Ўзбекистон республикаси давлат солиќ ЌЎмитаси солиќ академияси


Materiial resurslardan foydalanish samaradorligi va ularni ishlab chiqarish xajmiga ta’sirini tahlili


Download 1.17 Mb.
bet41/99
Sana20.09.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1681986
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   99
Bog'liq
Ўзбекистон республикаси давлат солиќ ЌЎмитаси солиќ академияси

5. Materiial resurslardan foydalanish samaradorligi va ularni ishlab chiqarish xajmiga ta’sirini tahlili
Korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlarning o’rtacha xarajatlari ya’ni tannarxlari – ko’p jihatdan xom ashyo va materiallardan samarali foydalanish ko’rsatkichlariga bog’liqdir.
Material resurslar miqdorini rejalashtirilgan hajmda tayyorlash mahsulot ishlab chiqarish rejasini bajarish uchun imkoniyat yaratadi. material resurslardan tejab-tergab foydalanilmasa hamda ularning amaliyotdagi foydalanilishi belgilangan me’yorlarga nisbatan ortiqcha bo’lsa, u holda keltirilgan materiallar mahsulot ishlab chiqarish davomiyligi rejasini bajarish uchun yetarli bo’lmaydi.
Material resurslardan foydalanishni tahlil etishdan maqsad ishlab chiqarish jarayonida ulardan foydalanishda ortiqcha sarf-xarajatlarga yo’l qo’yilgan bo’lsa, bu holda mahsulot hajmi qanchaga kam yaratilganligi yoki moddiy resurslardan samarali foydalanish natijasida qancha qo’shimcha mahsulot barpo etilganligini aniqlash bo’lib hisoblanadi. Ularni quyidagi usullardan foydalangan holda hisoblash mumkin:

  • korxonada ishlab chiqariladigan mahsulot birligi uchun belgilangan xarajat me’yori material resurslarga ketgan haqiqiy xarajatlar bilan taqqoslanadi;

  • erishilgan iqtisod yoki ortiqcha xarajat ishlab chiqarilgan mahsulotning umumiy miqdoriga ko’paytiriladi;

  • moddiy resurslardan foydalanish natijasida yuzaga kelgan ortiqcha xarajat reja bo’yicha ko’zlangan xarajat me’yoriga taqsimlanadi.

Shu tartibda materiallardan samarali foydalanish natijasida erishilgan iqtisod asosida qo’shimcha ishlab chiqarilgan mahsulot yoki ularni tejab-tergab foydalanmaslik oqibatida ortiqcha xarajatlarni yuzaga kelishi zaminida ishlab chiqarilmagan mahsulot hajmi aniqlanadi.

Mavzu bo’yicha tayanch iboralar

  • moddiy resurslar to’g’risida tushuncha va tahlil etish vazifalari;

  • moddiy resurslar bilan ta’minlanish manbalari;

  • ichki manba;

  • tashqi manba;

  • ta’minot rejasining realligini tekshirish uslublari;

  • moddiy resurslar holatini tahlil etish uslublari;

  • ishlab chiqarishda moddiy resurslardan samarali foydalanish tahlilini uslublari;

  • material sig’imi va uni mahsulot hajmiga ta’siri;

  • material sig’imi va uni tannarxiga ta’siri;

  • material sig’imi va uni pasaytirish rezervlari.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling