Ўзбекистон республикаси давлат солиќ ЌЎмитаси солиќ академияси
Moddiy resurslar bilan ta’minlanganlik va ulardan foydalanish samaradorligini ifodalaydigan ko’rsatkichlar tizimi
Download 0.9 Mb.
|
Ўзбекистон республикаси давлат солиќ ЌЎмитаси солиќ академияси
2. Moddiy resurslar bilan ta’minlanganlik va ulardan foydalanish samaradorligini ifodalaydigan ko’rsatkichlar tizimi
Korxonalarda moddiy resurslardan to’liq, bir me’yorda hamda samarali foydalanganlik darajasini tahlil etish uchun shu holatlarni ifodalaydigan ko’rsatkichlar tizimidan foydalanish zarur. A) Shu jumladan asosiy fondlar bilan ta’minlanganlik hamda aylanma fondlar va mablag’lar bilan ta’minlanganlik darajasi hisoblanadi. Bu ko’rsatkichlarni moddiy resurslarni alohida alohida turlari bo’yicha ham hisoblash mumkin. Masalan stanoklar bilan, xom ashyo bilan, elektr energiya bilan, yoqilg’i bilan va boshqa moddiy resurslar bilan ta’minlanganligini aniqlash mumkin. B) Moddiy resurslardan foydalanishning to’liqliligini asosan korxonaning ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish darajasi isbotlaydi. V) Sanoat korxonalarida mehnatni moddiy resurslar bilan ta’minlanganlik darajasi. Uni jami moddiy resurslar qiymatini korxonada mavjud bo’lgan ishchi va xizmatchilar soniga taqsimlash natijasida aniqlash mumkin. Bu ko’rsatkichni yanada aniqlashtirish maqsadida moddiy resurslar qiymatini faqatgina ishchilar soniga taqsimlash natijasida ham aniqlash mumkin. Uni alohida asosiy fondlar bilan qurollanganlik hamda aylanma fondlar bilan ta’minganlik ko’rsatkichlari bo’yicha ham aniqlash mumkin. G) Moddiy resurslardan foydalanishni iqtisodiy samaradorligini korxonalardagi fondlar qaytimi hamda fondlar sig’imi isbotlaydi. Fondlar qaytimini aniqlash uchun korxonada yil davomida ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot hamda tovar mahsuloti qiymatini asosiy fondlarning o’rtacha yillik qiymatiga taqsimlash lozim. Fondlar qaytimining iqtisodiy moxiyati bo’lib korxonaning har ming so’mlik asosiy fondlariga to’g’ri keladigan yalpi mahsulot yoki tovar mahsulotini ko’rsatkichi hisoblanadi. Asosiy fondlardan samarali foydalanishni ko’rsatuvchi keyingi ko’rsatkich bo’lib fond sig’imi hisoblanadi. Ushbu ko’rsatkichni hisoblash uchun korxonadagi mavjud bo’lgan asosiy vositalarning yillik o’rtacha qiymatini yil davomida ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot va tovar mahsuloti qiymatlariga taqsimlanadi. Fondlar sig’imining iqtisodiy mohiyati bo’lib korxonada yil mobaynida ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot yoki tovar mahsulotining har ming so’miga to’g’ri keladigan asosiy fondlarning qiymati hisoblanadi. Shu bilan birgalikda materiallardan foydalanish samaradorlik ko’rsatkichlarini material qaytimi va material sig’imi ko’rsatkichlari ifodalaydi. Material qaytimi ko’rsatkichini aniqlash uchun korxonada yil davomida ishlab chiqarilgan tovar mahsuloti qiymatini material xarajatlar qiymatiga taqsimlanadi. Material sig’imi ko’rsatkichi buning aksi bo’lib material xarajatlar qiymatini korxonaning yil davomida ishlab chiqarilgan tovar mahsuloti qiymatiga taqsimlash yo’li bilan aniqlanadi. Buni tavsiflaydigan bo’lsak ushbu ko’rsatkich korxonada yil mobaynida ishlab chiqarilgan tovar mahsulotining har bir so’miga qancha material xarajatlari sarflanganligini ko’rsatadi. Materiallar xarajati koeffitsiyenti - haqiqiy sarflangan materiallar xarajatini biznes rejadagisi haqiqiy ishlab chiqarish hajmiga korrektirovka qilingan ko’rsatkichga nisbatini ifodalaydi. Bu ko’rsatkich ishlab chiqarish jarayonida materiallar sarfidan iqtisod (yoki ortiqcha sarf)ga erishganligini ifodalaydi. Bu koeffitsiyent 1 dan katta bo’lsa moddiy resurslardan samarali foydalanilganligini bilish mumkin. Material sig’imini alohida ko’rsatkichlari moddiy resurslarning ayrim turlaridan samarali foydalanishni xarakterlaydi. Ular qatoriga yoqilg’i sig’imi, material sig’imi, xom-ashyo sig’imi kabi ko’rsatkichlarni kiritish mumkin. Odatda material sig’imini o’zgarishiga bir qator omillar ta’sir etadi. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling