Ўзбекистон республикаси давлат солиќ ЌЎмитаси солиќ академияси
Korxonaning material resurslar bilan ta’minlanganligini tahlili
Download 0.9 Mb.
|
Ўзбекистон республикаси давлат солиќ ЌЎмитаси солиќ академияси
4. Korxonaning material resurslar bilan ta’minlanganligini tahlili
Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish jarayonlarining natijasi hamda samaradorligi ularning material resurslari bilan ta’minlanganligiga bevosita bog’liqdir. Chunki korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni hajmi, sifati ulardagi material resurslarining talab darajasda bo’lishligini ob’ektiv ravishda taqazo etadi. Shuning bilan birgalikda u resurslar zamon talabiga ham mos kelishi lozim. Ya’ni, universalligi, yangiligi hamda arzonligi nuqtai nazaridan. Korxonalarning material resurslariga bo’lgan talabini aniqlashda me’yoriy hujjat va me’yoriy ma’lumotlardan foydalanish lozim. Sanoat korxonalarida biznes rejada ko’rsatilgan mahsulotlar miqdorini ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan mayerial resurslarining miqdori va qiymati aniqlanadi. Ya’ni qancha stanoklar qancha mashinalar, mexanizmlar, shuningdek, boshqa moddiy resurslar bo’yicha alohida-alohida hisob-kitoblar qilinadi. Korxonalarning o’zlaridagi mavjud bo’lgan material resurslarining yil boshiga bo’lgan miqdori yillik inventarizatsiya natijasida aniqlanadi. Ularda mavjud bo’lgan material resurslar korxona ishlab chiqarishini davomiyligini ta’minlash uchun yetarli bo’lmagan holarda korxonalarni zarur bo’lgan material resurslari bilan ta’minlash borasidagi shartnomalar tuziladi. Bu masalalar yuqoridagi savolda batafsil yoritilgan. Korxonalarga sotib olinayotgan material resurslarini oqimi natijasida ularning material resurslari bilan ta’minlanganlik darajasi ortib boradi. Sanoat korxonalarining material resurslari bilan ta’minlanganligini hamda mehnatni ular bilan qurollanganligini ikkinchi savolda keltirilgan ko’rsatkichlar yordamida aniqlanadi. Masalan, korxona ixtiyorida yil boshiga 100 mln so’mlik material resurslarining mavjudligi balansda ko’rsatilgan. Korxona uchun esa ishlab chiqarishini bir me’yorda rivojlantirish uchun rejaga muvofiq 170 mln so’mlik material resurslari zarurligi aniqlangan. Demak, korxona uchun ularga bo’lgan talab to’liq qondirilayotgani yo’q. Bu masalani hal etish uchun korxona qo’shimcha 70 mln so’mga material resurslarini sotib olishni yoki qarzga, ijaraga olishni rejalashtiradi. U shu masala bo’yicha tuzilgan shartnomalarda o’z aksini topadi. Korxonani moddiy texnika ta’minotini hal etilishi natijasida yil davomida 50 mln so’mlik material resurslari sotib olingan. Shunda korxonaning material resurslar bilan ta’minlanganlik darajasi 88,2 % ni tashkil etgan bo’ladi ( 100+150)/170. Keltiririlgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, korxona material resurslari bilan to’liq ta’minlanmagan, ya’ni, ularning miqdori 11,8 % ga kam bo’lgan. Bu hol korxona ishlab chiqarish faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Korxonaning material resurslari bilan ta’minlanganligini tahlil etish natijasida ular bilan to’liq ta’minlanmaganlik faktlari aniqlansa, u holda uni kelib chiqish sabablari o’rganiladi. Shuning bilan birgalikda ushbu salbiy natijalarni bartaraf etish imkoniyatlari va chora tadbirlari belgilanadi. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling