Zbekiston respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi


“Yo‘l xaritasi”ga muvofiq rejalashtirilgan ayrim tadbirlar


Download 0.96 Mb.
bet50/52
Sana08.05.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1441404
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
Bog'liq
фуқаролик жамияти . doc

“Yo‘l xaritasi”ga muvofiq rejalashtirilgan ayrim tadbirlar:

  • “Bolalar Ombudsmani to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish;

  • BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasi loyihasi bo‘yicha yoshlar ishtirokida keng doirada muhokamalarni tashkil etish;

  • O‘zbekiston yoshlari portalini tashkil etish va unda yoshlar siyosatini baholash milliy indekslari, yoshlarga oid qonun hujjatlari bazasini va “Yoshlar murojaati” elektron platformasini shakllantirish;

  • yoshlarning innovatsion, amaliy va istiqbolli startap loyihalariga grant mablag‘lari ajratish;

  • xalqaro yosh tadbirkorlar biznes forumi va startap tadbirlarini o‘tkazish;

  • maishiy zo‘ravonlikka uchrayotgan yosh xotin-qizlarni aniqlash va ularni himoya qilishning ta’sirchan mexanizmlarini ishlab chiqish;

  • “Biz birgamiz” shiori ostida volontyorlar forumini tashkil etish; 

  • barcha mehribonlik uylarida tarbiyalanuvchilarning inson omilidan zarar ko‘rish holatlarini oldini olish maqsadida hududiy monitoring guruhlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish;

  • 2021-yil yakuniga qadar 102 ta tuman (shahar)da raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarini tashkil etish.

Yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallashlari uchun munosib sharoitlar yaratish, ularni ish bilan ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilish ushbu dasturning o‘ziga xos bo‘lgan jihati bo‘lib hisoblanadi. Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-kuvvatlash va rag‘batlantirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ijodiy va intellektual salohiyatini ruyobga chiqarishga qaratilgan ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish ko‘zga tutilgan. Yigit-qizlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb etish, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilishini oldini olish, barkamol avlodni tarbiyalashda ommaviy axborot vositalari va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishni keng rivojlantirish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularni ma’naviy va jismoniy kamol toptirish, Vatanga muhabbat, milliy g‘oyaga sadoqat ruhida tarbiyalash, turli yot g‘oyalarni targ‘ib qilib kelayotgan va past saviyali “ommaviy madaniyat” ta’siridan asrash kabi masalalar dasturning asosiy vazifasi hisoblanadi.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling