hisobi ma'lumotlarining ishonchliligi ustidan nazoratni ta'minlash imkonini beruvchi 
xo‘jalik operatsiyalarining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarining qisqartirilgan ishchi 
Rejasini tuzish huquqiga egadirlar. 
Kichik korxonalar va mikrofirmalar qo‘llanilayotgan buxgalteriya hisobi 
registrlarini quyidagi talablarga rioya qilgan holda o‘z ishlari mohiyatiga mustaqil 
ravishda moslashtirib olishlari mumkin: 
- yagona uslubiyat asosi (ikkiyoqlama yozuv tamoyili)ga; 
- tahliliy va jamlama hisob ma'lumotlarining o‘zaro bog‘liqligiga; 
- barcha xo‘jalik operatsiyalarining registrlarda yalpi aks ettirilishiga; 
- hisobga olishning boshlang‘ich hujjatlari asosida hisobga olishga; xo‘jalik 
faoliyatini boshqarish va nazorat qilish uchun, shuningdek, moliyaviy hisobotlarni 
tuzish uchun zarur bo‘lgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha boshlang‘ich hujjatlar 
ma'lumotlarini to‘plash va tizimlashtirishga. 
Buxgalteriya hisobining boshlang‘ich bosqichi bo‘lib barcha xo‘jalik 
operatsiyalarini boshlang‘ich hisob axboroti ma'lum bir moddiy tashuvchilarining 
to‘liq hujjatlashtirilishi hisoblanadi. 
Hisobga olishning kelgusi bosqichlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: 





Download 393.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling