Zbekiston respublikasi buxoro viloyati buxoro shahar hokimi


Download 298.88 Kb.
bet2/15
Sana22.06.2023
Hajmi298.88 Kb.
#1648860
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
HOKIM ДХХ асосий

Шаҳар ҳокими Ж.Носиров



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BUXORO VILOYATI
BUXORO SHAHAR HOKIMINING
BIRINCHI O‘RINBOSARI
200118, Buxoro shahri, I.Mo‘minov ko‘chasi, 2-uy. Tel: (365) 224-24-10, faks: 224-23-15, e-mail: buxoro.shahar@umail.uz


2023 yil «_____» __________ __________-son Buxoro sh.

Бухоро шаҳар прокурори И.Расуловга

Сизга шуни ёзиб маълум қиламизки, Бухоро шаҳар, Афросиёб кўчаси “С.Айний” театрининг шарқ томонидаги боғ ичида жойлашган “Шахмат маркази” 2021 йил 29 декабрдаги 1763-сонли Бўш турган объектлардан самарали фойдаланишни ташкил этиш маркази Бухоро вилоят ҳудудий бошқармаси, Бухоро вилоят Маданий мерос бошқармаси ҳамда ижарага олувчи тадбиркор “ZAITUNS” оилавий корхонаси ўртасидаги 3 (уч) томонлама шартнома асосида мазкур оилавий корхонага ижарага берилган.


Бироқ, объект жойлашган майдон Бухоро шаҳар ҳокимлиги Ободонлаштириш бошқармаси балансида бўлганлиги сабабли ушбу шартноманинг тузилишида мазкур ҳолат инобатга олинмаган.
Юқоридагиларни инобатга олиб, Сиздан тузилган шартномани ўрганиб, ваколатингиз доирасида ҳуқуқий баҳо беришингизни сўрайман.
Шаҳар ҳокимининг
биринчи ўринбосари Х.Яхёев



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BUXORO VILOYATI
BUXORO SHAHAR HOKIMI
200118, Buxoro shahri, I.Mo‘minov ko‘chasi, 2-uy. Tel: (365) 224-24-10, faks: 224-23-15, e-mail: buxoro.shahar@umail.uz


2023 yil «_____» __________ __________-son Buxoro sh.

O‘zbekiston Respublikasi
Madaniyat va turizm
vazirligiga

Sizning Buxoro shahar hokimligiga yo‘llagan 03-12-10-4863-sonli murojaatingiz tegishli soha mutaxassislarini jalb qilgan holda o‘rganib chiqildi.


“Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan, xususiy sherikni tanlashdagi bahslashuv va xolislik tanlovga ko‘ra saralab olish mexanizmlaridan foydalanish, davlat-xususiy sheriklik qoidalari hamda tartib-taomillarini amalga oshirishdagi va xolis hamda asoslantirilgan mezonlar asosida maqbul variant foydasiga qarorlar qabul qilishdagi halollik va shaffoflik hisobiga ta’minlanishi belgilangan.
Buxoro shahar, Namozgoh ko‘chasida joylashgan Buxoro maqom san’atiga ixtisoslashtirilgan maktab internatiga tegishli bo‘sh yеr maydonida, davlat xususiy sherikchilik asosida ikki qavatli madaniyat va san’at markazi, bolalar sport maydonchasi hamda uch qavatli savdo-maishiy xizmat ko‘rsatish kompleksini qurish, Buxoro shahrining “Bosh rejasi” tasdiqlanmaganligi hamda mazkur hududdan “Buxoro suv ta’minoti” MChJ Buxoro shahar filialiga tegishli yuqori bosimli suv quvurlari o‘tganligi, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasi to‘liq taqdim etilmaganligi munosabati bilan mazkur obyektning joylashtirilishi bo‘yicha xulosalarni taqdim etish imkoni mavjud emasligini bildiramiz.

Download 298.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling