Ўзбекистон республикаси давлат солиќ ЌЎмитаси солиќ академияси
Balansli bog’lanish usuli va uning tahlilda qo’llanilishi
Download 1.17 Mb.
|
Ўзбекистон республикаси давлат солиќ ЌЎмитаси солиќ академияси
5. Balansli bog’lanish usuli va uning tahlilda qo’llanilishi
Balansli bog’lanish usuli - o’rsatkichlar orasidagi funksional bog’lanishlar mavjud bo’lgan hollarda qo’llaniladi. Bu ko’proq buxgalteriya hisobi, statistika va rejalashtirishda qo’llaniladi. Ushbu usul asosida moddiy va mehnat resurslari, korxona pul Mablag’lari kirimi va chiqimi, daromad va xarajatlarini (maxsus balanslar va ularning ma’lumotlarini o’rganish asosida) tahlil etish mumkin. Balansli bog’lanish usuli ko’proq korxonaning moliyaviy holati, mulki, majburiyati va kapitalini o’rganishda qo’llaniladi. Xo’jalik faoliyati tahlili qilishda ko’pgina ko’rsatkichlar bir-biri bilan funksional bog’liqlikda o’rganiladi. Bir o’rganiladigan ma’lumotning o’zgarishi ikkinchi ko’rsatkich bilan chambarchas bog’liq bo’ladi. Masalan, tovar mahsulotining yil oxiriga qoldig’ini tahlil qilishda uning yil boshidagi omborda bo’lgan qiymati, yilda davomida ishlab chiqarilgan va sotilgan tovar mahsulotlar hajmini o’rganmasdan hisob-kitob qilish aniq natija keltirmaydi. Bu bog’liqlikni quyidagi formulada (tovar mahsuloti balansi) ko’rsatish mumkin. TK yil boshiga + MT + INO = ST + INK + TK yil oxiriga Bunda: TK - tovarlar qoldig’i yil boshi va yil oxirigaMT - tovar mahsulot kirimi (ishlab chiqarilgan mahsulot) ST - jami sotilgan va jo’natilgan tovarlar INO – inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqchalilik INK - inventarizatsiya natijasida aniqlangan kamomad (ST=TK) ST=TK yil bosh. + MT-TK yil oxiriga teng bo’ladi. Demak, balansli bog’lanish usulini qo’llashgina tovar mahsulot hajmini to’g’ri o’rganish imkonini beradi. Xo’jalik faoliyati tahlili ini ayniqsa mehnat resurslari, yer fondi, daromad va xarajatlarni, moliyaviy holatni kabi mavzularni o’rganishda balansli bog’lanish usuli qo’llaniladi, mehnat resurslarini balans uslubi bilan o’rganishda korxonada mavjud bo’lgan mehnatga qobiliyatli yashovchilarni tarmoqlar bo’yicha, ya’ni dehqonchilik, chorvchachilik, yordamchi va sanoat ishlab chiqarishlariga taqsimlanishi balansini tuzush mumkin. Yer fondi bo’yicha ham korxonalardagi jami qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlarni ekin turlariga taqsimlanganligi balansi tuzilib tahlil qilinadi. Korxonalarning moliyaviy hisobotining 1-shakli “Buxgalteriya balansi” ham ushbu uslubga asoslanib tuzilgan. Balans ma’lumotlariga asoslanib korxonalarni moliyaviy holati, to’lov qobiliyatga egaligi tahlil etiladi Demak, balansli bog’lanish usulini qo’llab korxonalarning pul daromadlarini to’lov majburiyatlariga yetarli va yetmasligini tahlil qilish mumkin ekan. Balans usulini moliyaviy va boshqaruv tahlilida qo’llash o’rganiladigan ko’rsatkichlarning bir-biri bilan funksional bog’liqligi yaqin bo’lgandagina ijobiy va to’g’ri natijalar keltiradi. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling